ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Adliya vazirligi va uning tizimidagi adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Talabalar Adliya kutubxonasi, “Adolat ayvoni” innovatsion xonasi, Adliya muzeyi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Chilonzor tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdilar.


Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad vazirlik faoliyatini ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga muvofiq yoshlarning huquq sohasiga qiziqishini yanada kuchaytirish, kelajakda talabalarni adliya tizimiga ishga jalb qilishdan iborat.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52
#Adliya_xabari

2025-yilda amalga oshirilgan onlayn notarial harakatlar dinamikasi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
🔺BIMT va Adliya vazirligi hamkorligidagi mintaqaviy tadbir boshlandi!

Xabar berganimizdek, bugun, Toshkent shahrida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) va Adliya vazirligi hamkorligida “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining yakuniy hisobot tadbiri boshlandi.

🔹Tadbirning birinchi kunida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda BIMT ekspertlari tomonidan Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ayol tadbirkorlari uchun brend yaratish, nou-xau va innovatsiyalarni biznesda qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kun yakunida Belarus va Qozog‘iston vakillari o‘z mamlakatlari tajribasi haqida taqdimot qildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘zaro fikr-mulohazalar almashib, kelgusida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o'tamiz, ushbu tadbir Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi (CACEEC) ayollar rahbarligidagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual mulk sohasidagi salohiyatini oshirish hamda biznesni rivojlantirishda intellektual mulk strategiyasining o‘rnini mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan bo'lib, ikki kun davom etadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥31👏1