ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Buxoroda iqtidorli yosh bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida “Eng yaxshi g‘oya” respublika tanlovi g‘olibi — Buxoro davlat texnika universiteti doktoranti Abubakir Atoyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yosh olimning innovatsion loyihasi, uning amaliy ahamiyati hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir.

Shuningdek, davlat organlari tomonidan yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Adliya organlari tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43🔥3👍2
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Tadbirda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov, Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari B.Adilov, shuningdek xalqaro va milliy ekspertlar, tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, forum doirasida:
🔹 milliy brendlarni rivojlantirish istiqbollari
🔹 tovar belgilarining raqobatbardoshlikdagi o‘rni
🔹 brend identifikatsiyasi va dizayn masalalari
🔹 tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.


Shuningdek, tadbir davomida xalqaro ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar, amaliy seminarlar va interaktiv sessiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha mamlakatimizda milliy brendlarni rivojlantirish, intellektual mulk sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tajriba
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasida bo’lib o’tayotgan tadbirda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i vakillari spiker sifatida ishtirok etib, o‘zlarining muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Ma’ruza davomida kompaniyaning rivojlanish strategiyalari, zamonaviy savdo yondashuvlari, mijozlar bilan ishlash tizimi hamda brendni shakllantirish borasidagi amaliy tajribalari taqdim etilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥2
Buxoroda shaffof iqtisodiyot va naqdsiz to‘lovlar masalalariga e’tibor qaratildi

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramovning Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida naqdsiz to‘lovlar tizimini rivojlantirish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha elektron hisob-kitob tizimini takomillashtirish, axborot almashinuvi jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosi hamda uning amaliy jihatlari atroflicha tahlil qilindi.

Yakunda tizim shaffofligini oshirish, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend loyihasi” mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilmoqda.

Buxoroda tadbirkorlik va innovatsiyalarning yangi davri boshlandi! 🚀

Ayni daqiqalarda Buxoro davlat texnika universitetida “Buxoroning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasidagi keng ko‘lamli forum o‘z ishini boshladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Adliya vazirligi va viloyat hokimligi mutasaddilari, marketing hamda dizayn mutaxassislari, shuningdek, o‘z brendini jahon darajasiga olib chiqishni maqsad qilgan tadbirkorlar jam bo‘lishgan.

Tadbir davomida ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🔹 Brend yaratish va uni bozorda ilgari surish sirlari;
🔹 Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va huquqiy himoya;
🔹 Eng asosiysi: Brendni bepul tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun noyob imkoniyat!

Agar siz hali ham ikkilanayotgan bo‘lsangiz, shoshiling! O‘z biznesingizni haqiqiy brendga aylantirish vaqti keldi.

📍 Manzil: Buxoro sh., Q. Murtazaev ko‘chasi, 15-uy (BDTU binosi).
#Buxoro #Brend100 #AdliyaVazirligi #Tadbirkorlik #Marketing #Uzbekistan

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend

Kontrafakt mahsulotlar, jumladan Knauf brendi ostida yoki unga o‘xshash qilib ishlab chiqarish yuzasidan savol o‘rtaga tashlandi…

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2🔥2👍1