ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi
oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha Yashnobod tumanining “Cho‘lpon” va “Katta Qo‘yliq” MFY hududlarida tungi vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida "tashvish tugma"larining ishchanlik holatini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli "reyd tadbirlari" tashkil etildi.

Tadbir davomida savdo nuqtalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda aholi gavjum joylarda o‘rnatilgan tashvish tugmalarining texnik holati, ularning tezkor xizmatlar bilan uzluksiz bog‘langanligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri ishlashi atroflicha tekshirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3
#Adliya_xabari

Namanganda 6 mingga yaqin fuqaroning yer va mulk huquqlari e’tirof etildi

Namangan viloyatida fuqarolarning yer uchastkalari hamda undagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonuniylashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va ularda qurilgan obyektlarga nisbatan 5830 nafar fuqaroning huquqlari qonuniy e’tirof etildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 20-sessiyasi qaroriga muvofiq, yana 1136 nafar fuqaroning mulk huquqlari rasmiy tan olindi.

Mazkur chora-tadbirlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda noqonuniy qurilishlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Arxiv hujjatlari – o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi muhim ko‘prik


Arxiv hujjatlari huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali tarixiy asoslar mustahkamlanib, bugungi va kelajakdagi qarorlar uchun ishonchli manba yaratiladi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jurnalistlar bilan tashkil etilgan muloqot aynan arxiv hujjatlari bilan tanishuvdan boshlandi. Unda tizimda hujjatlar saqlovi zamon talablariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgani, xavfsizlik, tezkorlik va qulaylik asosiy tamoyil ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida adliya organlarida olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda sohaga joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qizg‘in muloqot davomida jurnalistlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga ham atroflicha javob qaytarildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
#Sayyor_qabul

Sirdaryoda xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Bahor" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir avvalida xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shundan so'ng sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr, kredit olish va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, 10 ta murojaat esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi, tibbiy ko'rik hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Shuningdek, “Sog'lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan 50 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍21
#mehnat_yarmarkasi

Toyloqda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yarmarka o‘tkazildi


Adliya vazirligi tashabbusi bilan joylarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari o'tkazilmoqda.

Samarqand viloyati, Toyloq tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi natijasida 2 nafar ishsiz xotin-qiz tumandagi 28- va 44-maktabgacha ta’lim muassasalariga ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yo'lida xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#adliya_hudud

Namanganda keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Mingbuloq tumani Madaniyat markazida xotin-qizlar va yoshlar uchun keng qamrovli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, 62 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 6 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida 14 nafar xotin-qizlarga psixologik maslahatlar ko‘rsatildi, yoshlar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Ayni kuni ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oila bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning 3 tasida yarashuvga erishildi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi, FHDY bo‘limi tomonidan esa 2 ta oilaga nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tadbir aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5