ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
"Vazir va yoshlar" uchrashuvi

🔸Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida tizimdagi yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, tizimda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔸Vazir o‘z ma’ruzasida tizimda “tuman–viloyat–respublika” karera modeli joriy etilgani, lavozimga ko‘tarilish samaradorlik asosida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

❗️Shuningdek, yaqin kunlarda yosh huquqshunoslar uchun “Adliya organlari vazifa va funksiyalari samaradorligini oshirish” mavzusida kreativ g‘oyalar tanlovi e’lon qilinishi ma’lum qilindi.


🔹Bu kabi muloqotlar Prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda adliya tizimida professional va sadoqatli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍174🔥4
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: DXMda fuqarolarga tezkor va zamonaviy to‘lov usuli orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etdi.

🖥 Namangan viloyati: “Mahalla huquqshunosi” loyihasi.

🖥 Samarqand viloyati: Urgut savdo kompleksida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sayxunobod tumanida kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.

🖥 Toshkent shahri: Hududlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JSTga qo‘shilish: davlat ham tadbirkor va iste’molchi ham yutadi

Jahon savdo tashkiloti o‘zi qanday tashkilot va uning bitimlaridagi asosiy talablar nimalardan iborat? O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan oddiy iste’molchi nima yutadi? Shu kabi savollarga “Sayilgoh” podkastida javob oling!


Batafsil👉 https://youtu.be/LRXhRrZRY98

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati sud ekspertiza bo‘limining yangi binosidagi zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Surxondaryo viloyat bo‘limi uchun qurilgan yangi bino zamonaviy talablarga to‘liq mos bo‘lib, aholiga tez, aniq va ishonchli sud-ekspertiza xizmatlari ko‘rsatish imkonini kengaytirdi.

Yangi Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi – viloyatda ilk bor tashkil etilib, biologik ota-onalik faktini aniqlash bo‘yicha ekspertizalarni joyida o‘tkazish imkonini beradi. Bu jarayonlarning tezlashishi va fuqarolarga qulaylik yaratdi.

A.Tashkulov yangi bino Surxondaryoda sud-ekspertiza tizimi imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishini, aholiga yanada sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatishini ta'kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍53🔥2
KO‘CHADA TELEFON SO‘RASHSA BERASIZMI?

Kimgadir yaxshilik qilaman, deb bir soniya ichida millionlab pullaringizdan ayrilib qolishingiz mumkin! Xo‘sh, siz qanchalik ogohsiz?

Batafsil: https://youtu.be/khgcn4KJEmM
6
Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyatiga xizmati safari doirasida Angor tumani dehqon bozori hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining kuzatuv kamera punktida bo‘ldi.

Tadbir davomida bozorda savdo jarayonlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, tadbirkorlar va fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, tuman IIB kuzatuv kamera punktida jamoat xavfsizligini ta’minlash, videokuzatuv tizimlarining ishlash samaradorligi, raqamli texnologiyalar asosida nazoratni kuchaytirish hamda profilaktika ishlarini tashkil etish jarayonlari bilan tanishildi.

Mas’ullarga aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍72🔥1
#Adliya_xabari

❗️Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi va Termiz tuman adliya bo'limi faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab, A.Tashkulov viloyat adliya boshqarmasi sho'balari faoliyati bilan yaqindan tanishib o'zining ko'rsatma va tavsiyalarini berdi.

Xususan, Prezidentimizning “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Termiz tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi hamda davlat xizmatlari markazining mas'ul xodimlari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan xodimlariga mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi yuzasidan tavsiyalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍54🔥3
#Adliya_xabari

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritildi

❗️Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bu esa, aholining, shu jumladan yo‘l harakati ishtirokchilarining haqli e’tirozlari va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.


Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritgan.

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17-fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishishga chiqarilgan bo‘lib, belgilangan tartibda kelishilganidan so‘ng, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4👏2🔥1
📣 Notariuslikka talabgorlarga MUHIM XABAR!

Notarius bo‘lishni rejalashtiryapsizmi? Endi buning uchun aniq belgilangan tartib va professional o‘quv kurslari mavjud!

⚡️ O‘quv kurslari qayerda va qanday o‘tkaziladi?
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (an'anaviy yoki masofaviy)
Institut bilan tuzilgan shartnomaga asosan
72 soatlik o‘quv dasturi asosida
Tinglovchilar elektron yoki yozma shakldagi ariza bilan Institutga murojaat qiladi
➡️Pochta manzil: minjusttraining@adliya.uz

👥 O‘quv jarayoni:
➡️ 25 nafardan oshmagan akademik guruhlarda olib boriladi

📜 Baholash va sertifikat:
🔸 Yakunda suhbat shaklida imtihon
🔸 100 ballik tizim asosida baholash
🔸 Kamida 56% ball to‘plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi

🎯 Agar siz notariuslik faoliyatiga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, bu kurs siz uchun muhim va majburiy bosqich hisoblanadi!

👉 Batafsil ma’lumot va yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalni kuzatib boring!

📞 +998 55 518 47 77

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Notariuslar AQShda vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

🗣 O‘zbekiston notariuslari Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turib, Vatandoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda notariat sohasida yaratilgan zamonaviy xizmatlar, onlayn videokonferensiya orqali masofadan notarial harakatlar amalga oshirish imkoniyati sifatida yangiliklar tanishtirildi.

▶️ Notariuslarimiz ishtirokida Nyu-York, Filadelfiya va Vashington shaharlarida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotlarda Kanadada yashovchi yurtdoshlar ham videokonferensiya orqali onlayn tarzda ishtirok etdi.

🔺 Shuningdek, ishonchnomalar rasmiylashtirish, turli rozilik arizalari, meros masalalari, AQShda rasmiylashtirilgan hujjatlarning O‘zbekistonda tan olinishiga doir savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔜 Uchrashuv yakunida vatandoshlar yaratilgan imkoniyat va qulayliklar uchun O‘zbekiston rahbariyati, adliya va notariat sohasi vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1