ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan ish beruvchi aybi bilan bekor turib qolgan davr uchun xodimga 30 925 125 so‘m ish haqi to'lab beriladigan bo'ldi.

Samarqand viloyati, Nurobod tuman adliya bo‘limiga xotin-qizlar faoli G.N. murojaat qilib, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan bo‘lsa-da, ish beruvchi tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi ish joyi qisqartirilgani bahona qilib uning mehnat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilayotgani va ish haqi to‘lanmayotganini bildirgan.

O‘rganish davomida G.N. 2024-yil 29-aprelda ishga qabul qilingani, biroq ish beruvchi aybi bilan 2025-yil 8-maydan 2025-yil avgustgacha ishlay olmagani hamda ushbu davr uchun o'rtacha ish haqi to‘lanmagani aniqlandi.

Shundan so‘ng adliya bo‘limi Mehnat kodeksining 265–266-moddalariga zid bu holat yuzasidan sudga da’vo kiritdi va Pastdarg‘om tuman sudining 11-noyabrdagi qaroriga asosan G.N. foydasiga 30 925 125 so‘m ish haqi va 8 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍53🔥1👏1
Forwarded from Poytaxt_adliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Nikoh shartnomasi—ishonchsizlik emas.

✍️ Bu oila farovonligining huquqiy kafolatidir!


📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍642🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏 Oramizdagi kichik odamlarning katta mehnati

♻️ Inson qadri, uning sha'ni va qadr-qimmatini ulug'lash o'zbek xalqi uchun xos tushunchalar. Azaldan yoshi ulug'larni hurmat qilish, kichiklarni izzatlash tarbiyamizga singdirilgan. Shunday ekan, turmush tarzimizda, hayotimiz va faoliyatimizda duch keladigan insonlarning mehnatini qadrlash, ularga yaxshi muomalada bo'lish, qalbiga ezgulik ulashishimiz, xayrli amallarga yo'l ochishimiz mumkinligini unutmaylik.

❤️ Adliya tizimi katta oila. Unda har bir insonning mehnati va xizmati yuksak darajada e'tirof etiladi. Shu sabab ham tizimda insoniylik, adolat, hamjihatlik kabi tushunchalar qadriyatlar sifatida shakllanib ulgurgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏72👍1
📢 E’LON

📣Adliya vazirligi tomonidan san’at va ijod sohasi vakillari ishtirokida “Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda mualliflik huquqlarini ta’minlash, amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va yechimlar muhokama qilinadi.

🎨 Ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, ijodkorlar, san’at va madaniyat sohasi hamda jamoatchilik vakillarini ishtirok etishga taklif qilamiz.

📅 18-dekabr
🕝 Soat 14:30
📍 Turkiston san’at saroyi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍21👏1
Boshqaruv sifati indikatorlarida O‘zbekistonga berilgan baho mamlakatning xalqaro hamjamiyatda ijobiy imijini mustahkamlamoqda

🔹Jahon banki tomonidan tuziluvchi Boshqaruv sifati indikatorlarining 2024-yil yakunlari bo‘yicha yangilangan hisoboti e’lon qilindi. Reytingda dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari 6 ta indikator bo‘yicha baholanadi.

🔸Hisobot natijalariga ko‘ra, 2024-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston 6 ta indikatorlarning 4 tasi bo‘yicha ijobiy o‘sishni qayd etdi, 1 ta indikator bo‘yicha minimal pasayish, yana 1 ta yo‘nalishda esa natijalar o‘zgarishsiz qoldi.

▪️Xususan, Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizmning mavjud emasligi indikatori bo‘yicha O‘zbekistonning natijasi 2023-yilga nisbatan 0,22 ballga yaxshilanib, 22 pog‘ona;
▪️Hukumat samaradorligi indikatori bo‘yicha 15 pog‘ona;
▪️Tartibga solish sifati indikatori bo‘yicha 5 pog‘ona ko‘tarildi.
▪️Huquq ustuvorligi indikatori bo‘yicha O‘zbekistonning o‘rni o‘tgan yilgi darajasida saqlanib qoldi.


