#Adliya_xabari
Yashnobod tumanida joylashgan umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy va intellektual tanlovlar bo‘yicha Adliya vaziri kubogiga start berildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 244-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✅ Bundan tashqari, yoshlar ongida qonunga hurmat, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbati, “Zukko kitobxon” tanlovi hamda “Huquqiy diktant” loyihasi tashkil etildi.
✅ Loyihalarda Toshkent davlat yuridik universitetning 15 nafar xodim va iqtidorli talabalari, shuningdek, 180 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi.
✅ Yakunda eng faol va bilimdon o‘quvchilar Adliya vaziri Akbar Tashkulov tomonidan taqdirlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yashnobod tumanida joylashgan umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy va intellektual tanlovlar bo‘yicha Adliya vaziri kubogiga start berildi
Tadbir doirasida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, yoshlarning intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Zakovat”, “Zakovat Brain” va “Qomus” kabi intellektual o‘yinlar tashkil etildi.
Shuningdek, “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” shiori ostida “Street Law” huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, o‘quvchilarga huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1
#Adliya_loyiha
❗️ Shartnomaviy munosabatlarda kuchsiz tomonning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
📣 Adliya vazirligi tomonidan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda kuchsiz tomonning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
🖋 Natijada ikkinchi tomon (iste’molchi) shartnomada keltirilgan shartlarning o‘zi uchun noqulay va adolatsiz ekanligini bila turib, o‘zgartira olmasdan, o‘z manfaatlariga zid shartlarga ko‘nishga majbur bo‘lmoqda.
📌 Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:
➖shartnomalarda ikkinchi tomon uchun ochiqdan ochiq og‘ir va adolatsiz shartlarni belgilashga yo‘l qo‘ymaslik;
➖tomonlarning huquq va majburiyatlari o‘rtasida jiddiy nomutanosiblik keltirib chiqaruvchi shartlar qo‘yishni taqiqlash;
➖shartnoma matnida uni tushunishni qiyinlashtiradigan murakkab atamalardan foydalanishni cheklash;
➖shartnomalarda kelgusida nizo kelib chiqsa, bir tomonning manfaatlariga xizmat qiluvchi, ya’ni uning javobgarligini istisno etuvchi shartlarni belgilamaslik.
⌛ Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
👉Muhokama bu yerda: https://regulation.adliya.uz
❗️ Ushbu loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni kutib qolamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Masalan, ulush kiritish asosida uy-joy qurilish shartnomalarida quruvchi tomonidan uy-joyni topshirish muddatini asossiz ravishda kechiktirib shartnomani o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun quruvchiga nisbatan hech qanday javobgarlik choralari belgilanmasligi mumkin. Yoki, tijorat banklari bilan tuziladigan kredit shartnomalarida kredit mablag‘larining muayyan qismini asossiz ravishda qarzdorning bank hisobvaraqasida doimiy saqlab turish kabi shartlar belgilanishi mumkin.
Mazkur qonun loyihasi shartnomaviy munosabatlarda iste’molchi huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shartnomada tomonlar o‘rtasidagi adolatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
➖shartnomalarda ikkinchi tomon uchun ochiqdan ochiq og‘ir va adolatsiz shartlarni belgilashga yo‘l qo‘ymaslik;
➖tomonlarning huquq va majburiyatlari o‘rtasida jiddiy nomutanosiblik keltirib chiqaruvchi shartlar qo‘yishni taqiqlash;
➖shartnoma matnida uni tushunishni qiyinlashtiradigan murakkab atamalardan foydalanishni cheklash;
➖shartnomalarda kelgusida nizo kelib chiqsa, bir tomonning manfaatlariga xizmat qiluvchi, ya’ni uning javobgarligini istisno etuvchi shartlarni belgilamaslik.
Yuqoridagi talablarga rioya etmaslik huquqlari buzilgan tomonning talabiga ko‘ra sud tartibida mazkur shartnomani yoki uning bir qismini haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lishi taklif qilinmoqda.
👉Muhokama bu yerda: https://regulation.adliya.uz
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4🔥1
#Adliya_xabari
✅ Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.
🔸Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
🔹Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Tizimda har bir boshqaruv xodimi kesimida KPI ko‘rsatkichi belgilanganligi hamda quyi tuzilmalarga tushgan holda vazifa va funksiyalar bajarilishi bo‘yicha amaliy ishlar qilinganligi sababli bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etildi. Xususan:
▪️aholining 1 mlndan ortiq muammosi hal etildi;
▪️qonunchilik hujjati loyihalari huquqiy ekspertiza muddati 7 kunni tashkil etdi;
▪️ko'rsatiladigan davlat xizmatlari turi 517 taga yoki o'tgan yilga nisbatan 108 taga ko'p joriy etildi;
▪️davlat xizmatini ko‘rsatish o‘rtacha vaqti 6 daqiqaga kamayib, 4 daqiqa bo‘ldi;
▪️huquqiy targ'ibot tadbirlari 1,5 barobarga oshib, 1 mln tani tashkil etdi;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida 415 ta hujjat namunasi tayyorlab berilib, ular asosida 10,3 mln.dan ortiq hujjat loyihasi yaratildi;
▪️Markazlar tomonidan kundalik kelib tushgan hujjat loyihalariga shu kunning o‘zida xulosa berilishi natijasida xulosa berish o‘rtacha vaqti 5 soatni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 soatga qisqardi;
▪️onlayn notarial harakatlar 4 baravarga oshib, salkam 300 ming tani tashkil etdi;
▪️3 709 ta yoki 183 foizga ko'p intellektual mulk obyekti huquqiy himoya qilindi.
🔹Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4
#Adliya_xabari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida prokuratura organlari tergov tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan barcha tezkor xodimlari, Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, respublikadagi ekspertiza muassasalari rahbarlari hamda ekspert mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida mutaxassislar tomonidan mazkur qarorga asosan ekspertiza tayinlaydigan organlar va ekspertiza muassasalari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlar almashish tartibi tinglovchilarga tushuntirildi.
Shuningdek, sud-ekspertiza muassasalari bilan elektron axborot almashishdagi hamkorlikni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida prokuratura organlari tergov tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan barcha tezkor xodimlari, Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, respublikadagi ekspertiza muassasalari rahbarlari hamda ekspert mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–270-son qarori bilan tasdiqlangan "2025–2027-yillarda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish va raqamlashtirish" dasturida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida mutaxassislar tomonidan mazkur qarorga asosan ekspertiza tayinlaydigan organlar va ekspertiza muassasalari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlar almashish tartibi tinglovchilarga tushuntirildi.
Shuningdek, sud-ekspertiza muassasalari bilan elektron axborot almashishdagi hamkorlikni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
✅ Bugun, Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida joylashgan "Tong" mahallasida Davlatimiz Rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
✅ Shu bilan birgalikda, mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Jarayonda tuman IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada jadallashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida bir qator ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, vazir "mahalla yettiligi" a'zolarining vazifa va funksiyalarini yanada optimallashtirish bo'yicha mutasaddilarning takliflarini tinglab, "yettilik" a'zolarining yanada samarali faoliyat yuritishi, ular o'rtasidagi vazifalar bir birini takrorlamasligi va o'zaro hamkorlik masalalarini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishi yuzasidan ko'rsatmalar berdi.

👍12🔥2❤1