ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar kuchaytirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, hududda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan.

Bugun mazkur ishchi guruh adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiev boshchiligida Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozori hududida bo‘lib, bu yerda barpo etilayotgan Situatsion markaz qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida hududda jamoat tartibini ta’minlash, savdo jarayonlarining shaffofligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan zamonaviy nazorat va monitoring mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, noqonuniy savdo faoliyatiga chek qo‘yish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Adliya organlari tomonidan hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍4👏3🔥1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi ta'minlanmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🖥 Namangan viloyati: "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Adliya sizni eshitadi.

🖥 Samarqand viloyati: Xotin-qizlar huquq va maanfatlarini himoya qilish mazvusida tadbir.

🖥 Sirdaryo viloyati: Adliya jamoasi uchun ilhom baxsh etgan spektakl.

🖥 Toshkent viloyati: Yettita oila jrimdan saqlab qolindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2
Adliya vazirligi mas’ullari Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

🔸Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarning mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

🔹Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸Shuningdek, adliya bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashgan holda ularga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4👍1
“Aqlli tartibga solish” bo‘yicha xalqaro seminar-trening o‘tkazildi.

Bugun, “Norma ijodkorligida "aqlli tartibga solish" tamoyillari hamda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro seminarning ikkinchi kuni yakunlandi.

🔹Seminar manfaatdor tomonlarni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayoniga keng jalb etish mexanizmlari, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuasini tizimli ravishda qayta ko‘rib chiqish (regulatory stock review) bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlandi.

🔹Shuningdek, tadbirda ekspertlar tomonidan mazkur yo‘nalishlarda taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida ochiq va konstruktiv fikr almashinuvi tashkil etildi.

Mazkur xalqaro seminar-trening norma ijodkorligi faoliyatining sifatini yangi bosqichga olib chiqish, tartibga solish ta’sirini baholash tizimini mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim professional muloqot maydoni sifatida e’tirof etilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥3👏1😢1
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1