ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

Samarqandda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Tadbirda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov, Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev, shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar, tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, forum doirasida:
🔹 milliy brendlarni rivojlantirish istiqbollari
🔹 tovar belgilarining raqobatbardoshlikdagi o‘rni
🔹 brend identifikatsiyasi va dizayn masalalari
🔹 tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.


Shuningdek, tadbir davomida xalqaro ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar, amaliy seminarlar va interaktiv sessiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha mamlakatimizda milliy brendlarni rivojlantirish, intellektual mulk sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍8🔥5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tajriba
#100_ta_yangi_brend

100 ta yangi brend” loyihasi doirasida bo’lib o’tayotgan tadbirda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i vakillari spiker sifatida ishtirok etib, o‘zlarining muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Ma’ruza davomida kompaniyaning rivojlanish strategiyalari, zamonaviy savdo yondashuvlari, mijozlar bilan ishlash tizimi hamda brendni shakllantirish borasidagi amaliy tajribalari taqdim etilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥65👍2
#SAG
#100_ta_yangi_brend

Ayni paytda SAG brendi asoschilari tomonidan muvaffaqiyatli brend yaratish mavzusida taqdimot o‘tkazilmoqda.

Taqdimot davomida brendni noldan yaratish, bozorda o‘z o‘rnini topish, marketing strategiyalarini to‘g‘ri tanlash hamda mijozlar ishonchini qozonish masalalari yuzasidan ma’lumot berilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5🔥3👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_tajriba
#100_ta_yangi_brend

Ayni vaqtda “100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakili Aurea Plans tomonidan “Madrid tizimi orqali tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish: tartibi va afzalliklari” mavzusida onlayn shaklda ma’ruza qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Madrid tizimi - Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan boshqariladigan, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarini bir nechta mamlakatlarda bir vaqtning o'zida ro'yxatdan o'tkazish imkonini beruvchi xalqaro tizimdir. U bitta ariza, bitta til va bitta to'lov orqali 125 dan ortiq a'zo davlatlarda brendni himoya qilishga yordam beradi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥42👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muvaffaqiyatli_tajriba
#100_ta_yangi_brend

“Samarqandning 100 ta yangi brendi” aksiyasi doirasida “Safia” qandolat uylari tarmog‘i misolida muvaffaqiyatli brend yaratish tajribasi taqdim etildi.

“Safia” brendi oddiy oilaviy tashabbus sifatida shakllangan. 2001-yilda Muhayyo Qosimova tomonidan uy sharoitida shirinliklar tayyorlash bilan boshlangan faoliyat keyinchalik oilaviy biznesga aylandi. Ushbu jarayonda Akmal Ayupovning qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutdi. 2008-yilda esa Madina tomonidan birinchi qandolat do‘koni ochilib, brend yangi bosqichga olib chiqildi.

Bugungi kunda “Safia” sifat, did va ishonch timsoliga aylangan yirik qandolat brendlaridan biri hisoblanadi. Brend muvaffaqiyati, asosan, mijozlar ishonchi va ijobiy tavsiyalar asosida shakllangan.

Tadbir davomida “Safia” qandolat uylari tarmog‘i bosh direktor o‘rinbosari U. Usmonov tomonidan muvaffaqiyatli brend yaratish bo‘yicha amaliy tajribalar taqdim etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍3👏2
#100_ta_yangi_brend

📢 “Buxoroning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida navbatdagi muhim tadbir!

🗓 2026-yil 26-mart kuni Buxoro shahrida brend yaratish va rivojlantirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli forum bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumda:
muvaffaqiyatli mahalliy brendlar vakillari (SAG, Safia, Korzinka);
xalqaro va milliy ekspertlar;
tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etadi.

Tadbir davomida:
brend yaratish va rivojlantirish,
marketing va dizayn,
tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish,
brendlarni huquqiy himoya qilish masalalari muhokama qilinadi.

❗️Brendni bepul tekshirish va uni ro’yxatdan o’tkazish imkoniyati yaratiladi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu loyihada ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend
#Samarqand

Samarqand shahrida “Samarqandning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirdan videolavha.

Tadbir jarayonlarini videorolik orqali tomosha qiling.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍2🔥1👏1🙏1
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Tadbirda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov, Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari B.Adilov, shuningdek xalqaro va milliy ekspertlar, tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, forum doirasida:
🔹 milliy brendlarni rivojlantirish istiqbollari
🔹 tovar belgilarining raqobatbardoshlikdagi o‘rni
🔹 brend identifikatsiyasi va dizayn masalalari
🔹 tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.


Shuningdek, tadbir davomida xalqaro ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar, amaliy seminarlar va interaktiv sessiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha mamlakatimizda milliy brendlarni rivojlantirish, intellektual mulk sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tajriba
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasida bo’lib o’tayotgan tadbirda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i vakillari spiker sifatida ishtirok etib, o‘zlarining muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Ma’ruza davomida kompaniyaning rivojlanish strategiyalari, zamonaviy savdo yondashuvlari, mijozlar bilan ishlash tizimi hamda brendni shakllantirish borasidagi amaliy tajribalari taqdim etilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend loyihasi” mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilmoqda.

Buxoroda tadbirkorlik va innovatsiyalarning yangi davri boshlandi! 🚀

Ayni daqiqalarda Buxoro davlat texnika universitetida “Buxoroning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasidagi keng ko‘lamli forum o‘z ishini boshladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Adliya vazirligi va viloyat hokimligi mutasaddilari, marketing hamda dizayn mutaxassislari, shuningdek, o‘z brendini jahon darajasiga olib chiqishni maqsad qilgan tadbirkorlar jam bo‘lishgan.

Tadbir davomida ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🔹 Brend yaratish va uni bozorda ilgari surish sirlari;
🔹 Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va huquqiy himoya;
🔹 Eng asosiysi: Brendni bepul tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun noyob imkoniyat!

Agar siz hali ham ikkilanayotgan bo‘lsangiz, shoshiling! O‘z biznesingizni haqiqiy brendga aylantirish vaqti keldi.

📍 Manzil: Buxoro sh., Q. Murtazaev ko‘chasi, 15-uy (BDTU binosi).
#Buxoro #Brend100 #AdliyaVazirligi #Tadbirkorlik #Marketing #Uzbekistan

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend

Kontrafakt mahsulotlar, jumladan Knauf brendi ostida yoki unga o‘xshash qilib ishlab chiqarish yuzasidan savol o‘rtaga tashlandi…

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend
#Buxoro

Xalqaro ekspertlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1