ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_yangiliklari

“Mustahkam oila – farovon jamiyat” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyati adliya boshqarmasida “Mustahkam oila – farovon jamiyat” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda shahar va tuman hokimliklari vakillari, FHDY bo‘limlari mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida oila munosabatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash, erta nikohlarning oldini olish, nikohni qonuniy rasmiylashtirish va nikoh shartnomasining ahamiyatini keng tushuntirish, shuningdek ajralishlar sonini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Seminarni viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Saidova ochib berdi. Shuningdek, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori S. Xodjayeva, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda tegishli soha vakillari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Seminar yakunida hududlardan kelgan mas’ullar tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1👏1
#adliya_yangiliklari

Adliya boshqarmasida amaliy seminar o‘tkazildi


Andijon viloyat adliya boshqarmasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilikka rioya etish hamda asossiz rad etish holatlarining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, asossiz rad etish holatlarining oldini olish, aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yangiliklari

Infokiosklar — qulaylik va tezkor xizmat kafolati

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida adliya organlarida infokiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

❗️Infokiosklar yordamida siz:
🔹 Davlat xizmatlari haqida ma’lumot olasiz
🔹 Kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan tanishasiz
🔹 Ariza topshirish tartibini o‘rganasiz
🔹 To‘lovlarni amalga oshirasiz
🔹 Yo‘nalish va xizmatlar bo‘yicha tezkor maslahat olasiz


Eng muhimi, infokiosklar fuqarolarga ortiqcha navbatlarsiz, mustaqil va qulay tarzda xizmatlardan foydalanish imkonini yaratmoqda.

Adliya organlarida joriy etilgan mazkur tizim aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biridir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo'lgan yoshlar o'rtasida tuzilgan nikoh rag'batlantiriladi.

2027-yildan har ikkala taraf kamida 21 yoshga to'lganda 1-marotaba nikoh tuzgan yosh oilalar uchun:

Davlat tomonidan qo'shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi;

Ushbu oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilganda, oilalar a'zolariga taqdim etiladigan moliyaviy ko'maklar (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunchilikda belgilangan miqdorlardan 1,5 baravarga oshirilgan holda beriladi;

Nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilar nikohni qayd etish uchun belgilangan davlat bojidan ozod etiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75👍2
#adliya_xabari

Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan Yashnobod tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.


📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

⚠️ Yig‘ilishda mas’ul rahbarlarning faoliyati yuzasidan axborotlari tinglanib, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📊 Ayniqsa, profilaktika ishlarining yetarli darajada tashkil etilmagani, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda sanitariya nazorati organlari faoliyatida mavjud kamchiliklar alohida qayd etildi.

📌 Yig‘ilish yakunida har bir mas’ul rahbar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatilib, natijadorlik uchun shaxsiy javobgarlik belgilanishi ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
#adliya_xabari

Eskrou hisobvaraqlari: yangi tartib amalda sinovdan o‘tkazildi

2026-yil 28-mart kuni Markaziy bank, Adliya vazirligi hamda tijorat banklari rahbar va vakillari ishtirokida O‘zbekiston Milliy bankining Sergeli tuman filialida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Tadbir davomida ko‘chmas mulk va transport vositalarini oldi-sotdi qilishda xavfsiz hisob-kitoblarni ta’minlashga qaratilgan eskrou hisobvarag‘ini ochish jarayoni test rejimida amalga oshirildi.

Mazkur amaliyot orqali bitimlar shaffofligi va ishtirokchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiluvchi yangi mexanizmning samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#adliya_xabari

Yangi tartiblar joriy etilishi oldidan amaliy o‘rganishlar olib borildi

2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmon ijrosi doirasida Sergeli tumanidagi avtomashina bozori hududida joriy yilning 1-aprelidan keyin tatbiq etiladigan yangi tartiblar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, bozorda bank kassalarining mavjudligi va ularning faoliyat yuritish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, Ipoteka bank OATBning mazkur bozor hududida tashkil etilgan maxsus kassasida 1-aprel kuniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan ham yaqindan tanishildi.

Mazkur ishlar yangi tartiblarning samarali joriy etilishi hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1