ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

📍 Ustama to‘lovlari to'lanmay kelgan tibbiyot xodimlarining 55 812 837 so‘m ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.


Andijon viloyati, Xo'jaobod tumani sport maktabida tibbiyot xodimi lavozimida ishlovchi xodimlarni qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Xo'jaobod tuman adliya bo'limiga murojaat qiladilar.

Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, ushbu xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 211-sonli Qarori asosida sport maktabining kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari va tibbiyot xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanishi zarur boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

Bu holat yuzasidan Xo'jaobod tuman sport maktabiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

Natijada, ushbu xodimlarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 55 812 837 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika sud-ekspertiza markazida o'rganish ishlari olib borildi

▶️ Deputatlar ekspertiza jarayonlari zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshirilayotganini ko‘zdan kechirdilar.

👥 Ish jarayonlari mutaxassislar tomonidan ko'rgazmali qurollar orqali ochib berildi.


🎥 Batafsil videoreportajda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1🔥1
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Tadbirkorga bir yarim milliard kompensatsiya undirib beriladigan bo'ldi.


To'raqo'rg'on tumani adliya bo'limi tomonidan “To'raqo'rg'on Turon Servis” MChJ rahbarining ushbu tadbirkorga tegishli noturar-joyi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan buzilishi rejalashtirilib, baholash tashkiloti tomonidan baholangan boʻlsa-da, kompensatsiya toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib yuborgan murojaati koʻrib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan MFY raislarining mehnat huquqlari tiklandi

Quvasoy shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan mahallarda aholi muammolarini o'rganish jarayonida ularga 31 nafar MFY raislari murojaat qilishgan.

Aniqlanishicha, ularga Oʻzbekiston Mahallari uyushmasi Quvasoy shahar bolimi tomonidan 2025-yilning oktyabr oyi ish haqi toʻlanmasdan kelingan. Ushbu masala mahalla.adliya.uz platformasi orqali adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Shundan soʻng, Quvasoy shahrida adliya boʻlimining "Huquqiy monitoring oʻtkazish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida"gi taqdimnomasi Oʻzbekiston Mahallari uyushmasi Quvasoy shahar boʻlimiga kiritildi va shahardagi 31 ta MFY raislarining jami 91 mln 333 ming so'm ish haqlari to'lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1
#Adliya_aralashgach
#Samarqand_viloyati

✔️ Adliya aralashuvi natijasida PHD ustamasi bo'yicha muammo hal etildi


✍️Bulung'ur tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’lim boʻlimiga qarashli maktab direktori J.A.ning  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshiga ustama toʻlanmayotgani yuzasidan qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

📊Oʻrganish natijasida, maktab direktori J.A 2023-yil 21-iyuldan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlsa-da, unga ilmiy darajasi uchun ustama toʻlanmayotgani toʻlanmay kelinayotganligi aniqlandi.

📄 Ma'lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori asosida tasdiqlangan Nizomga muvofiq, PhD darajasiga ega xodimlarga lavozim maoshining 30 % gacha qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan.

🔹Holat yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’lim boʻlimiga bajarilishi majburiy taqdimnoma kiritildi.

📌 Natijada, fuqaro J.Aning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 58 450 791 soʻm miqdoridagi (PhD) ilmiy darajasi uchun ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
#Adliya_xabari

Vazirlik xodimlarining sun'iy intellekt sohasida bilim va malakalari oshirilmoqda.

🔹Adliya vazirligida Sun'iy intellekt istiqbollari, qo‘llash uslublari va adliya vazirligi faoliyatiga tatbiq qilish yuzasidan malakali ekspert ishtirokida o‘quv darslari tashkil etildi.

🔹Darslar har bir soha va yo‘nalish vakillarining faoliyatiga individual yondashgan holda tashkil etilmoqda.

🔹Ushbu darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad vazirlik xodimlarining sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish malakalarini oshirish, mavjud bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish, faoliyatga ushbu texnologiyalarni keng tatbiq qilish masalalarini ustuvor vazifa sifatida belgilashdan iborat.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Lex Pride – Akademik litsey faxri” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.


🤔Tanlovning hududiy bosqichdan yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar respublika bosqichida quyidagi 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

🔵1-shart – Ishtirokchi tomonidan innovatsion g‘oya, huquqiy startap loyihasi taqdimoti;
🔵2-shart – Huquqiy bilimga oid  test savollari;
🔵3-shart – Blits savol-javob;
🔵4-shart – Muammoli vaziyat (keys-stadi).

Tanlov g‘oliblari qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik tamoyillariga tayangan holda hakamlar hay'ati tomonidan berilgan yakuniy xulosalar asosida aniqlandi.


Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

🔵Baltabayev Alisher G‘ulomjon o‘g‘li – TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi Akademik litsey o‘quvchisi, 1-darajali diplom hamda 4 120 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🔵Bekmirzayev O‘ktamjon Umidjon o‘g‘li – Namangan viloyat akademik litseyi o‘quvchisi, 2-darajali diplom hamda 3 296 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🔵Olimova Sabrina Jamshid qizi – Samarqand viloyat akademik litseyi o‘quvchisi, 3-darajali diplom hamda 2 060 000 so‘m so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
#Adliya_aralashgach
#Buloqboshi_tuman

📍 Ish beruvchining aybi bilan o‘z hisobidan tibbiy ko‘riklardan o‘tib kelgan tibbiyot xodimlarining 52 381 000 so‘m pullari to'lab berilishi ta'minlandi.


Andijon viloyati, Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasida ishlovchi tibbiyot xodimlari o'z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligi bilan bog‘liq xarajatlari tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan kompensatsiya tariqasida to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Buloqboshi tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganildi.

Murojaatni o'rganish davomida, tibbiyot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart ekanligi hamda 292-moddasida xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish ish beruvchining hisobidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

Bu holat yuzasidan Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

Natijada, 700 dan ortiq tibbiyot xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan bogʻliq xarajatlari ish beruvchi tomonidan kompensatsiya tariqasida jami 52 381 000 so‘m pul mablag'lari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1