ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 27-noyabr kuni Adliya vazirligi boshchiligidagi delegatsiyaning ma’muriy tartib-taomillar va davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini takomillashtirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Yaponiyaga uyushtirilgan tashrifi doirasida Tokio shahrida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda delegatsiya a’zolari Yaponiya parlamenti a’zosi Keysuke Suzuki bilan muloqot qildilar.

🔹Uchrashuv davomida Keysuke Suzuki 2025-yilning may oyida Yaponiya adliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan davrida O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi haqida to‘xtalib, tashrif doirasida erishilgan natija va kelishuvlarni yuksak baholadi. U ikki davlat o‘rtasida shakllanib borayotgan konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

🔹Muloqot davomida tomonlar ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, qonunchilikni raqamlashtirish, davlat xizmatlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish kabi qator dolzarb yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

🔹Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi huquqiy sohadagi do‘stona hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi "Ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlar bilan ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi kartoshkaning mini-tuganaklariga oid shartnomalarni hisobga olish va yuritish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3713, 2025-yil 26-noyabr).


🔰 Mazkur Nizomga asosan har yili 1-martgacha ixtisoslashgan tumanlardan (Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq, Shahrisabz, Kitob, Qo‘rg‘ontepa, Yangiqo‘rg‘on va So‘x) kartoshka yetishtiruvchilar tanlab olinadi va “E-urug‘” axborot tizimida yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning reyestriga kiritiladi.

📝 Tanlov g‘olibi bo‘lgan kartoshka yetishtiruvchilar bilan ilmiy muassasa va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “AgroDocs” axborot tizimi orqali shartnoma tuziladi.

📑 Mazkur shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish “E-urugʻ” axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olinadi.

📙 Ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan mini-tuganaklar kartoshka yetishtiruvchilarga har yili aprel-may oylarida yetkazib beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from Rasmiy axborot
Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindarovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kartoshkaning mini-tuganaklarini yetishtirish uchun ajratiladigan transfertlarni ishlatish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Kartoshkaning mini-tuganaklarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan ajratiladigan transfert mablagʻlarini ishlatish tartibi bo‘yicha nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3714, 2025-yil 26-noyabr).

🔰 Mazkur Nizomda kartoshkaning mini-tuganaklarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Qishloq xo'jaligi vazirligiga budjetdan ajratiladigan transfertlarni ishlatish tartibi belgilangan.

💸 Prezidentning 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-269-son qaroriga ko'ra, 2026-yildan kartoshkaning mini-tuganaklarini yetishtirishni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan Qishloq xo'jaligi vazirligiga 1,5 mln AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada transfert mablag'lari ajratiladi.

⏭️ Mablag'lar Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan tasarruf etilib, faqat mini-tuganak yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bugundan boshlab nikohlanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma “qog‘oz” shaklda fuqarolardan talab qilinmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

❗️Davlat xizmatlari markazlari - fuqarolar nigohida.

Davlat xizmatlari markazlari faoliyati haqida qanday fikrdasiz?

Mazkur savol doirasida markazlarga tashrif buyurgan aholining fikrlari o‘rganilmoqda.

🔵Har bir tashrif buyuruvchiga e’tibor, hurmat va qulaylik — asosiy ustuvor vazifa.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Xorazm_viloyati

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2025-yil 1-dekabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tayinlov

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

🔸Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan Omonov Abdulxamid Abduqaxxorovich Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🔹Abdulxamid Omonov 1985-yilda Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumanida tugʻilgan. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.

U mehnat faoliyati davomida:
2008-2009-yillarda "Kuch bilim va tafakkurda" MCHJ bosh yuristkonsulti;
2009-2018-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan "Adolat" nashriyoti davlat korxonasining yuristkonsulti, yetakchi yuristkonsulti, bosh muharriri;
2018-2019-yillarda Uchtepa tuman adliya bo'limi boshlig'i;
2019-2021-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i;
2021-yil davomida Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi;
2021-2022-yillarda Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi;
2022-2023-yillardaToshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari;
2023-2024-yillarda Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari - bo'lim boshlig'i;
2024-2025-yillarda Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi boshlig'i v.b lavozimlarida ishlagan.


🔹Tayinlovga qadar (2025-yildan) Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

🔸Adliya vazirligi jamoasi Omonov Abdulxamid Abduqaxxorovichni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21👏83🔥3🎉2
#️⃣ #intellektual_mulk

🎨 Reklama sohasi uchun IP Klinika! Arizalar boshlandi!