Mazkur hisobot O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek, samarali va xavfsiz davlat boshqaruvini shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning natijadorligini ko‘rsatmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Hukumat qarori qabul qilinib, qonunchilikdagi tadbirkorlik faoliyatiga oid 1600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilindi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining sun’iy intellekt suxandoni ushbu o‘zgarishlarning mohiyati, ularning amaliyotda qo‘llanilishi hamda biznes yuritishda berilayotgan yangi imkoniyatlar haqida sodda va tushunarli tilda tushuntirish beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_xizmatlari

🎄Boʻstonliq tuman Adliya bo'limi, FHDY va Davlat xizmatlari markazida Yangi yil shukuhi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥4👏42🎉1
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqarolarga 216 674 636 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

🔺G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlanishicha, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelgan xodimlarga ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda belgilangan tartibda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan.

🔹Xususan, G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shtatlar qisqarganligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lib, 70 nafar xodimlarning ish staji inobatga olinmasdan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmagan.

Qonun buzilishi holatlari yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Taqdimnoma kiritilib, fuqarolarga 216 674 636 so‘m pul mablag‘lari mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda to‘lab berilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz?

🔵Ushbu savolga dunyodagi eng nufuzli “Top 2% olimlar” ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbek olimasi, “Shuhrat” medali va “Kelajak merosi” mukofoti sohibasi, professor Dilfuza Egamberdiyeva javob berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44🔥2👏2🎉1🙏1
#ELON 🗣

⚙️Ayni vaqtda e-qaror.gov.uz axborot tizimida texnik sabablar tufayli vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda. Shu bois tizimdan foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin:

— tizimga kirishda sekinlashuvlar;
— hujjatlarni yuklash yoki imzolashda kechikishlar;
— ayrim funksiyalarning vaqtincha ishlamasligi.

Mazkur nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ishlar olib borilmoqda. Muammo to‘liq hal etilgach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🙏3
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Fuqaroga nisbatan qayta hisoblangan 23 million so'm asossiz chegirma bekor qilindi

Uchko'prik tumani adliya bo'limiga budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman bo'limi tomonidan unga nisbatan tayinlangan pensiya qayta o'rganilib, asossiz ravishda 23 million miqdorda chegirma qo'yilganligi yuzasidan fuqaro M.A. huquqiy yordam so'rab murojaat qilgan.

Adliya bo'limi tomonidan fuqaroning murojaatini o'rganish natijasiga ko'ra, pensiya bo'limining 39-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish uchun Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudiga da'vo ariza kiritilgan.

Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudining 2025-yil 19-noyabr kungi hal qiluv qarori bilan pensiya bo'limining 39-sonli qarori haqiqiy emas deb topildi hamda M.A. ga nisbatan hisoblangan chegirma bekor qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥52👍2👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Yuridik tusdagi hujjat loyihalari eksterritoriallik tamoyili asosida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori bilan Respublikaning barcha hududlarida yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati yo'lga qo'yilgan.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan hozirgi kunda, Farg‘ona viloyatida tuman va shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik tusdagi hujjat loyihalari eksterritoriallik tamoyili asosida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi holatlarini oldini olish hamda ish yuklamalarini birxillashtirishdan iborat.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥6👍4👏2
#xalqaro_hamkorlik

“Zero Bueraucracy | Byurokratiyasiz davlat” dasturi doirasida BAA-O‘zbekiston hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

🔸O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov delegatsiya aʼzolari bilan birgalikda BAAning Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining Xizmatlarni rivojlantirish va “Zero Bureaucracy” bo‘yicha ijro direktori Hesham Amiri, Energiya va infrastruktura vazirligi va Sog‘liqni saqlash xizmati hamda “Hukumat akseleratorlari” jamoasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashildi.

🔹Uchrashuvlarda davlat boshqaruvida byurokratiyani tugatish, raqamli boshqaruvni rivojlantirish, jarayonlarni tezlashtirish hamda energiya, infrastruktura va sog‘liqni saqlash sohalarida byurokratiyani qisqartirishda erishilgan ijobiy yutuqlari muhokama qilindi.

🔸Shuningdek, BAAning byurokratik talablarni bekor qilish yuzasidan ishlab chiqilgan har bir takliflar amaliyotga tadbiq etilgach uni baholashdan o‘tkazilishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida xizmatlardan foydalanuvchilarning fikrini o‘rganish platformasi yaratilganligi natijasida majburiy talablari soni keskin kamaygani va tadbirkorlik muhiti bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘ringa chiqqanligi e’tirof etildi.

🎯 Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar va tadbirkorlar uchun tez, shaffof va ishonchli adliya xizmatlarini ta’minlash.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
107🔥5👍3