ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbiri tashkil etildi

🔹Bugun, 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining “Sayilgoh” ko‘chasida an’anaviy “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyada belgilangan asosiy qoidalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida turli interaktiv maydonchalar, xususan, tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi.

🔹Talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, fleshmoblar, harbiylarning jang san’atiga oid ko‘rgazmali chiqishlari, huquqiy ma’ruzalar va so‘z ustalari ishtirokidagi dasturlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi
#Jamoatchilik_kengashlari_forumi

✔️Fuqarolik jamiyati institutlari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔹Bugun, 5-dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF–6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosi va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini qabul qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

🔻Unda davlat organlari va 200dan ortiq NNT vakillari ishtirok etdi.

🔸Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 dan ziyod qonun, Prezident hujjatlari va Hukumatning qarorlari qabul qilindi.

🔹Suhbat davomida 2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi va uning ijrosi yuzasidan qabul qilingan Yo‘l xaritalari hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarning ijro holati, shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasiga davlat organlari hamda NNTlar tomonidan taqdim etilgan 100 ga yaqin takliflarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

🔸Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini qabul qilish yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3
“BOSS” tovar belgisi foydasiga 20 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi!

Qonunchilikka muvofiq tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplashi shart.

Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to'lashini talab qilishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, “Hugo Boss AG”(Germaniya) kompaniyasi unga tegishli bo‘lgan “Boss” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan kontrafakt kiyim-kechak mahsulotlari “D.W.” MChJ tomonidan sotuvga taklif etilganligidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun: mazkur holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan muqaddam “D.W.” MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilgan hamda huquqbuzarlik holati bo‘yicha tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.


Sudning 2025-yil 28-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasi foydasiga “D.W.” MChJdan 20 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2👏1
Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) Osiyo ishlar komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilishda 2026–2028 yillar uchun XNI Osiyo ishlar komissiyasi Prezidentini qayta saylash hamda Osiyo mintaqasidan XNI Boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga ovoz berish huquqiga ega vakilni tanlash bo‘yicha ikki muhim masala ko‘rib chiqildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, XNI Boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga Dilshod Ashurovning nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

🔹Bu qaror bilan O‘zbekiston notariati xalqaro maydondagi o‘z nufuzi va mavqeyini yana bir bor mustahkamladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
“Mamlakat platformasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 5-dekabr kuni Adliya vazirligida “Mamlakat platformasi”ning Qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha Ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston bo‘yicha “Mamlakat platformasi” donorlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning qo‘shma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan mexanizm hisoblanadi.


Tadbirda Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ), Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), BMT narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC), UNICEF, shuningdek, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Latviya elchixonalarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Adliya vazirligining Vazir kotibiyati boshlig’i A. Sarabekov tomonidan platforma doirasida so‘nggi yillarda bir qator samarali loyihalar, jumladan:

— “Tashkent Law Spring – 2025” xalqaro yuridik forumida 40 dan ortiq davlatdan 1 200 nafar ishtirokchini jamlab, huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb etish va qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgani;

— Huquq ustuvorligi bo‘yicha milliy tahlil loyihasi boshlangan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi rejalashtirilayotganligi qayd etib o’tildi.

Yig‘ilish davomida donorlar bilan 2026-yilgi hamkorlik rejasi muhokama qilindi. Ishchi guruhning maqsadi — qonun ustuvorligi, samarali davlat boshqaruvi, raqamlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda amaliy natijalarga erishishdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥1👏1