ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

🔸Bugun adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov boshchiligida Xorvatiya delegatsiyasi bilan xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda Xorvatiya Respublikasi Parlamentining Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi Ivan Malenitsa ishtirok etdi.

🔸Muloqot davomida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi adliya hamda huquq sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro ishonch va ochiq muloqotga asoslangan aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

▪️Norma ijodkorligi va qonunchilikni takomillashtirish
▪️Raqamli transformatsiya va byurokratiyani qisqartirish
▪️Notariat va bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirish
▪️Mediatsiya va nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlari


🔸Uchrashuv yakunida tomonlar adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni institutsional asosda yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Xalqaro hamkorlik – qonunchilik sifatini oshirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning muhim omilidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5🔥2
📣 E’LON!

❗️ Bugun "Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

🔹 Anjumanda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 17-fevral, soat 11:00 da.
📍 Joy: Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti joylashgan binosi (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra, 33-uy).

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1
#adliya_statistika

💍 2026-yilning yanvar oyida qayd etilgan nikohlar

📊 Qayd etilgan nikohlar:
🤵🏻👰🏻Respublika bo‘yicha 15 399 ta nikohlar qayd etilgan
O‘rtacha nikoh yoshi 24 yosh

👨🏻‍💻 Onlayn xizmatlar:
📄 Nikohlanuvchilardan onlayn tarzda 4 343 ta arizalar qabul qilindi.

📍 Hudud bo‘yicha eng ko‘p nikoh:
📍Qashqadaryo 2 065 ta
📍Samarqand 1 715 ta
📍Surxondaryo 1 590 ta

📍 Hudud bo‘yicha eng kam nikoh:
📍Jizzax 455 ta
📍Sirdaryo 286 ta
📍Navoiy 281 ta

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5🔥2👏2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍4🔥4
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
🗣Ayni damda "Kontrafaktsiz oy" oyligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍85🔥5
#Adliya_xabari

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

Bugun, 17-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Adliya vazirligi masʼul xodimlari bilan bir qatorda soha boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

📶 Anjumanda 2026-yil 15-fevraldan 15-martga qadar respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan oylik doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, oylik davomida yirik savdo majmualarida targ‘ibot ishlari olib borish, aholining kontrafakt mahsulotlardan jabrlanishining oldini olish, intellektual mulk sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklarini tushuntirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbirda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari, bojxona chegarasida intellektual mulk himoyasi va sud amaliyoti masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.


Mazkur oylik kontrafakt mahsulotlar aylanmasini qisqartirish, halol raqobat muhitini mustahkamlash hamda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥3