ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🔺BIMT va Adliya vazirligi hamkorligidagi mintaqaviy tadbir boshlandi!

Bugun, 5-noyabr kuni Toshkent shahrida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) va Adliya vazirligi hamkorligida “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining yakuniy hisobot tadbiri boshlandi.

🌍 Ushbu tadbir Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi (CACEEC) ayollar rahbarligidagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual mulk sohasidagi salohiyatini oshirish hamda biznesni rivojlantirishda intellektual mulk strategiyasining o‘rnini mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan.


🔹 Ishtirokchilar dastlab, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar, xususan, tekstil sohasida yirik korxonalardan biri — “Nurtex” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona rahbari Muhabbat Tashmuhammedova mehmonlarga ishlab chiqarish jarayoni, ayollar mehnati ulushi va intellektual mulk obyektlaridan foydalanish tajribasi haqida ma’lumot berdi.

Ta'kidlash lozimki, bugungi kunda kompaniya maxsus kiyimlar va poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratgan.


🔹Tadbirda BIMTning yuqori darajadagi vakillari — Habip Asan, Ilya Gribkov, Saidahmad Azimov, shuningdek, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O'zbekistonlik loyiha ishtirokchilari, Adliya vazirligi rahbariyati hamda mahalliy tadbirkor ayollar ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh poytaxtning Shayxontohur va Yunusobod tumani FHDY bo‘limlarida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

FHDY bo’limlarida yoshlarning nikohni rasmiylashtirish jarayonlarini esda qolarli tashkil etish xizmati faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu yangi xizmat aholiga yanada estetik, zamonaviy va qulay sharoitda marosim o‘tkazish imkonini bermoqda.

Shuningdek, xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmatlar sifati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Toshkent_shahar

"O'zbekiston" telekanalining "Jarayon" Informatsion dasturida poytaxtning Uchtepa va Sergeli tumanlarida aholi muammolarini o’rganish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullarning ahamiyati.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

2 yashar bolaga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma berildi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Namangan_viloyati

“Biz mahalladamiz”.


Bugungi manzil: Namangan shahri, “Bo'ston” mahallasi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Institutiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Institut, Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Institut tinglovchilari uchun ish yurituvi namunaviy bo‘lgan Shayxontohur tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazida amaliy mashg‘uloti tashkillashtirildi.

🔹 Mashg‘ulot davomida tinglovchilar markaz faoliyati, soha bo‘yicha yuqori ish tajribasiga ega mutaxassislar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍61🔥1👏1🎉1
#Adliya_hudud
#Sirdaryo_viloyati

Sirdaryoda yana 235 nafar fuqaroning uy-joyga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi


Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2025-yil 5-noyabr kungi navbatdagi qaroriga muvofiq, yana 235 nafar fuqaroning uy-joyga egalik huquqlari rasman e’tirof etildi.

Mazkur qaror asosida fuqarolarning mulk huquqlari qonuniylashtirilib, ularning o‘z mulkidan erkin foydalanish, unga egalik qilish va tasarruf etish huquqlari kafolatlanmoqda.

E’tirof etilgan egalik huquqlari asosida fuqarolar endilikda o‘z yashash manzillariga doimiy ro‘yxatga turish, notarial bitimlarni rasmiylashtirish, meros huquqiga oid harakatlarni amalga oshirish kabi muhim huquqiy jarayonlarda to‘liq ishtirok eta oladilar.

Ma’lumot o‘rnida: Bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyatida 447 nafar fuqarolarning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularga egalik huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar topshirildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏2
📘 “Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusidagi xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kurslari boshlandi!

Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xalqaro darajadagi professional o‘qitish kursining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar “Baker Botts (Buyuk Britaniya)” yuridik firmasining hamkorlari — Alistair Wishart va Nabil Khodadad tomonidan olib borildi.

📚 Dastlabki kun mavzulari quyidagilarni qamrab oldi:
🔹 Loyihani amalga oshirish bosqichlari va vaqt jadvali
🔹 Xatarlarni taqsimlash yondashuvi
🔹 EPC shartnomalarini muzokara qilish strategiyasi
🔹 Eng ko‘p muzokara qilinadigan 10 ta masala


Keyingi mashg‘ulotda ishtirokchilar energetika sohasida loyiha moliyalashtirishning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishdilar.


🔹 Loyihalarni moliyalashtirishning asosiy xususiyatlari
🔹 Loyiha bilan bog‘liq asosiy xatarlar
🔹 Moliyalashtirish manbalari
🔹 Loyihalarni moliyalashtirish jarayonining bosqichlari
🔹 O‘zbekiston va Turkiya misolidagi amaliy holatlar


Ushbu kurs “White & Case”, “Foley Hoag”, “Squire Patton Boggs”, “Curtis”, “Mayer Brown”, “CMS”, va “Baker Botts” kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik firmalar ekspertlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
1