ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Bugun, Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad - tomonlar o‘rtasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda o‘zaro hamkorlik qilish, baholash, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash va ta’sirini o‘rganish sohasida o‘zaro ilmiy ishlarni amalga oshirish, tartibga solish ta’sirini baholash samaradorligini oshirish hamda qonunchilikdagi dolzarb masalalarni ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish orqali yechim topishdan iborat.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍86🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

Bugun, 14-fevral kuni buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Adliya vazirligi ushbu sana bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi!

➡️ Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli faktlarni video orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍7🔥4
📣 E’LON!

❗️ “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

🔹 Anjumanda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2026-yil 17-fevral, soat 11:00 da.
📍 Joy: Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti joylashgan binosi (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra, 33-uy).

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
❗️"Polisorb" farmatsevtika mahsulotining kontrafakt nusxasi aniqlandi.

🔹"Polisorb" AJ (Rossiya Federatsiyasi) murojaatiga asosan "O.B.M." MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazildi.

📶 Tekshiruv davomida "POLISORB" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash "ПОЛИСОРБ ЕНТ" nomli kontrafakt biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan "O.B.M." MChJ rahbariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda sudga yuborildi.

❗️ Hurmatli fuqarolar!
Farmatsevtika mahsulotlarining kontrafakt nusxalarini iste'mol qilishdan saqlaning.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🙏1
#Adliya_xabari

Yashnobodda Adliya vaziri, tuman hokimi va boshqa mutasaddilar tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Yashnobod tumanidagi Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda Adliya vaziri A. Tashkulov, Yashnobod tuman hokimi B. Rahmanqulov va boshqa mutasaddilar tomonidan 100 nafarga yaqin fuqarolar, shu jumladan 60 nafar probatsiya hisobidagi shaxslarning uy-joy, tadbirkorlik, bandlik, moddiy yordam, kasb-hunarga o'qitish, mehnat migratsiyasi va boshqa masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 27 tasi joyida hal etilib, 42 nafar fuqaroning murojaati ish yurituvga qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Sirdaryo_viloyati

Maxsus reportaj | Aholiga shaffof va qulay shaklda xizmat ko'rsatish tizimi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1
📣 E’LON!

❗️ “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

🔹 Anjumanda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2026-yil 17-fevral, soat 11:00 da.
📍 Joy: Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti joylashgan binosi (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra, 33-uy).

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Fuqaroning 35 yillik muammosi hal etildi.

🖥 Fargʻona viloyati: Nikoh shartnomasining qanday afzalliklari bor?

🖥 Jizzax viloyati: Soliq imtiyozlari qanchalik shaffof?

🖥 Namangan viloyati: Mahalla huquqshunosi loyihasi.

🖥 Samarqand viloyati: 2025-yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Firibgarlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🖥 Xorazm viloyati: Mulk huquqi haqida.

🖥 Toshkent shahri: Mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥32👏1
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi tasdiqlandi

🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi yuzasidan tegishli farmonni imzolab, islohotlar dasturlari va “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturini tasdiqladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1