ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#matbuot_anjumani

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: qonun ustuvorligi va raqamli davlat boshqaruvi muhokamada

🔹Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹 Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini bugungi real sharoit, yangi ustuvor vazifalar va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurligi alohida qayd etilgan.

🔹 Matbuot anjumanida strategiya loyihasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilanganligi ma’lum qilindi.

📌 Xususan:
▪️davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shaklda ko‘rsatish sonini kamida 400 taga yetkazish;
▪️100 dan ortiq davlat xizmatlari muddatlarini 50 foizga qisqartirish;
▪️500 ga yaqin xizmatlar tartib-taomillarini soddalashtirish;
▪️110 dan ortiq hujjat va ma’lumotlarni talab qilishni to‘liq bekor qilish;
▪️mahalliy hokimiyatlarda “byurokratiya – nol” tamoyilini to‘liq joriy etish rejalashtirilgan.


🔸Matbuot anjumani yakunida mas’ullar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berib, takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi xalqchil, ochiq va aniq natijalarga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lishini ta’kidladilar.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3
#Maʼnaviyat_karvoni

“Ma’naviyat karvoni” doirasida Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib etilmoqda

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toshkent viloyati, Bostonliq tumani, “Uyenkulsoy” mahallasida “Ma’naviyat karvoni” doirasida muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi mas’ullari, Bo’stonliq tumani hokimi hamda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

🔹Uchrashuvda davlat rahbarining Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirishga qaratilgan vazifalar batafsil tushuntirildi.

🔸Shuningdek, muloqot davomida fuqarolar bilan ochiq suhbat olib borilib, ularning taklif va tashabbuslari hamda turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫“Davlat xizmatlari – sifat, tezkorlik va qulaylik.”


Nukus shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazining faoliyati misolida

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
“Bulung‘ur kulchatoyi”, “Bulung‘ur kartoshkasi” hamda “Bulung‘ur pomidori” mahsulotlarini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

🔹Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas'ullaridan iborat sayyor ishchi guruh Samarqand viloyatida bo'ldi.

🔸Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Bulung‘ur tumani hududiga xos bo‘lgan ushbu mahsulotlarning tarixiy shakllanishi, mahalliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqligi, ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, mahsulotlarning hudud bilan chambarchas aloqadorligini chuqur o‘rganishdan iborat.


🔹Sayyor ishchi guruh tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilib, “Bulung‘ur kulchatoyi”, “Bulung‘ur kartoshkasi” va “Bulung‘ur pomidori” mahsulotlarini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔸Ushbu mahsulotlarning huquqiy muhofazaga olinishi hudud brendini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish hamda ularning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan biriktirilgan masʼullar tomonidan oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

Shunga koʻra, adliya vaziri oʻrinbosari M.Allakuliyev Bekobod shahrida boʻlib, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlari, shtab faoliyati hamda mahallalardagi holat bilan tanishdi.

Shahar hokimligida shahar mutasaddi rahbarlari ishtirokida yigʻilish tashkil qilinib, tadbirni sifatli tashkil etish yuzasidan masʼul xodimlarga amaliy tavsiyalar va tegishli koʻrsatmalar berdi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari mahallalarda ham boʻlib, Farmon ijrosi, roʻyxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahalla yettiligi aʼzolari va faollar bilan suhbatlashib muammolarni oʻrgandi.

Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, Qarshi shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

🔹 Safar davomida Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilayotgan qulayliklar, xizmatlardan foydalanish jarayonlari va ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Shuningdek, tizim xodimlarining mehnat sharoitlari, mavjud muammolar hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan takliflar o‘rganildi. Markazda joriy etilgan zamonaviy qulayliklar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🔹 Tizim mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirishga doir muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4