ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#E'tirof_2025

“Yuksalish” harakati tomonidan davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati 2025-yil davomida tizimli ravishda monitoring qilindi.

Ushbu monitoring jarayonida jamoatchilik kengashlarining ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtiroki baholandi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, uning 2025-yil davomidagi faoliyati samarali deb topildi. Kengash tomonidan jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda sud-sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar ijobiy baholandi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7🔥4👍3🎉2👏1
📢 Diqqat!

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi uchun yaratilgan Regulation.adliya.uz portaliga joylashtirilgan loyihalar bilan jamoatchilikning tezkor va qulay tarzda tanishishi maqsadida maxsus Telegram kanali ishga tushirildi.

📄 Ushbu kanal orqali foydalanuvchilar qonunchilik hujjatlari loyihalari bilan bevosita tanishish, ularni muhokama qilish va o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📲 Kanalga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin:
👉 https://t.me/RegulationAdliyaUZ

‼️ Kanalga a’zo bo‘lishni, shuningdek, uni boshqalarga ham tavsiya qilishni unutmang. Bu qonunchilik jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Tadbirkorning manfaati sudda himoya qilinib, 125 million so'mdan ortiq pul mablag'i undirib beriladigan bo'ldi.

Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍2
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi (Zero Licensing) yangi huquqiy institut sifatida Qonunga kiritiladi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, arxiv sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

📣 Mazkur qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
1) “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimini “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritish;
2) 11 ta qonunga davlat organining xodimi tijorat tashkilotlarining ta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo‘lishga haqli emasligi to‘g‘risida qo‘shimchalar kiritish;
3) Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va “O‘zarxiv” agentligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash;
4) otaning ismini bolaga familiya sifatida berish.


Ushbu qonun loyihasi:
🔹tadbirkorlik faoliyatini boshlash jarayonlarini yengillashtiradi, yangi biznes tashabbuslarini rag‘batlantiradi;
🔹arxivning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishiga hamda sohada zamonaviy boshqaruv tizimi shakllanishiga xizmat qiladi;
🔹davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish jarayonlaridagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🎉2🙏1
#adliya_aralashgach

Hamshiraning 155 kunlik ta'til pullari to'lab berildi

📍Qarshi tumani “Lagandi” MFYda yashovchi fuqaro M. Uzoqovaning foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmagani yuzasidan qilgan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa-da, unga 155 kunlik foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun 15,3 mln so‘m kompensatsiya to‘lab berilmagan.

📌 Holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq sudga da’vo arizasi kiritildi.

⚖️ Fuqarolarning mehnat huquqlari adliya organlari nazoratga olinib, fuqaroning 15,3 mln so‘m kompensatsiya pullari to‘lab berildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍1🙏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni yuzasidan biriktirilgan mas’ullar idoralar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹Shunga ko'ra, Adliya vazirligining ishchi guruhi Bekobod shahrida bo'lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda mahallalardagi ishlar bilan tanishdi.

🔺O‘rganish davomida ishchi guruh tomonidan Bekobod shahar hokimligi mutaxassislari bilan birgalikda aholini ro'yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko'rsatmalar berildi.

🔹Shu bilan birga "Bekobodsement" korxonasi rahbar xodimlari uchun seminar o'quv mashg'uloti tadbiri tashkil etildi.

❗️2025-yilning 15-yanvaridan boshlab mamlakatimizda aholini va qishloq xòjaligini ròyxatga olish boshlanadi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Qadrli Vatan himoyachilari!

Sizlarni Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍18🔥115👏2🎉2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Xususiy tartibda faoliyat yurituvchi psixologlarga malaka sertifikati berish tartibi tasdiqlandi!

Malaka sertifikati olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

🏢 Malaka sertifikati psixologlarning jamoat birlashmalari tomonidan beriladi.

💴 Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Malaka sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.

❗️Unutmang, psixologik yordam ko'rsatish tartibini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Sirdaryoda 2025-yil davomida 507 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2🔥2
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Murojaatchiga foydalanilmagan mehnat ta’tillari va ishdan bo‘shatish nafaqasi to’lab berildi.

Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman pedagogika kolleji o‘qituvchisi M.Sning kollej faoliyatini yakunlaganligi sababli, shtat qisqarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi ogohlantirish berilgan holda bekor qilingan qilingan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️Farg'onada adliya organlarining amaliy yordami bilan 1964-yilda tug'ilgan fuqaro ilk marotaba fuqarolik pasportini oladigan bo'ldi.

Oltiariq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganilib, uni doimiy yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha fuqarolik sudiga da'vo arizasi kiritildi hamda ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.

Fuqaro: "... pasportim yo'q edi. Adliyadagilarga hammasiga rahmat deyman. Hamma yo'g'imni qilib berishyabti. Ko'nglimdagidek bo'ldi.."

Batafsil videolavhada👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍3👏2
#matbuot_anjumani

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: qonun ustuvorligi va raqamli davlat boshqaruvi muhokamada

🔹Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹 Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini bugungi real sharoit, yangi ustuvor vazifalar va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurligi alohida qayd etilgan.

🔹 Matbuot anjumanida strategiya loyihasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilanganligi ma’lum qilindi.

📌 Xususan:
▪️davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shaklda ko‘rsatish sonini kamida 400 taga yetkazish;
▪️100 dan ortiq davlat xizmatlari muddatlarini 50 foizga qisqartirish;
▪️500 ga yaqin xizmatlar tartib-taomillarini soddalashtirish;
▪️110 dan ortiq hujjat va ma’lumotlarni talab qilishni to‘liq bekor qilish;
▪️mahalliy hokimiyatlarda “byurokratiya – nol” tamoyilini to‘liq joriy etish rejalashtirilgan.


🔸Matbuot anjumani yakunida mas’ullar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berib, takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi xalqchil, ochiq va aniq natijalarga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lishini ta’kidladilar.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3