Forwarded from SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI (rasmiy)
#Uch_avlod
✅ Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlar va faxriylar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar tajriba almashish hamda avlodlar davomiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
📍 Uchrashuv davomida Samarqand viloyati adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy notariuslar, FHDY bo‘limi mudiralari hamda arxiv xodimlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, kasbiy faoliyatlari davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari, pandu-nasihatlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.
❗️ Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, tizimni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda faxriylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
📌 Shuningdek, tadbirda ZOOM platformasi orqali tuman va shahar adliya bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ham masofadan turib faol qatnashdilar.
❇️ Mazkur uchrashuv barchada katta taassurot qoldirib, yoshlar uchun muhim motivatsiya va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.
🌎 Bizni kuzating👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Faxriylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
❇️ Mazkur uchrashuv barchada katta taassurot qoldirib, yoshlar uchun muhim motivatsiya va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
#Adliya_hudud
Naqdsiz hisob-kitoblar — iqtisodiy barqarorlik omili
Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur tartibga ko‘ra, endilikda bitimlar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali rasmiylashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mablag‘larning qonuniy aylanishini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz tizim yaratishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov tomonidan hududlarda ushbu tizimning amaliy ijrosi o‘rganilmoqda. Xususan, Norin tumanida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda “Asaka bank” filiali xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlar davomida avtomobil oldi-sotdi jarayonlari amalga oshirilayotgan “Norin avto savdo bozori” MChJ hududida yaratilgan shart-sharoitlar, elektron tizimlarning ishlashi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlash joizki, naqdsiz hisob-kitoblarning keng joriy etilishi nafaqat iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, balki jamiyatda moliyaviy intizomni oshirishda ham muhim omil hisoblanadi.
🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube | Facebook | Telegram | Instagram

❤2👍2🔥1👏1