ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda S. Mamadaliyev tomonidan “Ko‘rmishim”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning ijro etilgani aks etgan videolar tarqaldi.

🔸Mazkur holat yuzasidan ma’lum qilamizki, ushbu asarlarning huquq egalarining roziligisiz ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid hisoblanadi.

🔹Xususan, Qonunning 19-moddasiga muvofiq muallif asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish, jumladan uni omma oldida ijro etish hamda jamoatchilik e’tiboriga yetkazish bo‘yicha mutlaq huquqlarga ega.

🔸Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar Qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlardan tashqari, asarlardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanishlari mumkin.

🔹Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, bu holat asardan foydalanish deb e’tirof etiladi.

🔸Eslatib o'tamiz, Qonunning 62-moddasiga ko‘ra, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlarni takrorlash, tarqatish yoki boshqa tarzda foydalanish mualliflik huquqlarining buzilishi hisoblanadi.

❗️Shuningdek, qonunchilikka muvofiq mualliflik huquqlarini buzish fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8😢42🔥1
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisida to‘lovlar tartibi bo‘yicha turli fikrlar bildirilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblarni aniq va ishonchli amalga oshirishga xizmat qiladi.

Yangi tartibning asosiy maqsadi — fuqarolarga qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini oshirish hamda hisob-kitoblarni xavfsiz va shaffof qilishdir.

Muhimi, ko'chmas mulk va transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi o'zgarmaydi. Ya'ni, barcha jarayonlar avvalgidek notarius orqali amalga oshiriladi.

Faqatgina bitta muhim yangilik bor: endilikda hisob-kitoblar bank orqali amalga oshiriladi.

Bu nimani anglatadi?
Oldin tomonlar o'zaro og'zaki kelishib, naqd pul orqali hisob-kitob qilgan bo'lsa, endi bu jarayon bank hujjatlari orqali rasmiy tasdiqlanadi. Bu esa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga yordam beradi.

Shuningdek, agar shartnoma tasdiqlanmasa, eskrou xisob raqamiga kirim qilingan pul mablag'lari fuqaroning so'roviga asosan qaytarib beriladi.

Yangi tartib quyidagi imkoniyatlarni beradi:
— firibgarlik holatlarining oldi olinadi
— hisob-kitoblar aniq va ishonchli bo‘ladi
— fuqarolarning mulkiy huquqlari himoya qilinadi


📌 Xulosa qilib aytganda, ushbu tartib fuqarolar manfaatini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3