ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 5-dekabr kuni Adliya vazirligida Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Tashkulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

“Konstitutsiya qabul qilingan sana biz huquqshunoslar uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, uni norasmiy kasb bayramimiz deb atash ham mumkin. Bosh qomus — xalq irodasining ifodasi, davlatimizning mustahkam huquqiy poydevori hamda adolatli jamiyatni barpo etishga xizmat qiluvchi bebaho hujjatdir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya esa xalqimizning xohish-irodasiga tayanilgan holda ishlab chiqilib, uning markazida “Inson qadri uchun” tamoyili mustahkam o‘rin egallagan”, — deya taʼkidladi adliya vaziri.


Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi. Ular adliya vaziri buyrugʻi bilan taʼsis etilgan “Adliya aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍156🔥4
#Adliya_xabari

"Adliya a'lochi"lari taqdirlandi

🔹8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar e'tirof etildi. Ular adliya vaziri buyrug‘i bilan ta'sis etilgan “Adliya a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎉Hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida rivoj va omadlar tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏27🔥96🎉6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi

Fuqarolik jamiyati haftaligi yakunlariga bag'ishlangan sessiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo viloyati bo‘limining yangi binosi, viloyatda ilk marotaba Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasini foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimi, Press-tur hamda seminar tafsilotlari haqida videolavha.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4👏1
#Adliya_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etildi.


Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinib, baholandi.

Tanlovda 2025-yilning 1-yanvardan 1-dekabrga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar koʻrib chiqildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola” nominatsiyasida — Hamid Akmalov;
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost” — Ulug'bek Choriyev.

Tanlov gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🎉7👏5🔥41👍1
Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi interaktiv kitob va 40 seriyali multfilm loyihasi haqida ma’lumot berildi. Mazkur loyiha doirasida Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girilib, har bir modda qiziqarli qahramonlar tilidan tushuntirildi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, "Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi mas'ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Shuningdek, “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobining 1000 nusxasi kelgusida dars jarayonlarida foydalanish
uchun Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6👏21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Andijon_viloyati

❗️ Ulug'nor tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishda amaliy yordam berildi...

Batafsil videolavhada 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥2👏1🎉1
Yil sarhisobi va kelgusi rejalar

📌 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

💠 Yig'ilish davomida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Xususan, loyiha doirasida 2025-yilda quyidagi ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi:
🔹 “Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi;
🔸 kompozit, proaktiv davlat xizmatlari salmog'i oshirildi va ko'plab davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibotlari soddalashtirildi;
🔹 35 nafar davlat xizmatchilari uchun Biznes jarayonlarini qayta loyihalash bo‘yicha, 36 nafar IT mutaxassislari uchun Big Data va sun’iy intellekt bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi;
🔸 50 dan ortiq axborot xizmati xodimlari, jurnalistlar va blogerlar uchun davlat xizmatlari haqida aniq va xolis axborot tarqatish bo'yicha seminar-treninglar o'tkazildi;
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va 7 ta pilot hududdagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida 2026-yilda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
10🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Konstitutsiya farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir!


Barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligidan bayramga munosib tuhfa!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍5🔥3👏1🎉1