ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

Navoiyda: yangi tartib asosida ilk bor ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan edi.

Joriy yilning 31-mart kuni "Asakabank" viloyat filialida fuqarolarga "eskrou" hisobraqami ochilib, Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius M.Zairov tomonidan ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi.

Jarayonda ishtirok etgan fuqarolar xizmatlarning tezkor va shaffofligi, shu jumladan o'zlari uchun ishonchli hamda xavfsiz ekanligini ta'kidlab, mazkur islohotlarning birinchi ishtirokchisi bo'lganliklaridan mamnun bo'lishdi.

📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ota-onalar uchun yaxshi yangilik!

Endilikda mobil aloqa operatorlari tomonidan internetsiz tarif rejalari ham taklif etilishi mumkin.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan mobil aloqa tarif rejalaridagi takliflarni aholining turli qatlamlari talab va istaklariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda mobil aloqa xizmatlarini taklif etishda internet trafiksiz, ya’ni faqat daqiqa va SMS-xabarlardan iborat bo‘lgan tarif rejalarining mavjud emasligi ayrim aholi qatlamlari uchun behuda xarajatga aylanib, ularning tanlov imkoniyatini cheklamoqda.

Masalan, aksariyat keksa yoshdagilar internetga zarurat bo‘lmasada, internet trafigi mavjud bo‘lgan tarif rejalariga ulanishga majbur bo‘lmoqda. Qolaversa, ayrim ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini turli zararli axborot oqimlaridan himoyalash uchun internetsiz ta’rif rejalarini afzal ko‘rsalarda, ularning bu boradagi tanlovi cheklangan.
 
Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan mobil aloqa tarif rejalarida internet trafigisiz takliflar bo‘lishi majburiyligini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.

Mazkur qaror loyihasi joriy yilning 31-mart kuni jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

Loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni ushbu havola orqali o’tib, bildirishingiz mumkin.
👍123🔥2👏1😢1
#Adliya_xabari

11 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Joriy yilning 31-mart kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan tashkil etildi.

Imtihon jarayonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat hamda vorislik huquqi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 28 nafar talabgorga ishtirok etishga ruxsat berildi.

Natijalarga ko‘ra 11 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Buxoro viloyatidan:
Mubarakov A’zam Xolmurotaliyevich;
Safoyev Ulug‘bek Musoyevich.

Samarqand viloyatidan:
Nasretdinova Baxora Ilxomovna;
Qurbonov Mehroj Shuxratovich.

Surxondaryo viloyatidan:
Azimov Alpomish Ro‘ziboy o‘g‘li.

Toshkent viloyatidan:
Botirov Alisher Qodirjon o‘g‘li.

Toshkent shahridan:
Babayeva Yulduz Raxmankulovna;
Berdikulova Feruza Ikramovna;
Nazarov Jamoliddin Dexqonovich;
Toshpulatova Muhayyo Axmatovna.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:
Aytimbetov Alisher Bazarbayevich.


Mazkur malaka imtihoni jarayonlari Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda jarayon to‘liq yozib olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
#Adliya_xabari

📞 Notarial xizmatlarda muammoga duch keldingizmi?

🔰 Ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Adliya vazirligining hududiy ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Mazkur ishonch raqamlari orqali siz:
🔹 huquqiy maslahat olishingiz
🔹 yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha murojaat qilishingiz
🔹 tezkor yordam va tushuntirishlar olishingiz mumkin

📌 Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

❗️Farg‘ona shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi

Tadbirlar davomida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, shu bilan birga, mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ish izlayotganlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, sayyor qabul tashkil qilinib, unda qariyb 150 nafar xotin-qizlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar yuzasidan muddatlar belgilanib, ular ijrosi nazoratga olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
📢 Adliya organlari faoliyati – profilaktika va huquqiy targ‘ibot markazida

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. Valiyev rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Prezidentning 05.01.2026 yildagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar Toshkent viloyatida davom etmoqda.

📍 Jumladan, Angren shahridagi “Mustaqillik” mahallasida Adliya organlariga biriktirilgan hududda amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

⚖️ O‘rganishlar davomida Adliya organlari tomonidan:
— mahallalarda huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish
— nizoli oilalar bilan manzilli ishlash
— fuqarolarning muammolarini joyida hal etish
— jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni amalga oshirish ishlari muhokama qilindi

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan olib borilayotgan “Oilaviy ajrimlarni oldini olish” yo‘nalishidagi ishlar, nizoli oilalar bilan individual ishlash tajribasi alohida e’tirof etildi.

💬 Mutasaddilar tomonidan aynan oilaviy munosabatlardagi muammolarni erta aniqlash va bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligi yuqori baholandi.

Mazkur o‘rganishlar Adliya organlari faoliyatini yanada kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda profilaktika ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3
#Adliya_xabari

❗️Hisob-kitoblarning naqdsiz amalga oshirilishi iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi

Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va viloyat Notarial palatasi hududiy boshqarmasi rahbarlari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.

Olib borilayotgan xizmatlarning tezkor va shaffofligi, xavfsiz hamda qulayligi aholi tomonidan ham e'tirof etilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥42👏1
#Adliya_xabari

📣 Naqdsiz hisob-kitoblar — yashirin iqtisodiyotni oldini olishda muhim qadam!

🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Endilikda ushbu jarayonlar notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali tezkor va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xorazm viloyatida mazkur tizimni samarali joriy etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda hamda Davlat xizmatlari markazlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.

✔️ E’tiborlisi, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi, xavfsiz va qulayligi aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda.

🔹 Naqdsiz hisob-kitob – nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va xavfsizlik garovi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1