ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun yangi malaka oshirish kurslariga start berildi

Bugun, 20-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida NNT vakillariga malaka oshirish kurslari ochilishiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammmadiyev tadbirda ishtirok etib, sohadagi islohotlar va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish, strategik rejalashtirish va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Malaka oshirish kursi doirasida NNT vakillari Adliya vazirligida bo’lib, vazirlik faoliyati bilan tanishtirildi hamda ochiq muloqot o'tkazildi.

Ochiq muloqot 40 nafardan ortiq NNT rahbarlari va Adliya vazirligi vakillari ishtirokida o'zaro fikr almashish shaklida o'tkazilib, NNTlar faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

🔻Ma’lumot uchun:

▪️Mamlakatimizda 10 mingga yaqin NNT erkin faoliyat yuritmoqda.
▪️Ularda 70 ming nafar inson mehnat qilmoqda.
▪️NNTlar har yili davlat dasturlarining 350 dan ortiq bandlari ijrosida bevosita ishtirok etmoqda.

🔸Muloqot davomida ishtirokchilarga E-ngo.uz platformasida ko'rsatiladigan elektron xizmatlar va undagi takomillashtirilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rsem #Kriminalistika #Ekspert #Hujjat #Soxtalashtirish #QalbakiHujjatlar #ogohlik

Hujjatlar nega soxtalashtiriladi? Hujjatlar bilan ishlashda nimalarga e'tibor berish lozim?

⚡️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti I.Berdimurodov mazkur savollarga javob beradi.

Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz

Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
#Adliya_xabari

🔴 Samarqandda yuridik ta’lim sifati muhokama qilindi

🔹Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyda o‘quv-metodik faoliyatni takomillashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbirda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Sh. Asadov, TDYU prorektori A. Hoshimxonov hamda akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchi-pedagoglar va bitiruvchi o‘quvchilar ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida o‘quvchilarga ta’limning keyingi bosqichi sifatida oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish, shuningdek, yuridik sohada kasbiy faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni chuqur egallash yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

🔹Shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berilib, ular bilan ochiq muloqot o‘rnatildi.

📌 Mazkur uchrashuv yuridik ta’lim sifatini oshirish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2
#Adliya_xabari
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔴 O‘zbekiston Butunjahon intellektul mulk tashkiloti (WIPO) boshqaruvidagi 20-xalqaro shartnomaga qo‘shilish sari muhim qadam tashladi

🔹Bugun, 21-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Kelib chiqish joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (2015-yil 20-may) qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasi qabul qilindi.

🔹Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beruvchi Lissabon tizimiga a’zo bo‘ladi.

🔹Ushbu tizim orqali bir martalik ro‘yxatdan o‘tish va yagona boj to‘lovi asosida mazkur obyektlar barcha ishtirokchi davlatlarda noma’lum muddat davomida huquqiy himoya qilinadi.

🔹Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur xalqaro shartnomaga tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha huquqiy muhofaza faqat belgilangan boj to‘langandan va tegishli ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng taqdim etilishini nazarda tutuvchi bayonot bilan qo‘shiladi.

🔹Ushbu xalqaro shartnomaga qo‘shilish natijasida:
— mahalliy tadbirkorlar uchun xorijda himoya qilish xarajatlari o‘rtacha 3 barobarga kamayadi;
— arizalarni topshirish jarayoni soddalashadi va ko‘rib chiqish muddatlari qisqaradi;
— mamlakatimizning investitsion jozibadorligi oshadi hamda patent bojlari tushumi ko‘payadi.

🔹Eng muhimi, mazkur qadam O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

🔹Ta’kidlash joiz, bugungi kunda mamlakatimizda geografik ko‘rsatkichlardan samarali foydalanish uchun katta salohiyat mavjud. Jumladan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrası, Xorazm qovuni kabi mahsulotlar xalqaro bozorda ham tan olingan.

🔹Hozirda 26 ta geografik ko‘rsatkich va 4 ta tovar kelib chiqqan joy nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, yana o‘nlab istiqbolli obyektlar aniqlangan.

📌 Mazkur shartnomaga qo‘shilish mahalliy mahsulotlarni xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni noqonuniy foydalanishdan samarali himoya qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
10🔥5👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi


Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1137-son, 21.04.2026 yil) Davlat rahbari tomonidan imzolandi.

📝 Qayd etish kerakki, ushbu Qonun bilan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda, sohadagi huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etilmoqda hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqiy kafolatlari yanada kuchaytirilmoqda.

