ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflik_huquqi

Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese’ning mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha chora ko‘rildi

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida murojaat qilgan.

🔹Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada ushbu asar Mark Rizedan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani aniqlandi.

🔹Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ullari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirildi.

🔹Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

‼️ Ma’lumot uchun: Tarjimon Mark Reesega “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1🔥1
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2025-yil 1-dekabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1🔥1👏1
Xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

🔹Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazilgan professional o‘qitish kursi o‘z nihoyasiga yetdi.

🔹Yakuniy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev ishtirok etib, White & Case LLP (AQSh) xalqaro yuridik firmasining yetuk eksperti Carolyn Lamm bilan birgalikda tinglovchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

🔹Mashg‘ulotlar White & Case, Foley Hoag, Squire Patton Boggs, Curtis, Mayer Brown, CMS va Baker Botts kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik firmalar ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi.

🔹Tinglovchilar o‘quv jarayonida global standartlar asosida tahliliy fikrlash, xalqaro talablarga mos yondashuvlar va amalda qo‘llaniladigan mexanizmlarni chuqur o‘zlashtirdilar.

🎉Barcha bitiruvchilarni ushbu muhim yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar ularning kasbiy faoliyatida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi


“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–229-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-martga qadar:

🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi;

🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha maxsus komissiya tuziladi.

✳️ Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi, jumladan:

▪️ tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta'minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish;

▪️ transportlar harakatini cheklash;

▪️ atmosfera havosi sifatiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxona va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to'liq to'xtatish;

▪️ Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko'chirilishi majburiy bo'lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;

▪️ qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o'rnatish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#adliya_aralashgach

66.805.982 so‘m ustama pullari undirildi.


❗️ Andijon viloyati, Jalaquduq tuman adliya bo'limiga fuqarolar M.M. va B.K.lar o'zlarining sport maktabida tibbiyot xodimi bo'lib ishlashlari va o‘zlariga tegishli ustamalari to‘lanmay kelayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

🔽Murojaatni o'rganish davomida, Jalaquduq tuman sport maktabining tibbiyot xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli qarorining 2-ilovasi 23-27-bandiga ko‘ra to‘rt oylik ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan adliya bo'limi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi va natijada fuqarolarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 66.805.982 so‘m ustama pullari undirib berilishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Qurilish uchun ajratilgan maydonlar kompleks tekshiruvdan o'tkaziladi


🔰 Farmonga ko'ra, maxsus komissiya Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruvni amalga oshiradi:

🔹 umumiy maydonining 25 foizi ko'kalamzorlashtirilgani;

🔹 suv purkagichlar o'rnatilgani;

🔹 kirish-chiqish yo'laklarida avtotransportlar g'ildiraklarini yuvish hovuzlarining barpo etilgani.

🔹 qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transportlarning brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanishi.

Shuningdek, maydoni 1 000 kvadrat metrdan ko'p bo'lgan qurilish uchastkalarida fon monitoring stansiyalarini o'rnatish va uni Ekologiya qo'mitasiga integrasiya qilish qurilishni davom ettirishning eng asosiy sharti etib belgilanadi.

⛔️ Shaxslar o'zlari egalik qilib turgan yer maydoni hududidagi dov-daraxtlarni sug'orish maqsadida ichimlik suvidan foydalanish vaqtiga qo'yilgan cheklov (soat 00:00 dan boshlab, 05-00 gacha) bahor va yoz fasllarida bekor qilinadi. Bunda:

🔹 ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish bo'yicha cheklov o'z kuchida qoladi;

🔹 ko'p kvartirali uylarga sug'orish uchun suv rezervuarlarini o'rnatish choralari ko'riladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bir_murojaat_izidan

O‘zining roziligisiz kafil bo‘lgan shaxslardan olingan kredit uchun pul mablag'lari undirish mumkinmi?

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar N.E, D.M va B.Tlarning kafillik shartnomasida ularning imzosi soxtalashtirilgan bo‘lsa-da, biroq bank tomonidan kredit qarzdorligi yuzasidan plastik kartasidan pul yechib olinayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, AT “Xalq banki” Jizzax viloyat filiali amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi R.M, qarz oluvchi X.K, sherik qarzdor J.I, sherik qarzdor N.M, sherik qarzdor B.T, sherik qarzdor F.Sh, sherik qarzdor N.E, sherik qarzdor D.Mlar o‘rtasida tuzilgan 479/1-sonli Kafillik shartnomasiga asosan qarz oluvchi bank bilan 479/1-sonli kredit shartnomasi tuzilgan, biroq kafil sifatida belgilangan fuqarolar shartnomani o‘z imzolari bilan tasdiqlamagan bo‘lsa-da, pul mablag‘lari undirib kelingan.

Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-keriminalistika markazining
ekspert xulosasiga muvofiq, kafillik shartnomasini “SHERIK QARZDOR” grafasidagi fuqarolar N.E, D.M va B.T yozuvidan oldin qo‘yilgan imzo ushbu fuqarolar tomonidan emas boshqa shaxs tomonidan bajarilgan.

Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bitim ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (o‘z o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim), shuningdek, 114-moddaga ko‘ra, haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq, bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.

Yuqoridagilarga asosan boshqarma tomonidan fuqarolar manfaatida Jizzax tumanlararo Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritildi, hamda sudning hal qiluv qaroriga asosan fuqarolar N.E, D.M va B.Tlarga oid kredit shartnomasining qismi haqiqiy emas deb topildi. Fuqarolardan ortiqcha pul mablag‘lari yechib olinmaydigan bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etiladi


🔰 Farmonga ko'ra, atmosfera havosining PM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Atmosfera havosini chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinadi.

2026-yil bahor hamda kuz mavsumlarida Toshkent shahrining 33 km uzunligidagi kichik halqa yo'li bo'ylab “Yashil koridor” loyihasi amalga oshiriladi.

📝 2026-yil 1-aprelgacha “Yashil Toshkent” master rejasi ishlab chiqiladi.

⏭️ Toshkent shahrining barcha tumanlarida “yashillik” darajasi past bo'lgan 3 tadan uzunligi 5 kmdan kam bo'lmagan ko'chalarni tanlab olish orqali “Soyali sayr ko'cha”si tashkil qilinadi.

💰 Shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) O'zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta'lim sohalaridagi islohotlarning yangi bosqichi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1👏1
Shaffof davlat xizmati — korrupsiyaga qarshi eng samarali chora!

Elektron davlat xizmatlari:
— byurokratiyani qisqartiradi;
— inson omilini kamaytiradi;
— jarayonlarni shaffof qiladi;
— ortiqcha vaqt va xarajatlarni tejab qoladi.

💠 Bugungi kunda aholi va tadbirkorlik subyektlariga jami 1040 ta davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda.

🔸510 ta davlat xizmati — Davlat xizmatlari markazlari orqali;
🔸790 ta davlat xizmati va servislar — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali;
🔸150 ta litsenziya va ruxsatnomalar — “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) orqali ko'rsatilmoqda.

Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p foydalanadigan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida avtomatlashtirish va inson omilini kamaytirish maqsadida:
🔹21 ta davlat xizmati — proaktiv shaklda;
🔹70 ta davlat xizmati — kompozit shaklda;
🔹30 ta davlat xizmati — real vaqt rejimida taqdim etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Davlat xizmatlarini takomillashtirish borasida xalqaro hamkorlik


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi

“Buxoro viloyat Toza hudud” DUK Olot filiali xodimlari tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori bilan belgilangan tuman koeffitsiyentlari va har yillik qo‘shimcha ta’tillar amalda berilmayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘rashdi.

Mazkur murojaat Olot tuman adliya bo‘limi tomonidan 2018-yil
13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘rganilib, xodimlarning mehnat huquqlari buzilgani aniqlandi.

O‘rganish jarayonida 69 nafar ishchiga 2023-yil va 2024-yilning 10 oyi uchun ustama to‘lovlari berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud da’voni qanoatlantirib, to‘lovlarni undirish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqardi. Korxona tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ham rad etilib, qaror o‘z kuchida qoldirildi.

Natijada, 307,6 million so‘m ustama to‘lovlari ishchilarga to‘lab berilib, ularning buzilgan mehnat huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Farovonlik markazi”ning umidli yoshlari dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar faxriga aylanmoqda

🔹Bugun “Farovonlik markazi”da yoʻlga qoʻyilgan taʼlim, tikuvchilik va hunarmandchilik, qadoqlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, shuningdek santexnika kurslari faoliyatiga amaliy koʻmak koʻrsatish maqsadida Adliya vazirligi masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda loyiha ambassadori Axtam Yakubov ham qatnashdi.

🔹Tadbir davomida sektor rahbarlari ikki oy mobaynida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusi rejalarni taqdim etdilar. Shuningdek, kooperatsiya va uning imkoniyatlari yuzasidan atroflicha tushuncha berildi.

🔹Muhokamalar jarayonida “Farovonlik markazi”ning eng faol va umidli yoshlaridan biri — qisqa fursatdagi tirishqoqligi va intizomi orqali ingliz tili boʻyicha B2 darajasi sertifikatini qoʻlga kiritgan Odina Sayidazimova alohida eʼtirof etildi. Uning ota-onasiga Adliya vazirining tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42