ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🌍 Global Innovatsiya Indeksi 2025 taqdimoti: jonli efir

📢 Bugun Jenevada Global Innovatsiya Indeksi 2025 taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning nutqi namoyish etilishi kutilmoqda.

📺 Taqdimotni jonli efirda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
👉 webcast.wipo.int/home

#GII2025 #Uzbekistan #Innovation #GlobalIndex #Jeneva
🌍 Adliya vaziri A.Tashkulovning nutqi Global Innovatsiya Indeksi 2025 taqdimotida eshittirildi

ℹ️ Global Innovatiya Indeksi — yillik xalqaro reyting bo'lib, unda mamlakatlarning innovatsion rivojlanish darajasi va raqobatbardoshligi baholanadi.

🔹 Vazir ochilish marosimidagi chiqishida davlat tomonidan innovatsion rivojlanish masalasiga oliy darajada e'tibor qaratilayotganiga urg'u berib, natija sifatida O‘zbekiston so‘nggi to‘qqiz yil (2015-2024-yillar oralig'i) ichida ushbu reytingda 40 pog‘ona yuqorilaganini ta'kidladi.

🔹 Intellektual mulk sohasidagi loyihalar va doimiy islohotlar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli xizmatlarni joriy etishni mamlakat innovatsion rivojlanishining asosiy omillari sifatida qayd etdi.

📌 Shuningdek, O‘zbekistonning kelgusida bilim va innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyot barpo etishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga intilishi alohida ta’kidlandi.

Global Innovatsiya Indeksi 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilga nisbatan 4 pog'ona yuqorilab, 79-o‘ringa ko'tarildi hamda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
____________________________________
#GII2025 #Uzbekistan #Innovation #GlobalIndex #Jeneva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend loyihasi” mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilmoqda.

Buxoroda tadbirkorlik va innovatsiyalarning yangi davri boshlandi! 🚀

Ayni daqiqalarda Buxoro davlat texnika universitetida “Buxoroning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasidagi keng ko‘lamli forum o‘z ishini boshladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Adliya vazirligi va viloyat hokimligi mutasaddilari, marketing hamda dizayn mutaxassislari, shuningdek, o‘z brendini jahon darajasiga olib chiqishni maqsad qilgan tadbirkorlar jam bo‘lishgan.

Tadbir davomida ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🔹 Brend yaratish va uni bozorda ilgari surish sirlari;
🔹 Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va huquqiy himoya;
🔹 Eng asosiysi: Brendni bepul tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun noyob imkoniyat!

Agar siz hali ham ikkilanayotgan bo‘lsangiz, shoshiling! O‘z biznesingizni haqiqiy brendga aylantirish vaqti keldi.

📍 Manzil: Buxoro sh., Q. Murtazaev ko‘chasi, 15-uy (BDTU binosi).
#Buxoro #Brend100 #AdliyaVazirligi #Tadbirkorlik #Marketing #Uzbekistan

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2👍2
🌍 O‘zbekistonda yanada ochiq va inklyuziv boshqaruv uchun jamoatchilik ishtiroki mustahkamlanmoqda!

Bugun Buxoroda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida Jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolari uchun navbatdagi hududiy trening tashkil etildi.

Trening Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan kelgan Jamoatchilik maslahat kengashlari vakillarini birlashtirib, quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan:
✔️ Jamoatchilik bilan muloqot va ochiq dialog
✔️ Hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari
✔️ Ishtirokchi boshqaruv yondashuvlari
✔️ Samarali maslahat va jamoatchilik nazorati faoliyati

Jamoatchilik maslahat kengashlari fuqarolar ovozi va mahalliy ehtiyojlarning qaror qabul qilish jarayonlarida inobatga olinishi uchun muhim platforma hisoblanadi.

📍Buxorodagi seminar hududiy treninglar turkumining ikkinchi bosqichi bo‘lib, mamlakatda yanada ochiq, shaffof va fuqarolarga yo‘naltirilgan boshqaruvni rivojlantirishga xizmat qiladi.

#UNDP #EU #Uzbekistan #Governance #PublicParticipation #CitizenEngagement #OpenGovernment #FIPSD

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥1