#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni
🔴 Buxoroda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: manzilli ishlash amalda
🔹Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Buxoro viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning samarali mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etilmoqda.
🔹Xususan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i M. Isayev tomonidan e’tiborga muhtoj yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
🔹Tadbir o‘ziga xos tarzda — qahva ustida, samimiy va norasmiy muhitda tashkil etilib, yoshlar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yildi. Ularning muammo va takliflari bevosita tinglanmoqda.
🔹Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligi hamda ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
💻 Endilikda kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin
✅ Adliya vazirligi tomonidan barqaror tokenlar (stablecoin) aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini joriy etuvchi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3818, 2026-yil 15-aprel).
🔹 Barqaror token (stablecoin) — qiymati milliy yoki xorijiy valyutaga teng bo‘lgan kripto-aktiv turi hisoblanadi.
📌 Maxsus huquqiy rejim doirasida:
▫️ rezident yuridik shaxslar barqaror tokenlarni chiqarishi mumkin
▫️ tokenlar milliy va/yoki xorijiy valyuta bilan ta’minlanadi
🚀 Quyidagi yo‘nalishlarda tajriba-sinov loyihalari amalga oshiriladi:
🔸 barqaror tokenlarni chiqarish
🔸 ularni O‘zbekiston hududida to‘lov vositasi sifatida qo‘llash
🔸 xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish
🔸 blokcheyn asosidagi to‘lov tizimlarini yaratish
💰 Muhim talab:
🔹 barqaror tokenlar faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi
❗️ kredit, garov yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi
🆓 Ariza topshirish va maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish bepul amalga oshiriladi.
📊 Mazkur tizim moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, to‘lov tizimlarini modernizatsiya qilish va raqamli iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

#Adliya_xabari
🔴 Erta nikoh va zo‘ravonlikka qarshi tizimli yondashuv: targ‘ibot tadbirlari respublika bo‘ylab davom etmoqda
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan seminar va uchrashuvlar respublikaning barcha hududlarida izchil o‘tkazilmoqda.
🔹Mazkur tadbirlar xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik, erta nikoh hamda erta tug‘ruq holatlarining oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar doirasida tashkil etilmoqda.
🔹Tadbirlar davomida respublika ishchi guruhi, hududiy adliya organlari, Oila va xotin-qizlar tizimi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, amaliy mexanizmlar va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
🔹Shuningdek, joylarda manzilli ishlash tizimini joriy etish, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, ayollar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
📌 Mazkur targ‘ibot tadbirlari respublika bo‘ylab davom etib, joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

❤2
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni
🔴 Jazoni ijro etish muassasasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Qashqadaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv o‘tkazilmoqda.
🔹Xususan, Koson tumanida joylashgan 10-son jazoni ijro etish koloniyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi.
🔹Tadbir yakunida kitobsevar yoshlar uchun badiiy adabiyotlar taqdim etilib, bu orqali ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shu kuni boshqarma boshlig‘i tomonidan muassasadagi shart-sharoitlar, mahbuslar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim olish tizimi bilan yaqindan tanishilib, amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

❤4👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
💳 QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
✅ Adliya vazirligi tomonidan yagona QR-kodlar bo‘yicha idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3817-son, 2026-yil 15-aprel).
🔹 Mazkur hujjat Prezidentning PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ushbu Farmon bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun bosqichma-bosqich yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.
📌 Unga ko‘ra, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.
💡 Yagona QR-kod nima beradi?
▫️ istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali to‘lov qilish imkoniyati
▫️ barcha to‘lov tizimlarining o‘zaro integratsiyasi
📊 Qoidalarga ko‘ra:
✔️ QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;
✔️ to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar va hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi;
✔️ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlarni kuzatish tizimi joriy etiladi.
📱 Foydalanuvchilar uchun qulayliklar:
🔹 QR-kodni skanerlash orqali tezkor to‘lov
🔹 to‘lov summasini tasdiqlash
🔹 har bir operatsiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish
🔹 tranzaksiyalar tarixini kuzatish
📌 Mazkur tizim to‘lov jarayonlarini soddalashtirish, shaffoflikni oshirish hamda naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qiladi.

🔥3
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
❗️ Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o'tkazilishi belgilab berilgan topshiriq ijrosi doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov, viloyat Bojxona boshqarmasi hamda viloyat harbiy prokurori ishtirokida Andijon shaharda joylashgan Muhhamad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida o'quvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuv tashkil etilib, ularning tashabbuslari va o'qish sharoitlari haqida fikr almashildi.
✅ Uchrashuv davomida, o'quvchi yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kelgusi faoliyatlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Shuningdek, mas'ullar tomonidan maktabda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, turli yo'nalishdagi olib borilayotgan islohotlar va ularning o'qish sharoitlari o'rganildi..
✅ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

🔥5❤3👍1👏1