ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida

🔺Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.


🌐 Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

💬Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Роддомда" алмашиб қолган эгизаклар

“Роддом”да чақалоқлар бизнеси борлиги ростми? Мурдалар гапиришидан тортиб жиноятларни очишдаги машаққат. Эксперт лойиҳасида батафсил.

Батафсил 👉https://youtu.be/GnExlOoBcXk?si=WtxLtjfehStYb93Z

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍63🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent telekanalining "Siz nima deysiz?" ko'rsatuvi

Ekspert
:
Dilmurod YO'LCHIBOYEV
Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Milliy” telekanalining “Gapirmasak boʼlmaydi” koʼrsatuvi

Ekspert:
Abbosxon A'ZAMXONOV
Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi


📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍73👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Endi nikoh shartnomasini masofaviy tasdiqlatish mumkin

⚡️ Yangi tartibga muvofiq, arizalarni
My.gov.uz portali yoki E-notarius.uz tizimi orqali masofaviy topshirish imkoniyati yaratildi.

Batafsil videoda ⤴️


📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👍1👏1
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 7 nafar murojaatchining muammosiga ijobiy yechim topildi


Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi 7 nafar xodimning 2025-yilning 12 oyi davomida ichki o'rindoshlik asosida ishlagan stavkasiga qo'shimcha ustama haqi to'lanmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaatlari o'rganib chiqildi.

Natijada, tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilib, 7 nafar xodimlarga 2025-yil davomida to'lanmay qolgan jami 53 011 448 so'm ustama haqlari to'liq to'lib berilib, bundan keyin to'lab borilishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Xodimga 39 mln so'mdan ziyod ustama pullari to'lab berildi

Qo'shtepa tuman adliya bo'limi tomonidan ustama to'lovlarini to'lanmaganidan norozi bo'lgan xodim K.O.ning murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Qo'shtepa tuman maktabgacha va maktab taʻlimi bo'limida AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo'yicha metodist lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan K.O. ga 2024-yil may oyidan boshlab to'lanishi lozim bo'lgan ustama puli to'lanmay kelingan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5349-sonli farmoni 7-bo'limi g-bandida “Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas'ul bo'lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan boʻlsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi” deb ko'rsatilgan.


Yuqoridagi holatlarni inobatga olinib, adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan K.O. ga jami 39.431.999 soʻm ustam to'lovlari to'lab berilib, xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏3🔥2
#Adliya_xabari
#Andijon_viloyati

📍 Andijonda adliya bo'limining ko'magi bilan fuqaroning 42 yillik muammosi ijobiy hal qilindi.

Ulug'nor tumanining Fazogir mahallasida yashovchi fuqaro K.U. fuqarolik masalasida huquqiy manzil izlab, tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan.

Murojaatni o'rganish davomida, fuqaro 1992-yilda o'rta maktabni tugatgach chekka hududda yashaganligi va e'tiborsizligi sababli O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportini olish masalasi qolib ketganligi aniqlangan.

Masala yuzasidan, Ulug'nor tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro K.U.ning manfaatini ko‘zlab, O‘zbekiston hududida 1984-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo'ston tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilgan.

📄 Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, fuqaroga 1984-yildan beri O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganligi rasman tasdiqlanib, tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (ID kartasi) topshirildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5👏4🎉3🔥1
#Adliya_xabari

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son farmoniga asosan, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashi belgilangan.


Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasida viloyat statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

▫️Unda viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🔰 Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi vakili tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati, bosqichlari va metodologiyasi, shuningdek, ma’lumotlarning ishonchliligi va maxfiyligini ta’minlash masalalari, ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar haqida amaliy misollar bilan taqdimot asosida atroflicha ma’lumotlar berildi.

✔️ Seminarda ishtirokchilar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tegishli axborot portalida ishlash yuzasidan zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

🟢 Tadbirning ikkinchi qismida adliya xodimlariga takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi taqdimot namoyish etildi.

📌 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqilib, ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilganligi, jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.

⚖️ Shuningdek, tadbirda O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda "Kelajak uchun" forumida "Sud-huquq tizimini zamonaviy qarashlar asosida rivojlantirish" yo'nalishi doirasida sifatli tashabbuslar bilan ishtirok etish bo'yicha ma'lumotlar berildi.

❗️Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3
#Adliya_aralashgach

Ish o‘rinlari saqlab qolinishi natijasida fuqarolar bandligi qayta ta'minlandi

Surxondaro viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani "Yangiqishloq" mahallasida yashovchi fuqaro Y.Elmurodov va boshqalarning ish o‘rinlari qisqarishi natijasida ishsiz qolganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida, fuqaro Y.Elmurodov va boshqalar 2009-yildan buyon Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli politexnikumda avtomobil boshqarish ta’lim ustasi lavozimida ishlab kelganligi, biroq ish beruvchi tomonidan ish o‘rinlari qisqarayotganligi haqidagi asossiz ogohlantirish xatlari berilganligi aniqlandi.

Qayd etilganlarga ko‘ra, adliya boshqarmasining qonuniy aralashuviga bilan, asossiz ish o‘rinlari qisqarishining oldi olinib, 2026-yil 1-yanvardan 9 ta shtat birligidagi “Avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustasi” lavozimi saqlanib qolindi. Natijada fuqaro Y.Elmurodov va boshqalarning bandligi qayta ta'minlandi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥43👍3