ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Fuqaroning murojaati hal etilib, 22 milliondan ziyod pul mablag’i undirib berildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro D.Aning “Namangan suv taʼminoti” AJ bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 22-aprelda bekor qilingan boʻlsa-da, Jamiyat tomonidan hozirga qadar oylik va boshqa toʻlovlar toʻliq hisob-kitob qilmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
☑️Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiev Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi hamda 2-son FHDY bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muhammadiev Samarqand viloyatida Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi hamda 2-son FHDY bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


O'rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, jarayonlarning tezkorligi ва shaffofligini o‘rgandi, mavjud muammo ва kamchiliklarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan xonadoniga quyosh panellari o‘rnatgan 83 nafar fuqaroga soliq imtiyozi qo‘llaniladigan bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga asosan aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbaаlari qurilmalarini oʻrnatish vazifalari belgilangan.

Dang‘ara tuman adliya bo‘limi
tomonidan quyosh paneli o‘rnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozi qo‘llanilish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra tumanda istiqomat qiluvchi 83 ta aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh panellari) o‘rnatilganligi, biroq mazkur xonadonlar o‘rganilganda ushbu fuqarolarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanilmay kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalar qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining bitta ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.


Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan 83 nafar fuqaroga soliq imtiyozini qo‘llash bo‘yicha Dang‘ara tuman Soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritilishi natijasida ushbu fuqarolarga soliq imtiyozi qo‘llanilishiga erishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayrog'im_g'ururim

🇺🇿 Bir Vatan, bir el, bir bayroq!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥6👍5👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublikadagi advokatlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

🔹Tadbir advokatlik tuzilmalari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish jarayonida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining “Shaxsiy kabinet” axborot tizimidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

🔸Seminarda advokatlar tizim imkoniyatlari, xabar berish mexanizmlari va amaliy qo‘llash tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1
“НО-ШПА” tovar belgisi foydasiga 82 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi!

Qonunchilikka muvofiq tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi shart.

Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, “Opella Healthcare Hungary Kft” (Vengriya) kompaniyasi unga tegishli bo‘lgan “НО-ШПА” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan “MER NOSHPEN” dori vositasi “M.F.” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotganligidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilgan.

Namangan viloyat iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudining 2025-yil 14-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Opella Healthcare Hungary Kft” (Vengriya) kompaniyasi foydasiga “M.F.” MChJdan 82 mln. so‘m tovon puli undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧷 6 oylik qayta tayyorlash kurslariga hujjat topshirish muddatining tugashiga 1 kun qoldi!

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta tayyorlav kursi talabgorlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishning so‘nggi muddati joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar uzaytirildi.

➡️ An’anaviy ta’lim shaklida tashkil etiladigan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.

Kurslarga barcha oliy ma’lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
🖥 Hujjatlar qabul.centertsul.uz sayti orqali elektron shaklda topshiriladi.
📎 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:

ID-karta (pasport) nusxasi

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (elektron shaklda)

♻️ Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o‘zbek guruhi uchun)
💰 To‘lov-kontrakt miqdori: 16 713 604 so‘m

🎓 Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplom beriladi va ular:

Yuridik xizmat tizimida,

Davlat xizmatlari markazlarida,

FHDYO organlarida,

Advokatura va notariat tizimida, oliy yuridik ma’lumot talab etilmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.


☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(98) 125-73-92
(99) 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Ustama to‘lovlari to‘lanmay qolgan vrachning ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi

🔸 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali o‘rindosh vrachi lavozimida ishlovchi fuqaro K.M unga ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔹 Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat o‘rganilganda, ushbu xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
21.12.2005-yildagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2025-yil aprel oyidan boshlab ish staji uchun ustama to‘lanmasdan kelinganligi aniqlandi.

🔸 Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filialiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

🔹 Natijada, xodimga to‘lanmay qolgan 3 806 000 soʻm miqdordagi ustama toʻlovlari toʻlab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 456.815.000 so‘m pul mablag'lari to'lab berildi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga tadbirkor “Abdullajon sara chorvalari” MCHJ tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan bajarilgan ishlar qiymatini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

👉Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“E-qaror” tizimi va “Lex.uz” bazasi integratsiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

🔹Joriy yil 19-noyabr kuni hududiy adliya organlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari ishtirokida “E-qaror” elektron tizimi va “Lex.uz” qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi integratsiyasiga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda normativ tusdagi qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari, shuningdek, ekspertizadan o‘tgan qarorlarni tizim orqali “Lex.uz” bazasiga yuborish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

🔹Seminar davomida hududlardagi mas’ul xodimlar bilan hokimlik qarorlarining monitoringini kuchaytirish, qonun buzilish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
BANK KARTASI
"O'zbekiston" radiokanalida O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari bo'yicha suhbat tashkil etildi.

Savollarga Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Temur Hasanov javob berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5
🇨🇳Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 17–28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari uchun yuridik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Ushbu dastur ShHTga a’zo davlatlar uchun yuridik xizmatlar ko‘rsatish sohasida malaka oshirish, tajriba almashish, arbitraj amaliyoti hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Seminar davomida, ishtirokchilar yuridik sohadagi eng yangi tendensiyalar va xalqaro tajribalar bilan tanishmoqda.

Dastur 28-noyabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7