ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#NaqdPulsizHisobKitob

📺 “Dolzarb mavzu” – jonli efirda muhim masala muhokama qilindi

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Abduxalimov, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i X. Pardayev hamda viloyat soliq boshqarmasi vakili viloyat televideniyasining “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvida jonli efirda ishtirok etdi.

🔹 Efir davomida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarida hisob-kitoblarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish tizimi keng muhokama qilindi.

🔹 Xususan:
▪️ yangi tartibning mazmun-mohiyati,
▪️ aholiga yaratilayotgan qulayliklar,
▪️ tizimning xavfsizligi va shaffofligi,
▪️ notarial idoralar va banklar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹 Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

🌐Bizni kuzating👇👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
🔥3
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov Sirdaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish, elektron tizimlar orqali shaffoflikni ta’minlash va naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, idoralararo axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish, notarial xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish masalalari tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishlarda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qayd etish joiz, mazkur Farmon notariat tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar uchun qulay va tezkor xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
5👏4🔥2
Qashqadaryoda 298 nafar shaxslarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔰Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

❗️Mazkur sessiyada jami 298 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

🔺Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🏡Ma’lumot uchun, hozirga kelib jami 9223 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.
🔥3
#adliya_xabari
#1_apreldan

❗️ Adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti manzilli o'rganildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab, ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu islohot bugungi kunda fuqarolar manfaatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflik, ochiqlik va xavfsizlik tamoyillari yuqori darajada ta’minlangani nazorat qilish va yo'nalishda yagona amaliyotga erishishni tashkil etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov hamda o'rinbosari A.Azimov tomonidan Andijon shahar hududidagi notariuslar faoliyati o'rganildi.

Xususan o'rganish davomida, bevosita jarayon ishtirokchilari bo'lgan fuqarolarga "eskrou" hisobraqami ochilishi hamda notariuslarning keyingi harakatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, ayni yo'nalishda jarayonga aloqador barcha manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar mas'ullari yangi tartibni amalga oshirilishida bevosita javobgar ekanligi ta'kidlandi. Ushbu yuzasidan ularga yangi amaliyotdagi tushunmovchiliklar, tizimlarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish usullari bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi

🚀 Telegram | 📱Youtube | 📷 Instagram |🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Denov va Sho'rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.

💬 Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish, elektron tizimlar orqali shaffoflikni ta’minlash hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, idoralararo axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish, notarial xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📌 Yakunda, notariat tizimida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, fuqarolar uchun tezkor xizmatlar ko‘rsatish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Adliya_aralashgach

❗️Noto'g'ri kiritilgan ism va familiya hujjatlarni rasmiylashtirishda bir olam muammolar olib keldi

Buvayda tumanida yashovchi Dildora Qoraboyeva xonadonini dadasining nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmoqchi bo'ldi. Ammo yer ajratish to'g'risidagi qarorda ism va familiya noto'g'ri kiritilganligi oydinlashdi.

D.Qoraboyevaning Buvayda tuman adliya boʻlimiga murojaatidan soʻng, aniqlanishicha, haqiqatdan ham "Dehqonobod" MFY da yashovchi A.Akbarov Xalq deputatlari Buvayda rayon soveti ijroiya komitetining 1989-yil 8-avgust kungi yer ajratish toʻgʻrisidagi qarori bilan 0.13 gektar yer maydoni berilganligi lekin, hujjatda ismi “Abduraim” boʻlib yozilganligi sababli, kadastr pasportini rasmiylashtirish hamda yerni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda muammo yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan huquqni belgilovchi hujjat shaxsga tegishliligi belgilandi.

Batafsil videolavhada

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏2
#Adliya_xabari

❗️Hududlarda naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kirgan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ijrosini joylarda samarali tashkil etish maqsadida mas'ullar tomonidan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildmoqda.

Misol uchun, bugun Farg'ona viloyatidagi notarial idoralar, tijorat banklarining bu boradagi faoliyati bilan tanishilmoqda.

Maqsad, notariuslarga yangi tartiblarni amalda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tushuntirishlar berish, texnik va tashkiliy masalalarni muhokama qilish, shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilashdir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👏1