ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_yangiliklari
#yoshlar_kuni

Yoshlar yutuqlari – e’tirof markazida!

Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu kun doirasida tashkilotlarda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda.

Shu asosda Toshkent davlat yuridik universitetida talaba-yoshlarning erishgan yutuqlarini e’tirof etish hamda ularni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adliya vaziri A. Tashkulov ishtirok etib, iqtidorli va tashabbuskor talabalarni shaxsan taqdirladi hamda ularning natijalarini yuqori baholadi.

Xususan, “Real holat” xakatoni (hackathon) g‘olibi, “Zakovat” o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan “Vendetta” jamoasi, “Ma’rifat maydoni” tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Shum bolalar” jamoasi hamda sport va klub faoliyatida faol yoshlar rag‘batlantirildi.

Mazkur tadbir yoshlarning har tomonlama rivojlanayotgani, ularning salohiyati izchil qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda tizimli ishlar samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍84
#Hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi vazirlikning Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig’i Bekbutayev Turaxan Tojiyevich hamda uning oila a’zolariga onasiAyimxon ona Allayarovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
😢23🙏133
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Jurnalistlarni hamkasb deb bilmayman"-Qamariddin Shayxov.

Qalampir.uz asoschisi kimlarni shallaqi deb atadi? Mediadagi haqiqatlar va pora taklif qiluvchilar.


Batafsil 👉https://youtu.be/kiX0yKbG_b4?si=6nM1gE15_4xNv1iD

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏2🙏2🔥1
📣 INSTITUTDA MATBUOT ANJUMANI: USTUVOR VAZIFALAR VA AMALIY NATIJALAR E’TIBOR MARKAZIDA

Institutimizda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’lim jarayonini takomillashtirish, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi.

🗣 Tadbir davomida institutning ustuvor vazifalari sifatida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish, tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

➡️ Shuningdek, tinglovchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar — zamonaviy o‘quv auditoriyalari, interaktiv ta’lim usullari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari va boy axborot-resurs bazasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ta’lim jarayonining sifatini oshirish, har bir tinglovchining individual rivojlanishiga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

🌍 Institut faoliyatida xalqaro hamkorlik alohida o‘rin tutib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilayotgani, ilg‘or tajribalar joriy qilinayotgani ta’kidlandi.

🤝Matbuot anjumani davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga ochiq va batafsil javoblar berildi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir institut faoliyatining shaffofligi va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qildi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6