ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha xizmatlar koʻrsatish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (4-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 3701, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

🔹Ushbu hujjatga ko‘ra, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.

Standart bilan:
🔹ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
🔹ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o‘rtasidagi huquq - majburiyatlar;
🔹ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo‘yicha talablar;
🔹boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash mezonlari belgilandi.


❗️Eng muhimi, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud rieltorlik tashkilotlari tomonidan qonunchilikka hamda Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.

🔹Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk bozorini barqaror rivojlantirish, mulkdorlar huquqlarini himoya qilish va rieltorlik xizmatlari sifatini oshirish uchun zamin yaratadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirayotgan ilmiy muassasalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 12-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi hamda “PROEX” nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti MChJlarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanishdi.

📌 Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

❗️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur Qonun loyihasi joriy yilning 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.


🔰 Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirilishi jarayonlari bilan tanishish davomida deputatlar tomonidan Qonunga kiritilayotgan yangiliklar va normalarning bugungi kunda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

📑 Jumladan, deputatlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilayotganligi, qolaversa, nodavlat sud ekspertlarining maqomi qonun darajasida belgilanayotganligi, shuningdek, ularga yaqindan yordam beruvchi Sud ekspertlari palatasi tashkil etilayotganligi kelgusida o‘zining ijobiy samarasini berishi bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5
Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutida "Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishda litsenziya shartnomalarining ahamiyati" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda institutning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar va izlanuvchilar ishtirok etdi.

Bahs-munozaraga boy bo‘lgan tadbirda mamlakatimizda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar bilan bir qatorda intellektual mulkni sotish, undan foydalanish bo'yicha shartnomalarni tuzish va uni ro'yxatdan o'tkazish tartiblari haqida ma'lumotlar berildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-sonli qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Endilikda intellektual mulk obyektlarini tasarruf etishga doir litsenziya va huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar onlayn tarzda vazirlikning im.adliya.uz sayti orqali ariza berish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinligi aytib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥2
#Adliya_aralashgach

Adliya organlari tadbirkorning buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam ko'rsatmoqda.


Xususan, adliya organiga "S" MCHJ tadbirkor subyekti murojaat qilib, davlat tashkilotidan shartnoma shartlariga muvofiq to'lovlarni ololmayotganligidan noroziligini ma’lum qilgan.

Adliya organi tomonidan holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar sudga kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, tadbirkor foydasiga 243 mln so‘m miqdorida to'lovlar undiriladigan bo‘ldi.

Batafsil ⬅️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31🔥1👏1
#Adliya_xabari

Yuridik xizmatlar faoliyati bilan tanishildi

🔹Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Farg'ona viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Uchrashuvda yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga solish bo'yicha qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni, sohani raqamlashtirish yuzasidan qilinayotgan ishlar to'g'risida batafsil axborot berildi.

🔹Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarga "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan eng so'nggi innovatsion yangiliklar, jumladan, hujjat loyihalarini eksterritoriallik asosida huquqiy ekspertizadan o'tkazish, majburiy ilovalar reyestri hamda hujjatlarni paket usulida qabul qilish bo'yicha tushuntirish berildi.

🔹Uchrashuvlar davomida tashkilotlar xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas'ul xodimlaridan javob oldilar.

🔹Bundan tashqari, olis va chekka hududlarda joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan ham tanishildi. Xususan, Farg'ona va So'x tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Jizzax_viloyati

ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQALARI UNDIRIB BERILDI

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇺🇿 Kompaniyangizni “WIPO IP Diagnostics orqali bepul "Intellektual mulk diagnostikasi"dan o‘tkazing!

Intellektual mulk — brendingiz, dasturlar, dizaynlar, nou-xaular, hattoki mijozlar bazasigacha kirishi mumkin bo‘lgan ko‘rinmas aktivlardir. Ularni to‘g‘ri boshqarish orqali biznes raqobatbardoshligi bir necha baravar oshirish mumkin.

🌐Adliya vazirligi va Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamkorligida mahalliy kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulk aktivlarini aniqlash hamda ularni tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi “WIPO IP Diagnostics” (Intellektual mulk diagnostikasi) vositasining o'zbek tilidagi versiyasi ishlab chiqildi.

O‘z navbatida, "WIPO IP Diagnostics" – Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining kichik va o’rta bizneslar uchun mo‘ljallangan bepul, o‘zini-o‘zi baholash loyihasi bo‘lib, u:
• korxonangizda mavjud intellektual mulk aktivlarini aniqlashga;
• ularni himoya qilish, boshqarish va tijoratda samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar olishga;
• biznesingiz raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy g‘oyalar va keyingi qadamlarni belgilashga yordam beradi.

WIPO IP Diagnostics qanday ishlaydi?
Onlayn platformada korxonangiz faoliyati haqida qisqa anketa to‘ldiriladi.
Javoblaringiz asosida tizim siz uchun shaxsiy hisobot shakllantiradi.
Hisobotda intellektual mulk obyektlaringiz (tovar belgisi, sanoat namunasi, mualliflik huquqi, tijorat siri va boshqalar) hamda ularni qo‘llab, biznesni qanday rivojlantirish mumkinligi bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beriladi.

❗️Diagnostikani quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin:
https://www.wipo.int/ipdiagnostics-assessment/uzbekistan/uz

Intellektual mulk aktivlarini to‘g‘ri boshqarish – zamonaviy biznes uchun raqobatda ustunlik garovidir. Korxonangizni “WIPO IP Diagnostics” orqali tekshiring va ushbu imkoniyatdan foydalaning.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM