Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga xos bo‘lgan “Chimboy zog‘ora noni” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi “Chimboy zog‘ora noni” mahsulotining nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Qoraqalpog‘istonning hududiy gastronomik brendini targ‘ib etish imkonini kengaytiradi.
Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini, uning sifati va obro‘si aynan shu yerning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillariga bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot
Yozma va tarixiy manbalar, tarixiy-etnografik va arxeologik materiallarida tasdiqlanganidek, qoraqalpoqlar ilgaridan dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan, shu sababdan ularning asosiy taomlari donli o‘simliklardan (bug‘doy, tariq, jugari, guruch) iborat. Don daraxtdan yasalgan kelilarda kelisop yordamida maydalanilgan va qo‘l tegirmonlarida un qilingan. Ilgari paytlarda zog‘ora noni tariq, bug‘doy, jugari unlari qorishmasiga sabzi yoki oshqovoq qo‘shib tayyorlangan. Hozirgi kunda jugari o‘simligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining aynan Chimboy tumani hududida katta maydonlarda ekiladi hamda zog‘ora nonini tayyorlash keng tarqalgan. Chimboy zog‘ora nonini tayyorlashda quyidagi asosiy masalliqlardan foydalaniladi: tegirmonda tortilgan jugari uni, bug‘doy uni, sabzi yoki oshqovoq, tuz, yog‘, suvdan iborat.
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi “Chimboy zog‘ora noni” mahsulotining nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Qoraqalpog‘istonning hududiy gastronomik brendini targ‘ib etish imkonini kengaytiradi.
Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini, uning sifati va obro‘si aynan shu yerning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillariga bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏2🎉1
#adliya_xabari
🟢Intellektual mulk — tadbirkorlik barqarorligi garovi!
🔺Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning intellektual mulk obyektlarini ishonchli himoya qilish maqsadida Qarshi shahridagi "Qavali" va "Buyuk turon" kichik sanoat zonalari faoliyati bilan tanishildi.
🔺Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqot qilib, ishlab chiqarish jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Muloqot davomida o‘z shaxsiy brendiga (tovar belgisiga) ega bo‘lishning biznes rivojidagi strategik ahamiyati, mahsulotni qalbakilashtirishdan himoya qilish hamda raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔺Uchrashuv yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar va intellektual mulk sohasidagi qonunchilik yuzasidan batafsil javoblar oldilar.

❤1
TIKA vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun Adliya vazirligida Vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Achar Ergin xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda aholi farovonligini oshirish va qishloqlarda kambagʻallikni qisqartirishda kooperativlar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Samarqand viloyatidagi “Navkat COOP” hamda Surxondaryo viloyatidagi “Dilorom COOP” kooperativlari misolida aholini ish bilan taʼminlash, xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha erishilgan amaliy natijalar taqdimot qilindi.
Shuningdek, Turkiyaning ayollar va yoshlar kooperativini rivojlantirish borasidagi ijobiy tajribasini oʻrganish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

🔥4❤1
#Adliya_xabari
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tkazildi
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi vakillari poytaxtimizdagi Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Shundan so‘ng vazirlik vakillari Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib, undagi noyob eksponatlar, tarixiy manbalar hamda temuriylar davriga oid boy meros bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeyga tashrif davomida Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ilm-fan, madaniyat va davlatchilik an’analari haqida batafsil ma’lumotlar olindi.

1❤7👍6🔥2