Ushbu Qonun jami 71 ta moddadan iborat bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilanmoqda.

🗒 Qonun loyihasini ishlab chiqishda, xorijiy va mahalliy darajadagi ekspertlarning fikrlari hamda jamoatchilikning takliflari, shuningdek, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan.

☑️ Qonunda bir qator yangiliklar nazarda tutilgan. Jumladan:

🔹 1) Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari hamda kengashi a’zolarini saylash tartibi belgilanmoqda. Bu orqali, kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarni oldini olish ko‘zlangan.

🔹 2) Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilish tartibi aniq belgilanmoqda.

🔹 3) Qonunning yana bir muhim yangiliklardan biri, bu xalqaro korporativ boshqaruv amaliyotida mavjud bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi va kollegial ijro etuvchi organlarining fidutsiar majburiyatlari belgilanganligi hisoblanadi.

🔹 4) Qonun bilan jamiyat nafaqat litsenziya, balki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar va xabardor qilish tartibida faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkinligi belgilanmoqda. Bu esa, ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari sonini oshiradi.

🔹 5) Amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lmagan jamiyatlarning filiali va vakolatxonalarini, sho‘ba va qaram xo‘jaliklarini ochish tartiblari alohida modda sifatida belgilanmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
35👍1🔥1🎉1🙏1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Jamiyatning minoritar ishtirokchilari qo‘mitasi tashkil etilishiga oid qoidalar taklif etilmoqda


Bundan tashqari, Qonunda quyidagi yangiliklar nazarda tutilgan. Jumladan:

🔸 6) O‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilar, agar ushbu harakatlar jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirishiga olib kelsa, jamiyatning ijro etuvchi organining arizasi asosida sud tartibida ishtirokchilar safidan chiqarilishi mumkinligi belgilanmoqda.

🔸 7) Jamiyat ishtirokchilarining ulushlari bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda jamiyat ustav fondiga o‘zgartirishlar kiritish cheklanishi mumkinligi belgilanmoqda.

🔸 8) Jamiyatning ixtiyoriga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilari ustav fondining (ustav kapitalining) hisobi shartnoma asosida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan yuritilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Bu qoidalar, albatta, Jamiyat va uning boshqa ishtirokchilarining huquqlarini kafolatlaydi.

🔸 9) Jamiyatning minoritar ishtirokchilari qo‘mitasi tashkil etilishiga oid qoidalar taklif etilmoqda.

🔸 10) Jamiyatning auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga oid qoidalar takomillashtirilmoqda.

🔸 11) Jamiyatning affillangan shaxslari hamda affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzishga oid qoidalar alohida bob sifatida belgilanmoqda.

📑 Qonun jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga, ulushlarning aldov va (yoki) firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📙 Shuningdek, Qonun jamiyat mulkining himoya qilinishiga va ishtirokchilar huquqlarining to‘laqonli ta’minlanishiga, mulkdorlar sinfining yanada o‘sishi va rivojlanishiga, mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilashga hamda xorijiy investorlarni mamlakatimizga faol kirib kelishiga zamin yaratadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
3🔥1
#Adliya_xabari

🔴 Toshkentda DXM va FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda

🔹Poytaxtning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyati reja asosida o‘rganilmoqda.

🔹Shuningdek, PQ–1 qarori ijrosi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga biriktirilgan mahallalarda, xususan, nizoli oilalar yuzasidan joylarda manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹O‘rganishlar davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmatlar ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha tahlil qilinmoqda.

🔹Har bir xodim bilan shaxsan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tizimdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan takliflari tinglanmoqda, ularning ish faoliyatidan qoniqish darajasi hamda xizmat ko‘rsatishdagi ehtimoliy risklar o‘rganilmoqda.

🔹Shu bilan birga, Sergeli tumanida barpo etilayotgan yangi adliya binosining qurilish ishlari, loyiha talablariga rioya etilishi va sifat ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishildi.

🔹Qurib bitkazilgan qismlar ko‘zdan kechirilib, ishlarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

📌 Yangi binolar foydalanishga topshirilgach, adliya organlari faoliyati samaradorligi yanada oshib, fuqarolar uchun qulayliklar kengayishi kutilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥54👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Sayyor_qabul

❗️Bag'dod tumanida sayyor qabul o'tkazilmoqda

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tumandagi "Namuna" MFYda "Sayyor qabul" tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning muammolari, murojaatlari o'rganilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🎉21