ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Chilonzor_tumani

Mustahkam oila — barqaror jamiyat asosi

Bugungi kunda yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Shu maqsadda Chilonzor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi I-son va II-son FHDY bo‘limlari va “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” a’zolari bilan birgalikda yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida oila — mehr, mas’uliyat va o‘zaro hurmatga tayanadigan muqaddas maskan ekani, uni mustahkamlash esa avvalo bilim va ongli yondashuvdan boshlanishi ta’kidlandi. 20 nafar yosh nikohlanuvchiga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Seminar yakunida oila qurish arafasida turgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz:👇
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PROFESSIONAL TARJIMA XIZMATLARI

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan qonunchilik hujjatlarini tarjima qilish tizimi zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Maqsadimiz: Hujjatlarni aniq, ishonchli va huquqiy jihatdan mukammal tarzda tarjima qilish.

Biz quyidagi asosiy xizmat turlarini taklif qilamiz:
✔️ Yuqori malakali tarjimonlar tomonidan hujjatlarning o‘zbek, rus, ingliz va boshqa istalgan tillarga sifatli tarjima qilinishi;
✔️ Yuridik atamalarning aniq va to‘g‘ri qo‘llanilishi;
✔️ Matnlarning qisqa muddatda tarjima qilinishini ta’minlash.

📶 Tarjimalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• normativ-huquqiy hujjatlar;
• yuridik adabiyotlar;
• kodekslarga ilmiy-amaliy sharhlar;
• ilmiy ishlar, dissertatsiyalar va avtoreferatlar;
• badiiy tarjima va turli mavzulardagi kitoblar;
• ijtimoiy, siyosiy va boshqa mazmundagi matnlar.

Ushbu tizim huquqiy axborotni keng jamoatchilikka tezkor, tushunarli tarzda va yuqori sifat bilan yetkazishga xizmat qiladi.


📞 Bog'lanish uchun: (55) 510 47 87
📥 Elektron pochta: info@adolatmarkazi.uz
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 19-uy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍3👏1
#adliya_yoshlar

🌱 “Yashil makon” umummilliy harakati davom etmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularning ekologik mas’uliyatini oshirish hamda yashil hududlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, aksiya doirasida tozalik va obodonlashtirish ishlari ham olib borilib, hududlarni yanada fayzli va ko‘rkam holga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi bunday ezgu tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom yashash muhitini yaratishda muhim аҳамiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq, 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish nazarda tutilgan.


Mazkur jarayon ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i J.Zoxidov Sirdaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazib, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi jarayonlarida hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda rasmiylashtirish amaliyotini o‘rgandi.

Shuningdek, yangi tartibning muhim jihatlari, xususan, “eskrou” hisobraqamini ochish tartibi hamda notariuslarning keyingi harakatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Yakunda elektron tizimlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar ulushini oshirish, ayniqsa naqdsiz hisob-kitoblarni joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlanib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏1
#Adliya_xabari

🔷 Shaffof xizmat – ishonchli tizim

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Bulung‘ur tumani adliya bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda xizmatlar samaradorligi yuzasidan atroflicha o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish jarayonida PF-246-son Farmon asosida joriy etilgan naqdsiz to‘lov tizimining amaliy ijrosi, uning aholiga yaratayotgan qulayliklari hamda shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

📊 Tahlil natijalari mazkur tizim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik, tezkorlik va ishonchlilikni ta’minlashga xizmat qilayotganini ko‘rsatdi. Fuqarolar tomonidan elektron to‘lov vositalaridan foydalanish ko‘lami kengayib borayotgani esa olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini yaqqol ifoda etmoqda.

💬 Shu bilan birga, xizmatlar sifatini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlashda samaradorlikni kuchaytirish hamda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Naqdsiz hisob-kitoblar Andijon viloyati misolida

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq shu yil 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblarni faqat naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi joriy etildi.

Viloyatimizda ham, ushbu tartib izchil amalga oshirilib, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida notariuslar va tijorat banklari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi tizimi yo‘lga qo‘yildi. Natijada bitimlar rasmiylashtirilishi tezlashib, ortiqcha ovora-garchiliklar kamaymoqda. Endilikda fuqarolar ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotib olish yoki sotishda to‘lovlarni bank orqali amalga oshirib, o‘z mablag‘larining xavfsizligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Hisob-kitoblarning naqdsiz amalga oshirilishi iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi

Xabaringiz bor, PF-246-son Farmonga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur tartibga ko‘ra, bitimlar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali rasmiylashtirilib, to‘lovlar to‘liq shaffof va nazorat qilinadigan tizim asosida amalga oshiriladi.

📊 Ushbu yangilik iqtisodiyotda ochiqlikni ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, fuqarolar uchun xavfsiz, qulay va ishonchli hisob-kitob mexanizmini yaratadi.

💬 Naqdsiz hisob-kitoblar tizimi orqali ortiqcha xatarlar bartaraf etilib, bitimlar ishonchliligi hamda taraflarning huquqiy himoyasi yanada kuchaytiriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥3👏2