ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Jamiyatning minoritar ishtirokchilari qo‘mitasi tashkil etilishiga oid qoidalar taklif etilmoqda


Bundan tashqari, Qonunda quyidagi yangiliklar nazarda tutilgan. Jumladan:

🔸 6) O‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilar, agar ushbu harakatlar jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirishiga olib kelsa, jamiyatning ijro etuvchi organining arizasi asosida sud tartibida ishtirokchilar safidan chiqarilishi mumkinligi belgilanmoqda.

🔸 7) Jamiyat ishtirokchilarining ulushlari bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda jamiyat ustav fondiga o‘zgartirishlar kiritish cheklanishi mumkinligi belgilanmoqda.

🔸 8) Jamiyatning ixtiyoriga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilari ustav fondining (ustav kapitalining) hisobi shartnoma asosida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan yuritilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Bu qoidalar, albatta, Jamiyat va uning boshqa ishtirokchilarining huquqlarini kafolatlaydi.

🔸 9) Jamiyatning minoritar ishtirokchilari qo‘mitasi tashkil etilishiga oid qoidalar taklif etilmoqda.

🔸 10) Jamiyatning auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga oid qoidalar takomillashtirilmoqda.

🔸 11) Jamiyatning affillangan shaxslari hamda affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzishga oid qoidalar alohida bob sifatida belgilanmoqda.

📑 Qonun jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga, ulushlarning aldov va (yoki) firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📙 Shuningdek, Qonun jamiyat mulkining himoya qilinishiga va ishtirokchilar huquqlarining to‘laqonli ta’minlanishiga, mulkdorlar sinfining yanada o‘sishi va rivojlanishiga, mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilashga hamda xorijiy investorlarni mamlakatimizga faol kirib kelishiga zamin yaratadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
3🔥1
#Adliya_xabari

🔴 Toshkentda DXM va FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda

🔹Poytaxtning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyati reja asosida o‘rganilmoqda.

🔹Shuningdek, PQ–1 qarori ijrosi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga biriktirilgan mahallalarda, xususan, nizoli oilalar yuzasidan joylarda manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹O‘rganishlar davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmatlar ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha tahlil qilinmoqda.

🔹Har bir xodim bilan shaxsan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tizimdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan takliflari tinglanmoqda, ularning ish faoliyatidan qoniqish darajasi hamda xizmat ko‘rsatishdagi ehtimoliy risklar o‘rganilmoqda.

🔹Shu bilan birga, Sergeli tumanida barpo etilayotgan yangi adliya binosining qurilish ishlari, loyiha talablariga rioya etilishi va sifat ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishildi.

🔹Qurib bitkazilgan qismlar ko‘zdan kechirilib, ishlarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

📌 Yangi binolar foydalanishga topshirilgach, adliya organlari faoliyati samaradorligi yanada oshib, fuqarolar uchun qulayliklar kengayishi kutilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥54👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Sayyor_qabul

❗️Bag'dod tumanida sayyor qabul o'tkazilmoqda

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tumandagi "Namuna" MFYda "Sayyor qabul" tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning muammolari, murojaatlari o'rganilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🎉21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🌏 Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X.Eshmuratov, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Yusupov, tuman hokimi B.T.Rahmankulov, shuningdek shahar va tuman Kengashi deputatlari qatnashdi.

Sessiyada tuman prokurori Z.R. Ziyadullayev hamda tuman IIO FMB boshlig‘i Sh.A. Miliyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirgan axboroti tinglandi.

🗂 Kun tartibiga muvofiq, Yashnobod tumanida 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha:
— huquqbuzarliklarning oldini olish,
— profilaktika samaradorligi,
— jamoat xavfsizligini ta’minlash holati atroflicha ko‘rib chiqilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sessiya yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, tizimli ishlarni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2🔥1
#Adliya_xabari

📌 Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Sh. Asadov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limida bo'ldi

🔰Joriy yilning 21-aprel kuni Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Sh. Asadov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

📔 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda sud-tergov organlari bilan hamkorlik, elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarning ahvoli o‘rganildi.

Shuningdek, bo'limdagi yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

📌 Bundan tashqari, bo'lim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, faoliyatdagi mavjud muammolar o'rganilib, takliflar va fikr-mulohazalar tinglandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4🔥2👍1🙏1
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni #LIVE

🔴 Adliya vazirligi “UWED Career Week 2026” karyera haftaligida ishtirok etdi

🔹Ayni paytda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “UWED Career Week 2026” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining ikkinchi kuni o‘tkazilmoqda.

🔹Mazkur yarmarkada Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔹Tadbir davomida yoshlarga adliya tizimida yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yo‘nalishlari, Adliya vazirligining “karyera moduli” hamda adliya organlariga ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning adliya organlarida faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishi o‘rganilib, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni kasbiy yo‘naltirish hamda malakali kadrlarni adliya tizimiga jalb etishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1