Raqamli marketing, kreativ kontent yoki brending bilan shug‘ullanasizmi? Unda BIMTning aynan siz uchun mo‘ljallangan Intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha Klinika dasturiga qo‘shilish vaqti keldi!

🌍 Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti reklama va raqamli media bozorida ishlaydigan kichik/ o‘rta bizneslar uchun kuchli imkoniyatlar ochmoqda.

Dastur nimalarni beradi?
🔹 xalqaro ekspertlardan shaxsiy mentorlik
🔹 mualliflik huquqi, brending va onlayn reklama bo‘yicha maxsus seminarlar
🔹 biznesingizga mos intellektual mulk strategiyasi
🔹 WIPO Diagnostic Tool, WIPO ALERT kabi vositalardan foydalanish
🔹 global mutaxassislar bilan networking

🌐 Dastur formati:
📆 Fevral oxiri 2026 — ochilish
📆 Mart–Iyun 2026 — seminarlar va mentorlik
📆 Iyun 2026 — yakuniy tadbir
Hammasi onlayn.


🎯 Kimlar qatnasha oladi?

✔️ reklama/raqamli marketing yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan KOB subyektlari
✔️ kamida bitta ro‘yxatdan o‘tgan IP obyekti yoki IP strategiya rejaga ega bizneslar

📝 Ariza uchun havola:
👉 https://surveys.wipo.int/s3/Application-Form-WIPO-Intellectual-Property-Management-Clinic-Intellectual-Property-in-the-Advertising-industry
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, byurokratiyani bartaraf etish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forumlar ochilishida ishtirok etmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥1
⚡️Davlat xizmatlari SI asosida ishlaydi! Aholiga yiliga 23 mlrd so‘m tejaladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi "Byurokratiyani bartaraf etish" forumida davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi:

✔️ Davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshirildi, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkich 1,5 mingtaga yetkaziladi.

✔️110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilish to‘liq bekor qilinadi.

✔️100 dan ortiq xizmatlar muddatlari 50 foizgacha qisqartiriladi.

✔️Davlat xizmatlari portali, "Lisenziya" tizimi va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkaziladi.

✔️Elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejaladi.

✔️Lisenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmat soddalashtiriladi.

✔️4 ta kommunal tarmoqqa (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya) yagona ariza orqali ulanish imkoniyati yaratiladi.

✔️"Qog‘ozsiz hukumat" tizimiga to‘liq o‘tish maqsadida mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi.

✔️Proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi.

✔️Byurokratiyani bartaraf etishga oid eng ilg‘or taklif kiritgan faol fuqarolar va idoralar 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi.

❗️2023–2030-yillarda O‘zbekiston qog‘ozbozlikdan xoli, tezkor, qulay, inson manfaatlariga asoslangan raqamli davlatga aylanadi. Fuqaro, tadbirkor va davlat o‘rtasidagi barcha jarayonlar minimal vaqt, minimal hujjat va maksimal shaffoflik bilan amalga oshadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
#Adliya_aralashgach

❗️Farg'onada 6 yildan beri sarson yurgan fuqaroning kompensatsiya pullari undirib berildi

Farg'ona shahar adliya bolimiga fuqaro J.U. murojaat qilib, unga shahar hokimligi tomonidan buzilgan mol-mulki uchun kompensatsiya pullari to'lab berilmayotganligi yuzasidan shikoyat qildi.

Aniqlanishicha, Farg'ona shahar hokimligi hamda Farg'ona viloyat hokimligi huzuridagi jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo'yicha maqsadli jamg'armasi tomonidan fuqaro J.U. ga tegishli bolgan, buzib yuborilgan bino-inshootni ơ'miga
kompensatsiya to'lanishi lozimligiga qaramasdan to'lovlar o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi ma'lum bo'ldi.
Holat yuzasidan Farg'ona shahar adliya bolimi tomonidan fuqaro
J.U. manfaatini kozlab Farg'ona tumanlararo fuqarolik sudiga
kompensatsiya pullarini undirish yuzasidan da'vo arizasi kiritildi.

Sudda fuqaro manfaati himoya qilingan holda da'vo talabi qisman ganoatlantirilib, J.U. foydasiga 1 milliard 624 million so'm miqdoridagi kompensatsiya pullari undirilishi belgilandi.

