ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
#Adliya_tabrik

TABRIKNOMA

🗓Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil etilganligining 6 yilligi munosabati bilan Palata rahbariyati hamda butun notarial hamjamiyatni yuksak hurmat va eʼtirof bilan samimiy muborakbod etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi notariat institutini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga, huquqiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, notariuslarning kasbiy salohiyati va masʼuliyatini mustahkamlashga, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.


Notarial palataning Adliya vazirligi bilan uzviy hamkorlikdagi faoliyati mamlakatimizda huquqiy islohotlarni izchil amalga oshirish, notarial faoliyatni raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Notarial palata jamoasiga mustahkam sogʻlik, yuksak masʼuliyat va fidoyilik talab etiladigan sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, kelgusida esa yanada yuksak marralar va yangi zafarlar tilaymiz.


🟡Notarial palataning ezgu va masʼuliyatli faoliyati bundan buyon ham mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqiy davlat barpo etishga munosib hissa qo'shishiga ishonch bildiramiz.

Hurmat bilan,
O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi jamoasi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥85👍5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32👍2🎉1
#Hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kudratov Inomjon Sattarkulovich hamda uning oila a’zolari va yaqinlariga onasi Kifoyatxon Qudratovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
😢24🙏53
#Adliya_xabari

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari qizgʻin davom etmoqda.

🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🔵Shunga koʻra, Bekobod shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari sifatini oshirish va yanada jadallashtirish maqsadida Toshkent viloyati adliya organlarining bir qator xodimlari kunlik amaliy yordam uchun jalb etildi.

Kun davomida mahallalarda tashkil etilgan uchastkalarda, yirik korxonalarda, davlat xizmatlari markazlarida va boshqa tashkilotlarda roʻyxatga olish ishlari samarali tashkil etildi. Fuqarolarni ONE ID tizimidan roʻyxatdan oʻtishlariga koʻmaklashildi va shaxsiy hujjatlari bilan bogʻliq huquqiy muammolar hal etilishida amaliy yordam koʻrsatildi.


🔵Shu bilan birga mahallarda ishlarni samarali tashkil etish, roʻyxatga olish jarayonida shaxsga oid ma'lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilish yuzasidan ishchi guruh tomonidan mas'ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

🔵Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brendingizni_himoya_qiling!

Ko‘pchilik tadbirkorlar biznesni brenddan boshlaydi: nom, logotip, reklama… Lekin eng muhim qadamni unutadi —brendni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni.

Natijada nima bo‘ladi⁉️

— kimdir brendingiz nomini olib qo‘yadi,
— kimdir uni bemalol soxtalashtiradi,
— kimdir esa sizning mehnatingiz hisobidan pul ishlaydi.

Siz-chi? O‘z brendingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdingizmi

👉 Ushbu savolga videoni ko'rish orqali javob olasiz‼️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥86👍5🙏3👏2🎉1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun, Adliya vazirligida vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarning ijro intizomiga mas'ul rahbarlar va xodimlar ishtirokida davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini ta’minlash, Prezident va Hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi rahbari hujjatlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosining 2025-yildagi holati tahlil qilinib, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, ijro intizomini kuchaytirish borasida so‘nggi yillarda qator tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, “Ijro.gov.uz” axborot tizimida sun’iy intellekt asosida topshiriqlarning takroriyligini aniqlash, ijro muddati yaqinlashayotgan topshiriqlar bo‘yicha rahbarlarni avtomatik xabardor qilish mexanizmlari joriy etildi. Mazkur tizim davlat organlarining 13 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, nazorat jarayonlarining ochiqligi va tezkorligini ta’minlamoqda.

Shuningdek, Hisob palatasi bilan hamkorlikda hududlarda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar tashkil etilib, joylarda topshiriqlar ijrosi o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada minglab topshiriqlar ijrosi joyiga chiqqan holda monitoring qilinib, ularning sezilarli qismi belgilangan muddatlarda bajarilishi ta’minlandi.


🔹Tadbir yakunida ijro intizomini yanada mustahkamlash, nazorat va hisobdorlik mexanizmlariga qat’iy rioya etish, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritish orqali topshiriqlarni yopish holatlariga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahalla_huquqshunosi
#Namangan_viloyati

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mahalla huquqshunosi loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.


Bugungi manzil: Chortoq tumani, “Obod diyor” mahallasi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3