#Adliya_xabari
🔴 Toshkentda DXM va FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda
🔹Poytaxtning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyati reja asosida o‘rganilmoqda.
🔹Shuningdek, PQ–1 qarori ijrosi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga biriktirilgan mahallalarda, xususan, nizoli oilalar yuzasidan joylarda manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda.
🔹O‘rganishlar davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmatlar ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha tahlil qilinmoqda.
🔹Har bir xodim bilan shaxsan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tizimdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan takliflari tinglanmoqda, ularning ish faoliyatidan qoniqish darajasi hamda xizmat ko‘rsatishdagi ehtimoliy risklar o‘rganilmoqda.
🔹Shu bilan birga, Sergeli tumanida barpo etilayotgan yangi adliya binosining qurilish ishlari, loyiha talablariga rioya etilishi va sifat ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishildi.
🔹Qurib bitkazilgan qismlar ko‘zdan kechirilib, ishlarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
📌 Yangi binolar foydalanishga topshirilgach, adliya organlari faoliyati samaradorligi yanada oshib, fuqarolar uchun qulayliklar kengayishi kutilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔥5❤4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tumandagi "Namuna" MFYda "Sayyor qabul" tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolarning muammolari, murojaatlari o'rganilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🎉2❤1
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🌏 Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X.Eshmuratov, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Yusupov, tuman hokimi B.T.Rahmankulov, shuningdek shahar va tuman Kengashi deputatlari qatnashdi.
Sessiyada tuman prokurori Z.R. Ziyadullayev hamda tuman IIO FMB boshlig‘i Sh.A. Miliyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirgan axboroti tinglandi.
🗂 Kun tartibiga muvofiq, Yashnobod tumanida 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha:
— huquqbuzarliklarning oldini olish,
— profilaktika samaradorligi,
— jamoat xavfsizligini ta’minlash holati atroflicha ko‘rib chiqilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
✅ Sessiya yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, tizimli ishlarni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

👍2🔥1
#Adliya_xabari
📌 Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Sh. Asadov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limida bo'ldi
🔰Joriy yilning 21-aprel kuni Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Sh. Asadov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
📔 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda sud-tergov organlari bilan hamkorlik, elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarning ahvoli o‘rganildi.
✅ Shuningdek, bo'limdagi yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
📌 Bundan tashqari, bo'lim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, faoliyatdagi mavjud muammolar o'rganilib, takliflar va fikr-mulohazalar tinglandi.

❤4🔥2👍1🙏1
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni #LIVE
🔴 Adliya vazirligi “UWED Career Week 2026” karyera haftaligida ishtirok etdi
🔹Ayni paytda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “UWED Career Week 2026” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining ikkinchi kuni o‘tkazilmoqda.
🔹Mazkur yarmarkada Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔹Tadbir davomida yoshlarga adliya tizimida yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yo‘nalishlari, Adliya vazirligining “karyera moduli” hamda adliya organlariga ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Shuningdek, yoshlarning adliya organlarida faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishi o‘rganilib, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
📌 Mazkur tadbir yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni kasbiy yo‘naltirish hamda malakali kadrlarni adliya tizimiga jalb etishga xizmat qilmoqda.

❤2👍1🔥1
#Adliya_xabari #adliya_hudud
🔴 Adliya bo‘limlari faoliyati joylarda o‘rganilmoqda
🔹Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududlarda adliya bo‘limlari faoliyati reja asosida o‘rganilib, xodimlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
🔹O‘rganishlar davomida xodimlarning mehnat va ijro intizomi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan tartib-intizomga qat’iy amal qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
🔹Shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, kiyinish va muomala madaniyati, fuqarolar bilan ishlashda zarur bo‘lgan psixologik yondashuvlar alohida tahlil qilinmoqda.
🔹Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — tizimda korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish, xodimlarda mas’uliyat hissini oshirish hamda korrupsiyaviy omillarga qarshi immunitetni kuchaytirishdan iborat.
🔹Suhbatlar davomida xodimlar tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, har bir ijobiy tashabbus qo‘llab-quvvatlanmoqda.
🔹Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan naqdsiz hisob-kitoblarni yuritish hamda ijro xatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan muloqot o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
📌 Bunday o‘rganishlar adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

❤1👍1🔥1