"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi gonunning 23-moddasiga ko'ra garzdorga ijro hujjatining ijrosini ixtıyorly ravishda taʼminlash uchun muddat berilib, ijro harakatlari davomida fugaro J.U. ga hokimlikdan 1 milliard 624 million so'm kompensatsiya pullari toliq undirib berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dada, qo‘llaringiz nega qora?

Korrupsiya — nafaqat qo‘lni, balki qalbni, nomusni, oriyatni qoraytiradi.
Bu yo‘l emas — botqoqlik, yutuq emas — uyat, jazosi bor jinoyatdir.

“Vijdon” loyihasida qizaloqning iztiroblari…

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🎉31
Qanday qilib davlat xizmatlaridan arzonroq foydalanish mumkin?

Agar Siz davlat xizmatidan, shu jumladan lisenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP – my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali murojaat etsangiz belgilangan davlat boji, yig‘imlar va boshqato‘lovlarni amalga oshirishda tegishli (10 foizlik) chegirmalarga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 O'qish

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2
#podkast
#korrupsiya

FHDY organlari va DXMlarda to‘lovlarning qonuniyligini qanday tekshirib olish mumkin? Ya’ni qanday belgilar ortiqcha mablag‘ undirilayotganligini bildiradi? (qog‘ozchaga yozib berishi, birovni kartasiga pul o‘tkazish, chek bermaslik va hokazo). Bu holatlarda nima qilish kerak? Ushbu savollarga videoni ko'rish orqali javob olasiz?

To'liq video:
https://youtu.be/7GvetVQOmV4
5👍5🎉1
#Huquqiy_aksiya

Joriy yilning 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar respublika bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar o'tkazilishi rejalashtirilgan:

🔵ta’lim muassasalari va mahallalarda davra suhbatlari, uchrashuvlar va seminar-treninglar;
🔵bolalar zo‘ravonligi va bullingi bo‘yicha huquqiy tushuntirish ishlari;
🔵onlayn so‘rovnomalar orqali yoshlarning mavjud muammolarini aniqlash;
🔵huquqiy targ‘ibot materiallari — videoroliklar, infografikalar, buklet va flayerlar tarqatilishi;
🔵o‘quvchilar uchun sovrinli viktorinalar va tanlovlar;
🔵muammolari aniqlangan bolalar va yoshlarning huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam.

Adliya vazirligi aholi va yoshlarni aksiyada faol ishtirok etishga chaqiradi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🔥32
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga qo'yiladigan talablar belgilandi


Adliya vazirligi Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3712, 2025-yil 26-noyabr).

Prezidentning 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–269-son qaroriga muvofiq qabul qilingan mazkur hujjat bilan kartoshkaning "in-vitro" o'simligi, mikro va mini-tuganaklarini tayyorlashda quyidagi talablar belgilanmoqda:

🔹 ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlarining “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini- tuganaklarni yetishtirish faoliyatiga oid talablar;

🔹 masket to‘r bilan o‘ralgan issiqxona yoki himoyalangan inshootlar bo‘yicha talablar;

🔹 ixtisoslashgan tumanlardagi (Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq, Shahrisabz, Kitob, Qo‘rg‘ontepa, Yangiqo‘rg‘on va So‘x) kartoshkaning mini tuganagidan yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning faoliyatiga oid talablar;

🔹 kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning hududlari bo‘yicha talablar.

🔎 Yuqori avlodli urug‘lik kartoshkani yetishtirishda yer maydoni tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan har yili kamida 2 marta (urug‘lik kartoshkaning gullash davrida va tuganaklar shakllangan davrda) aprobatsiyadan o‘tkazilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
#Huquqiy_aksiya
#Bolalar_va_yoshlar

✍️“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida ota-onalar shuningdek yoshlar va bolalar uchun so‘rovnoma o'tkazilmoqda.

📊 So‘rovnoma orqali ota-onalar, yoshlar va bolalarning fikr va takliflari, shuningdek, ularning duch kelayotgan muammolari o‘rganilmoqda.

👉 Natijalar asosida tegishli choralar ko‘riladi va amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.

📲 Hurmatli ishtirokchilar, sizning fikringiz biz uchun muhim!

❗️Mazkur so'rovnomada:

📌 Ota-onalar ushbu 👉 havola 👈 orqali;

📌 Yoshlar va bolalar ushbu 👉 havola 👈 orqali ishtirok etishlari mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1