ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida Daniya Qirolligining ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i E.Maxkamov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Daniya Raqamli hukumat markazida Daniya Raqamli hukumat vazirligi, Raqamli hukumat agentligi, Daniya hukumati IT-xizmatlari agentligi, Daniya savdo palatasi, Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Daniya Davlat arxivi va Daniya Ma’lumotlarni himoya qilish agentligining rahbariyati va mas'ul shaxslari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, davlat xizmatlari va boshqa xizmatlarni autsorsing asosida xususiy sektorga o‘tkazish, ma’lumotlar va hujjatlarni raqamlashtirish, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralari borasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Daniyaning davlat, biznes va ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlik asosida yangi raqamli yechimlarni yaratish, biznes faoliyatini boshlashda raqamli mahsulotlarni amaliyotga samarali tatbiq etishdagi muhim tajribasi alohida e’tirof etildi.

Ushbu xizmat safari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Adliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥84👍1
#Adliya_xabari

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Bugun “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Adliya vazirligida vazirlik markaziy apparati va vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi 120 nafardan ortiq xodimlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi N.Masharipova tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatchilarining manfaatlar to‘qnashuvi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi masalalariga yuzasidan taqdimot qilinib, ishtirokchilar bilan savol-javob tarzida ma’ruza qilindi.


Ishtirokchilarga korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilib, jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan shaxsning oila a’zolaridan uzilib qolganligi va farzandlarining qiynalishi aks etgan videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, mas'ullar tomonidan vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichki idoraviy hujjatlar talablariga rioya qilinish holati, vazirlik huzuridagi muassasalarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida belgilangan talablar to'g'risida ma’ruza qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍87🔥3👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
https://t.me/boost/adliyangiliklari
Kanalimiz rivoji uchun ovoz berib, o’z hissangizni qo’shing.
8👍6
#davra_suhbati

Yil sarhisobi va kelgusi rejalar

🔹Adliya vazirligida “O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish: dolzarb masalalar va tavsiyalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbir adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari, Finlandiyaning O‘rta Osiyo uchun elchisi hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari ishtirokida tashkil etildi.

🔹Mazkur davra suhbatida BMT Taraqqiyot Dasturining 2025-yildagi O‘zbekistondagi loyihalari ijrosi, jumladan “Yuridik yordam” axborot tizimi yangi versiyasining ishga tushirilishi, bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yakuni va kelgusi yil uchun rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

🔸Shuningdek, tadbir davomida BMT Taraqqiyot Dasturi loyihalarining g‘olib va sovrindorlari maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🔥1