ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda O'zbekiston Notarial palatasi hamkorlikda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, tijorat banklari va kommunal tashkilotlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoni hamda “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–280-son qarorda belgilangan vazifalar tushuntirildi hamda fuqarolar o‘rtasida elektron pul aylanish tizimidagi muammo va takliflar muhokama qilindi.


Shuningdek, savollarga mas’ullar tomonidan tushuntirishlar berilib, bildirilgan takliflar borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #huquqiy_ring

"Huquqiy ring" loyihasi debat shaklida tashkil etilib, ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda uyushmagan yoshlar o'rtasida 2 yo'nalish va 3 bosqichda amalga oshiriladi.

⚖️ Maqsad yoshlarning HUQUQIY dunyoqarashini, siyosiy jarayonlarga to'g'ri yondashuvini shakllantirishga ko'maklashish, ularda faktlar va feyk xabarlar bilan ishlay olish ko'nikmasini rivojlantirib borishdan iborat.

🎯 Ilm taffakur va munozara. Bahslashamiz, huquqiy ringda kuch sinashamiz!


📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram
4👍2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyati bilan tanishdi


🔹Bugun 26-mart kuni Adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF – 232-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi hamda universitetda amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

🔸Tashrif davomida universitet prorektorlari kesimida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔹Xususan, o‘quv jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, yangi tashkil etilgan tadqiqot markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, universitetning zamonaviy kampusini barpo etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔸Taqdimot jarayonida universitetni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan, dual ta’lim tizimi asosida o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, situatsion markaz faoliyatini takomillashtirish, tadqiqot markazlari tomonidan huquq sohasidagi fundamental muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni kuchaytirish yuzasidan aniq taklif va topshiriqlar berildi.

🔻Shuningdek, vazir qo‘shma ta’lim dasturlari hamda akademik mobillik doirasida tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflari tinglandi hamda ularga kelgusidagi o‘qish va professional faoliyatlarida asqotadigan amaliy tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥5👍3
Forwarded from POSTLAR
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi
oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha Yashnobod tumanining “Boyqo'rg'on”, "Aviasozlar" va “Barkamol” MFY hududlarida tungi vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida "tashvish tugma"larining ishchanlik holatini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli "reyd tadbirlari" tashkil etildi.

Tadbir davomida savdo nuqtalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda aholi gavjum joylarda o‘rnatilgan tashvish tugmalarining texnik holati, ularning tezkor xizmatlar bilan uzluksiz bog‘langanligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri ishlashi atroflicha tekshirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2