ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagidan foydalanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng FHDY hamda notarial arxivlarda hujjatlarni saqlash holati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xizmat safari davomida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Jarayonda boshqarmada tashkil etilgan axborot-tahlil, media va situatsion-tahliliy markaz faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida faoliyat samaradorligini ta’minlash, huquqiy kontent va media materiallarni sodda hamda xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍94🔥1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

🔷Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Xodjimuratov Baxtiyor Yakubovich 2026-yilning fevral oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.

🔷Baxtiyor Xodjimuratov 2016-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2017-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil sho‘basi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2018-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi yetakchi maslahatchisi;
▪️2018-2019-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi;
▪️2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i;
▪️2022-2023-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i;
▪️2023-2024-yillarda vazirlikning Strategik rejalashtirish va samaradorlikni baholash boshqarmasi bosh maslahatchisi;
▪️2024-2026-yillarda Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.


🔷2026-yildan buyon Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷 Baxtiyor Xodjimuratov tomonidan Yashnobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek ishlarni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish maqsadida Adliya vazirligining ishchi guruhi tashkil etilib uning faoliyati samaradorligini baholash maqsadida maxsus samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

🔷 Bundan tashqari, probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan ishlashni samarali tashkil etish maqsadida Yashnobod tumanida sayyor qabullar o‘tkazildi hamda tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni doimiy nazorat qilish hamda tahlil etish uchun maxsus dashbord ishlab chiqilishi kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.

🔷 Vazirlik jamoasi Baxtiyor Xodjimuratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍167🔥1😢1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

🔷Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shukurov El’dor Narzulla o‘g‘li 2026-yilning fevral oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷El’dor Shukurov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

🔷Mehnat faoliyatini 2024-yilda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlab, hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷El’dor Shukurov Minsk va Kishinyov konvensiyalari doirasida chet davlatlar hamda hududiy adliya organlaridan kelib tushgan 80 dan ortiq xat va hujjatlarning ijrosi ta’minlash, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali kelib tushgan arizalar asosida 150 dan ortiq advokatning guvohnomasi chop etilishi, “E-notarius.uz” va “E-advokat.uz” elektron tizimlari bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga tizimdan foydalanish tartibi yuzasidan muntazam amaliy yordam ko‘rsatish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi El’dor Shukurovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍265🔥3👏1😢1
#adliya_xabari

Adliya tizimida mehnat ta’tili tizimi to‘liq raqamlashtirildi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥53👍3👏2🙏1
O'zbekiston qonunchiligi JST talablariga moslashtirilmoqda

🔸Joriy yilning 9-mart kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J. Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Adliya vazirligi hamda boshqa mas’ul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilishda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov tomonidan milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

▪️Ishchi guruhning 11-yig‘ilishidan buyon 19 ta normativ-huquqiy hujjat JST talablari bilan muvofiqlashtirildi.
▪️Natijada, bugungi kunga qadar JST talablariga uyg‘unlashtirilgan hujjatlar soni 180 tadan oshdi.

Qabul qilingan hujjatlar quyidagi muhim o‘zgarishlarni nazarda tutadi:
Bojxona sohasi: savdo-iqtisodiy munosabatlarda “eng ko‘p qulaylik berish rejimi” qo‘llanilmaydigan davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlar uchun belgilangan ikki baravar bojxona bojlari bekor qilindi. “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida taqiq va cheklovlar reyestrini yuritish, davlat idoralari xizmatlari uchun yig‘imlar miqdorlarini e’lon qilib borish hamda tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun “maslahatchi auditor” faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oylik import cheklovi bekor qilindi.
Raqobatni rivojlantirish: qora va rangli metallar hamda tabiiy gaz savdosida ayrim korxonalarga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinib, o‘rniga litsenziyalash tartibi joriy etildi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasi: ikki va undan ortiq muvofiqlikni baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlar faoliyat yuritayotgan sohalarda davlat tashkilotlarining bunday xizmatlarni ko‘rsatishi taqiqlandi; muvofiqlikni baholash organlariga eksport talablariga mos xorijiy standartlar asosida ish olib borishga ruxsat berildi hamda standartlardan foydalanish ixtiyoriy bo‘lishi belgilandi.
Oziq-ovqat xavfsizligi: xalqaro tan olingan sertifikatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda sanitariya-epidemiologik xulosa olish talabi bekor qilindi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari Alimentarius Kodeksi talablariga muvofiqlashtirildi.


Ushbu islohotlar savdoni liberallashtirish, tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish hamda raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥1😢1
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda S. Mamadaliyev tomonidan “Ko‘rmishim”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning ijro etilgani aks etgan videolar tarqaldi.

🔸Mazkur holat yuzasidan ma’lum qilamizki, ushbu asarlarning huquq egalarining roziligisiz ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid hisoblanadi.

🔹Xususan, Qonunning 19-moddasiga muvofiq muallif asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish, jumladan uni omma oldida ijro etish hamda jamoatchilik e’tiboriga yetkazish bo‘yicha mutlaq huquqlarga ega.

🔸Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar Qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlardan tashqari, asarlardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanishlari mumkin.

🔹Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, bu holat asardan foydalanish deb e’tirof etiladi.

🔸Eslatib o'tamiz, Qonunning 62-moddasiga ko‘ra, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlarni takrorlash, tarqatish yoki boshqa tarzda foydalanish mualliflik huquqlarining buzilishi hisoblanadi.

❗️Shuningdek, qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqlarini buzish fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8😢42🔥1
O'zbekiston–Germaniya: adliya sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Germaniya Federal Adliya vazirligi huzuridagi Xalqaro huquqiy hamkorlik jamg'armasi (IRZ) direktori Sh. Xyulshyorster boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston va Germaniya o'rtasida adliya hamda huquq sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, mamlakatimizda qonun ijodkorligi, davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda bepul yuridik yordam ko'rsatish yo'nalishlarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Lex.uz platformasining rivojlantirilishi, sun'iy intellekt asosidagi LexAI tizimining joriy etilishi hamda davlat xizmatlarini soddalashtirishga qaratilgan tashabbuslar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tomonlar IRZ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan Yevropa Ittifoqining TWINNING grant loyihasi doirasida qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha byurokratik to'siqlarni kamaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida adliya va huquq sohasida o'zaro tajriba almashish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda ilg'or tajribalarni joriy etish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha kelgusidagi istiqbollar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👏1