🔹Shundan so'ng Samarqand shahar 2-son FXDY bo'limida 1990-yilda tug'ilgan fuqaro B.Yunusovga tug'ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklab tug'ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi hamda shu vaqtning o'zida fuqaro Sh.O'ktamova bilan nikoh tuzilganligini qayd etish haqida ariza olindi.
🔸Shu bilan birga, Samarqand tumanida joylashgan "STEKLOPLASTIK" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarga yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ma’lumot berildi. Ularning muammolari o'rganilib, savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1👏1
#Adliya_xabari
📍 Andijon viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlariga amaliy yordam berilmoqda.
✅ Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida xizmat safarida bo'ldi.
✅ Joriy yilning 13-14-noyabr kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarda joylashgan Xonobod va Andijon shahar, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Andijon hamda Asaka tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅ Xizmat safari doirasida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.
✅ O'rganish davomida Markazlar ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Xususan, "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan eng so'nggi innovatsion yangiliklar, jumladan, hujjat loyihalarini eksterritoriallik asosida huquqiy ekspertizadan o'tkazish, majburiy ilovalar reyestri hamda hujjatlarni paket usulida qabul qilish bo'yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Markazlar kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.
🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi
🚀 Telegram | 📱 Youtube |📷 Instagram |🔵 Facebook
🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#937_son
📜 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolar hamda inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
📍 Mazkur seminarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari U.Ismatillayev, Namangan viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va boshqa vakolatli tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
🎯 Tadbir davomida mazkur qonunning maqsadi, qo‘llanilish sohasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi obyektlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari, shuningdek, ijro mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.
✅ Ishtirokchilar qonun bilan belgilanayotgan tartib-taomillar, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvi, tuman (shahar) komissiyalarining roli va adliya organlarining nazorat funksiyalari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🔎 Seminar yakunida vakolatli idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube | Facebook | Telegram | Instagram

❤1👍1