ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud
#Huquqiy_aksiya

📣 “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva shahri, Urganch va Yangibozor tumanlarida sayyor qabullar hamda “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

✔️ Tadbirlar davomida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish borasida “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sayyor qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘chmas mulk, davlat xizmatlari ko‘rsatish, soliq imtiyozlari, sud-huquq masalalari, uy-joy, bandlik hamda moddiy yordam bilan bog'liq murojaatlar bildirilib, asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi hamda qo'shimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.


🔹 Shuningdek, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida fuqarolarga mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib taomillari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹 Bundan tashqari, “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Samarqand_viloyati

Samarqand viloyatida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4👍1
“Adolat” MHAM va UNICEF: Bola huquqlariga oid axborotni yetkazishda yangicha yondashuv

🔹Bugun, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio ishtirokida muhim hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va bolalar uchun odil sudlov tizimini xalqaro standartlar darajasida rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.

Uchrashuvda asosan bolalarga oid huquqiy axborotni yetkazishning mutlaqo yangi va zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga alohida e'tibor qaratildi.

Rexina Kastijio xonim huquqiy hujjatlarning "bola tiliga" moslashtirilgan talqinlarini yaratish borasidagi sa'y-harakatlarni yuqori baholab, bu yo‘nalishda UNICEFning metodik va amaliy yordami davom etishini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar nafaqat raqamli loyihalar, balki jamiyatda bolalar manfaatlarini himoya qilishning keng ko‘lamli masalalariga ham to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan huquqiy resurslarni boyitish, zo‘ravonlikdan himoyalanish bo‘yicha bolalarning xabardorligini oshirish va tumanlar kesimida bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar haqidagi ma'lumotlarni ochiqlash strategik vazifa sifatida belgilandi.


🔹Tadbir yakunida “Adolat” MHAM va UNICEF o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, kelgusida qo‘shma "Yo‘l xaritasi" asosida tizimli ishlarni davom ettirish va belgilangan barcha texnik hamda ijtimoiy tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🔹Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda bolalar huquqlarini ta'minlash borasidagi islohotlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏21😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ehtiyot bo‘ling - bir soniya bee'tiborlik katta yo‘qotishga sabab bo‘ladi

❗️Bugun firibgarlik faqat internetda emas - u qo‘ng‘iroqda, SMSda, ijtimoiy tarmoqlarda, hatto “bank xodimi” niqobi ostida ham uchraydi. Bir lahzada aytilgan kod, bosilgan havola yoki yuborilgan ma'lumot - kartangiz bo‘shab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

❗️Telegramdan notanish xabarlarga javob bermang! Bank karta ma'lumotlarini hech kimga bermang!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥3👏2
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida adliya ko'magi bilan 30 yillik mulkni rasmiylashtirishga sud tartibida huquqiy asos yaratildi

Dang'ara tumani "G'umayli" MFYda yashovchi fuqaro N.Y. ning adliya bo'limiga qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaroga tuman Shirkatlar uyushmasining 1996-yil 10-avgustdagi 217-sonli qarori bilan (30 yil avval) uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan. Kadastr organlariga qilingan bir qancha murojaatlar yer ajratish haqidagi qarorda fuqaroning ismi noto'g'ri qayd etilgani sababli besamar ketgan.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman adliya boʻlim tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga ariza kiritildi va joriy yil 4-fevral kuni sudda fuqaro foydasiga hal qiluv qaror chiqarishga erishildi.

Natijada sud orqali hujjatning fuqaroga tegishlilik fakti belgilandi va mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun huquqiy asos yaratildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏21
#Adliya_xabari

10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi

Bugun, 5-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni hamda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tanlov o‘tkazildi.
Malaka imtihoni va tanlov ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihoni va tanlovda talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Malaka imtihoni va tanlov suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihoni hamda tanlovda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 25 nafar talabgorga ushbu malaka imtihoni va tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berildi.


Malaka imtihoni va tanlov natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Axmadjonov Sardorbek Odiljonovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
Raxmanov Shermat Pirmatovich;

Namangan viloyatidan:
Mavlonov Akmaljon Akbaraliyevich;

Samarqand viloyatidan:
Mamasoliyev Maxsud Xakimzoda o‘g‘li;

Sirdaryo viloyatidan:
Eshkuziyev Akbar Dabulbay o‘g‘li;

Toshkent viloyatidan:
Sotivoldiyeva Gulnoza Nigmatulla qizi;

Toshkent shahridan:
Nurmuxamedov Dostonbek Rustam o‘g‘li;
Fozilov Sanjar Abduqodirovich;

Farg'ona viloyatidan:
Ziyayev Sherzod Jurayevich;

Xorazm viloyatidan:
Annamuratova Kumush Raximbayevna.


Mazkur malaka imtihoni va tanlov jarayonlari Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni va tanlov jarayoni yozib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Mehnat yarmarkasi tashkil qilindi
#5feb

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
3👍2🔥1
#Ochiq_adliya

🗣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

🗣Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=nFrPLYTYYZ8

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1