ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Mahallalarda xavfsiz muhit: Qoraqalpog’istonda tizimli ishlar oʻrganildi

Qoraqalpog’iston Respublikasida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda nizoli oilalar bilan ishlash holati oʻrganildi. Mazkur jarayon Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligidagi Respublika muvofiqlashtiruvchi shtabi tomonidan Prezidentning PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

🔸 Oʻrganish davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

🔹 Xususan, adliya organlariga biriktirilgan 160 ta nizoli oila bilan individual yondashuv asosida ishlash yo‘lga qo‘yilib, muntazam suhbatlar, huquqiy tushuntirishlar va muammolarni hal etish choralari amalga oshirilmoqda.

🔸 Shuningdek, Nukus shahridagi “Bayterek” mahallasi misolida taqdimot oʻtkazilib, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yoritildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Jizzaxda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: bo‘lajak yuristlar bilan ochiq muloqot

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Jizzax viloyat yuridik texnikumida yoshlar bilan manzilli ishlashning samarali mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Abdumannop Bo‘riev ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida texnikum o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning huquqshunoslik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasbiy yo‘nalishda rivojlanishiga doir aniq tavsiyalar berildi.

🔹Shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish eng ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

🔹Do‘stona ruhda o‘tgan davra suhbati davomida rahbarlar o‘zlarining hayotiy va mehnat tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni qat’iyatli bo‘lish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish orqali muvaffaqiyatga erishish zarurligiga undadi.

🔹Shu bilan birga, tadbirkorlikka qiziqqan o‘quvchilarning savollariga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Adliya_hudud

❗️So'x tumanida sayyor qabul o'tkazilmoqda

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Chumoqcha" mahallasida "Sayyor qabul" tashkil etildi.

Unda fuqarolarning muammolari, murojaatlari o'rganilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🎨 Rassomlar va haykaltaroshlar uchun muhim yangilik!

Adliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan tasviriy va amaliy san’at asarlari bo`yicha mualliflik haqi hamda xomashyo xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro'yxat raqami 3820, 2026-yil 16-aprel).

🔹 Mazkur Nizom san’at asarlarini yaratishda mualliflarning mehnatini munosib baholash hamda haykaltaroshlik asarlari uchun sarflanadigan xomashyo xarajatlarini aniq tartibga solishni nazarda tutadi.

📌 Unga ko‘ra:
🔸 asarlar bahosi ularning badiiy qiymati asosida belgilanadi
🔸 hisob-kitoblar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan aniqlanadi
🔸 eng quyi va eng yuqori ko‘rsatkichlar Nizom ilovalarida belgilangan

🏛 Baholashni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi amalga oshiradi.

❗️ Muhim:
🔹 boshqa mualliflik asarlari yoki tayyor namunadan nusxa olinib yaratilgan asarlar baholash uchun qabul qilinmaydi

🎯 Badiiy qiymat quyidagilar asosida aniqlanadi:
▫️ asarning turi
▫️ yaratish jarayonining murakkabligi
▫️ mehnat sarfi
▫️ muallifning ijodiy yondashuvi va boshqa mezonlar

📊 Mazkur tartib ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mehnatini adolatli baholash hamda san’at sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3
🚨 O‘ZGANING BRENDIDAN RUXSATSIZ FOYDALANISH QIMMATGA TUSHDI

📩 Adliya vazirligiga “BONA MEAT” MChJning “BOYARSKIY” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi.

🕵️‍♂️ Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida ro‘yxatdan o‘tgan “BOYARSKIY” tovar belgisiga iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Боярская” belgili mahsulotlar (kolbasalar) ishlab chiqarish hamda sotuvga taklif etish holatlari aniqlandi.

⚖️ Natijada, amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 37¹-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

📋 Shuningdek, aniqlangan kontrafakt mahsulotlar taqdirini hal etish hamda jamiyat rahbarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki
info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari: manzilli ishlash amalda

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔹“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Tadbir davomida yoshlarga yangi qabul qilingan qonunlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, harbiy texnika va anjomlar ko‘rgazmasi, badiiy chiqishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy teatr tomoshalari namoyish etildi.

🔹Ochiq muloqot ruhida o‘tayotgan uchrashuvlar davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Mazkur tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy soha va Vatanga xizmat qilishning sharafi hamda mas’uliyati haqida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilmoqda.

📌 Ushbu uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Samarqandda “Rahbar va yoshlar” loyihasi: interaktiv ekskursiya tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Samarqand viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida mazmunli interaktiv ekskursiya tashkil etildi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda yoshlar boshqarma faoliyati, ish jarayonlari hamda Lex.uz va my.gov platformalaridan foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishtirildi.

🔹Shuningdek, ekskursiya davomida Markaziy harbiy okrug muzeyi hamda “Amir Temur sinfi”ga tashrif buyurilib, yoshlar tarixiy eksponatlar va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishmoqda.

🔹Ochiq muloqot ruhida o‘tayotgan tadbir yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda Vatanga xizmat qilish mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

📌 Mazkur ekskursiya yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👏2🔥1