ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔵Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga faqat bitta pasport bilan murojaat qilib, doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Ushbu tartib fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada soddalashtirish hamda ortiqcha hujjatlar talabini kamaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
Adliya vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonda

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi joriy yilning 24–28-noyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga xizmat safarida bo'ladi.

🔹Safar maqsadi – aholiga va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish.

❗️Delegatsiya a’zolari xizmat safari davomida:
🔹 “ASAN Xidmət” markazlari faoliyati, elektron navbat tizimi va raqamli xizmatlar bilan tanishmoqda;
🔹 davlat xizmatlari dizayni, monitoring, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt bo‘limlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda;
🔹 tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining elektronlashuvi bo‘yicha tajriba almashmoqda;
🔹 “INNOLAND”, “ABAD”, “Bilim Bakı”, ASAN mobil avtobus kabi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Mazkur xizmat safari davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulaylik, shaffoflik va samaradorlikni oshirish, shuningdek O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
🖥Startapingizni g‘oyadan biznesgacha olib chiqadigan bepul qo‘llanma!

🌐Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) va Adliya vazirligi hamkorligida o‘zbek tiliga moslashtirilgan “G‘oyalarni tijoratlashtirish: startaplar uchun intellektual mulk bo‘yicha qo‘llanma” endi bepul yuklab olish uchun ochiq.

❗️Ushbu qo‘llanma:
startaplar va tadbirkorlarga patentlar, tijorat siri, mualliflik huquqi, tovar belgilari, sanoat namunalari kabi vositalarni sodda tilda tushuntiradi;
intellektual mulkni biznes modeliga qanday integratsiya qilish va undan raqobat ustunligi yaratish yo‘llarini ko‘rsatadi;
bozorda raqobatchilarni oldinga o‘tkazib yubormaslik, xavflarni boshqarish va nizolardan qochish bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar va misollar beradi;
texnologiyani g‘oyadan tayyor mahsulotgacha olib kelish bosqichlarini (TTD) tushuntiradi va investorlar ko‘zi bilan qarashni o‘rgatadi.

Qo‘llanma kimlar uchun?
• o‘z innovatsion texnologiyasini bozorga chiqarishni rejalashtirayotgan startaplar uchun;
brend, dastur, servis yoki yangi biznes g‘oyasini himoya qilishni xohlayotgan tadbirkorlar uchun;
intellektual mulk tizimi tamoyillarini amaliy misollar orqali o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar va startap ekotizimi ishtirokchilari uchun.

📥Qo‘llanmani yuklab oling, g‘oyalaringizni himoya qiling va ularni barqaror biznesga aylantiring.

https://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/guides/customization/enterprising-ideas-uz-uzb.pdf

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Forwarded from Rasmiy axborot
⚠️ Havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘riladi

➡️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati ishtirokida Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

➡️Mavjud vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar, odamlar salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi.

➡️Yig‘ilishda o‘rnatilgan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘q va bu tamoyil davlat uchun ham, biznes uchun ham birdek amal qilishi kerak,- dedi Administratsiya rahbari S.Mirziyoyeva.


➡️Saida Shavkatovna shu kunlarda tezkor tartibda ishlab chiqilgan ekspert xulosalariga asoslanib, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, tezkor choralardan tortib, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan tizimli yechimlargacha qamrab olgan kompleks takliflarni ilgari surdi.

➡️Xususan, ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qo‘yiladigan talablarni qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Mualliflik_huquqi

Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese’ning mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha chora ko‘rildi

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida murojaat qilgan.

🔹Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada ushbu asar Mark Rizedan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani aniqlandi.

🔹Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ullari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirildi.

🔹Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

‼️ Ma’lumot uchun: Tarjimon Mark Reesega “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1🔥1
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2025-yil 1-dekabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1🔥1👏1
Xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

🔹Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazilgan professional o‘qitish kursi o‘z nihoyasiga yetdi.

🔹Yakuniy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev ishtirok etib, White & Case LLP (AQSh) xalqaro yuridik firmasining yetuk eksperti Carolyn Lamm bilan birgalikda tinglovchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

🔹Mashg‘ulotlar White & Case, Foley Hoag, Squire Patton Boggs, Curtis, Mayer Brown, CMS va Baker Botts kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik firmalar ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi.

🔹Tinglovchilar o‘quv jarayonida global standartlar asosida tahliliy fikrlash, xalqaro talablarga mos yondashuvlar va amalda qo‘llaniladigan mexanizmlarni chuqur o‘zlashtirdilar.

🎉Barcha bitiruvchilarni ushbu muhim yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar ularning kasbiy faoliyatida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1