ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi interaktiv kitob va 40 seriyali multfilm loyihasi haqida ma’lumot berildi. Mazkur loyiha doirasida Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girilib, har bir modda qiziqarli qahramonlar tilidan tushuntirildi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, "Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi mas'ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Shuningdek, “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobining 1000 nusxasi kelgusida dars jarayonlarida foydalanish
uchun Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6👏21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Andijon_viloyati

❗️ Ulug'nor tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishda amaliy yordam berildi...

Batafsil videolavhada 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥2👏1🎉1
Yil sarhisobi va kelgusi rejalar

📌 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

💠 Yig'ilish davomida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Xususan, loyiha doirasida 2025-yilda quyidagi ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi:
🔹 “Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi;
🔸 kompozit, proaktiv davlat xizmatlari salmog'i oshirildi va ko'plab davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibotlari soddalashtirildi;
🔹 35 nafar davlat xizmatchilari uchun Biznes jarayonlarini qayta loyihalash bo‘yicha, 36 nafar IT mutaxassislari uchun Big Data va sun’iy intellekt bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi;
🔸 50 dan ortiq axborot xizmati xodimlari, jurnalistlar va blogerlar uchun davlat xizmatlari haqida aniq va xolis axborot tarqatish bo'yicha seminar-treninglar o'tkazildi;
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va 7 ta pilot hududdagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida 2026-yilda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
10🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Konstitutsiya farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir!


Barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligidan bayramga munosib tuhfa!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍5🔥3👏1🎉1
🇺🇿🤝🇯🇵Yaponiyada stajirovka!

Adliya vazirligi tizimi xodimlaridan iborat Institut tinglovchilari Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Tadqiqot va training instituti faoliyati bilan tanishdilar.

Malaka oshirish va amaliy stajirovka doirasida tashkil etilgan dastur davomida Yaponiya huquq tizimi, Adliya vazirligi faoliyati, fuqarolik, jinoyat va sud qonunchiligi bilan tanishildi.

Tanishuv amaliyoti davomida turli huquq sohalari, moddiy va protsessual qonunchilik asoslari boʻyicha treninglar oʻtkazildi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1712🔥4👏2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Vijdoningiz narxi qancha?


❗️9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥21
#Adliya_aralashgach
#Surxondaryo_viloyati

5 521 000 soʻm miqdorida homiladorlik va tugʻish taʼtili pullari toʻlab berildi

Surxondaryo viloyati, Uzun tumani “Yangi shahar” mahallasida yashovchi J.M ning tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlab kelib, 2025-yil 24-iyuldan tugʻruq taʼtiliga chiqqan boʻlsa-da, hozirgi kunga qadar homiladorlik va tugʻish taʼtili puli toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida, tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotining tegishli buyrugʻi bilan fuqaro J.M Mehnat Kodeksning 404-moddasi tartibida 126-kalendar kundan iborat homiladorlik va tugʻruq taʼtiliga chiqqan boʻlsa-da oʻrganish kuniga qadar jami 5 521 000 soʻm homiladorlik va tugʻish taʼtili pullari toʻlab berilmagan.

Qayd etilganlarga koʻra, Uzun tuman adliya boʻlimining taqdimnoma taʼsir chorasi asosida fuqaro J.M ga jami 5 521 000 soʻm homiladorlik va tugʻruq taʼtili pullari undirib berilib. qonunbuzilishiga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Notariuslikka talabgorlar uchun o'quv kurslarini tashkil etish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o'quv kurslarini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3721, 09.12.2025-y.).

⌛️ Nizomga ko'ra, talabgorlar o'quv kurslarida Institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 72 soat davomida o'qitiladi.

O'quv kurslari bevosita Institutda yoki masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladi.

📝 Talabgorlar yil davomida elektron yoki yozma ravishda ariza topshirishi mumkin.

▶️ O'quv kurslarida o'quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo'lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.

📁 O'quv kurslari ma'ruza, seminar hamda amaliy mashg'ulotlar shaklida o'tkazilib, davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi.

📜 O'quv kurslari bo'yicha imtihonlarni tashkil etish va o'tkazish uchun komissiya shakllantiriladi.

📑 O'quv kurslari yakunida tinglovchilar suhbat shaklida imtihon topshirib, 100 ballik tizimda baholanadi hamda kamida 56 foiz ball to'plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.

📌Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Dada, qo‘llaringiz nega qora?

Korrupsiya — nafaqat qo‘lni, balki qalbni, nomusni, oriyatni qoraytiradi.
Bu yo‘l emas — botqoqlik, yutuq emas — uyat, jazosi bor jinoyatdir.

“Vijdon” loyihasida qizaloqning iztiroblari…

❗️9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida Daniya Qirolligining ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i E.Maxkamov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Daniya Raqamli hukumat markazida Daniya Raqamli hukumat vazirligi, Raqamli hukumat agentligi, Daniya hukumati IT-xizmatlari agentligi, Daniya savdo palatasi, Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Daniya Davlat arxivi va Daniya Ma’lumotlarni himoya qilish agentligining rahbariyati va mas'ul shaxslari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, davlat xizmatlari va boshqa xizmatlarni autsorsing asosida xususiy sektorga o‘tkazish, ma’lumotlar va hujjatlarni raqamlashtirish, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralari borasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Daniyaning davlat, biznes va ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlik asosida yangi raqamli yechimlarni yaratish, biznes faoliyatini boshlashda raqamli mahsulotlarni amaliyotga samarali tatbiq etishdagi muhim tajribasi alohida e’tirof etildi.

Ushbu xizmat safari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Adliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥84👍1