ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyachi

🧠Intellektual mulk sohasida har bir g‘oya — kelajak sari tashlangan qadam. Ammo bu yo‘lda faqat bilim emas, balki keng fikrlash, ijod va qat’iyat ham muhim.

👤Bu galgi qahramonimiz — Intellektual mulk markazi Ixtiro bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirov.

U kishi bilan suhbatda: — ixtiro ortidagi haqiqiy jarayonlar,
— noodatiy g‘oyalar va qarashlar,
— kasb va shaxsiy hayot muvozanati haqida samimiy fikrlar bilan tanishasiz.


📌 Adliya tizimi — bu nafaqat qonun, balki fikrlaydigan, izlanadigan va o‘sadigan insonlar jamlanmasidir.

🎥 Videoni tomosha qiling

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥3
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev Farg'ona viloyatida adliya bo'limlari faoliyati bilan tanishmoqda

Dastlab, vazir o'rinbosari Marg'ilon shahar FHDY bo'limi faoliyati va u yerda mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bilan tanishdi.

Shundan so'ng vazir o'rinbosari Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazida yaratilgan qulayliiklarni ko'zdan kechirdi.

Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati bo'yicha faoliyat samaradorligini ta'minlashda shaxsiy mas'uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, adliya bo'limi xodimlari hamda Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlarining davlat xizmatlarini koʻrsatish, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarda uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan fikrlar tinglandi. Bu borada qonunchilikka kiritilayotgan takliflar bilan qiziqdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥5👏3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik normalari va qoidalariga (SHNQ) o‘zgartirishlarni hisobga oldi (hisob raqami 391, 2026-yil 27-mart).
 
Unga ko‘ra, balandligidan kelib chiqib binolarda, yonuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanish bo‘yicha ayrim cheklovlarbelgilandi.
 
Qurilish materiallari yonuvchanlik darajasiga qarab 4 ta turga bo‘linadi.
 
28 metrgacha bo‘lgan binolarning fasad qismida faqat yonuvchanlik darajasi past (2–4) materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
 
28 metrdan baland binolarda, balandligidan qat’iy nazar taʼlim va tibbiyot tashkilotlarida yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlanadi.
 
Binolarning evakuatsiya yo‘llari (zinapoya, yo‘laklar, hollar, chiqish yo‘laklari) hamda yerto‘la va yarim yerto‘lalarda devor va shiftlarni bezashda yonuvchan materiallardan foydalanish cheklanadi.
 
Ushbu talablar yong‘in kelib chiqishi va tez tarqalishi xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlashga qaratilgan.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Adliya vazirligida “Sog‘lom ko‘zlar” hamda “To‘g‘ri ovqatlanish — sog‘lom hayot asosi!” shiorlari ostida timbilding o‘tkazildi

Treningda tajribali oftalmolog hamda dietolog ishtirok etdi.

Tadbirda:
ko‘z kasalliklarining oldini olish va ko‘z parvarishi bo‘yicha tushuntirishlar, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish, vaznni boshqarish, moddalar almashinuvini yaxshilash hamda kasalliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

📌 Tadbir davomida xodimlarning savollariga javob berilib, sog‘lom turmush tarziga oid muhim jihatlar keng muhokama qilindi.

Mazkur timbilding mashg‘uloti xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlarning samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat

Siz har kuni amal qiladigan qoidalar qanday paydo bo‘ladi?

Oddiy jarayonlar ortida jiddiy tartiblar bor. Ular sizning vaqtingizni tejaydi, imkoniyatlaringizni oshiradi, hayotingizni osonlashtiradi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5