ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi I.Sdikov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari B.Naurizbaev boshchiligida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda vakolatli tashkilotlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi darajasidagi tashkilotlarning birinchi rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tashkilotlarning qonun ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, uning ijrosining samarali ta’minlanishi jarayonida ayrim tizimli muammolar, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilindi.

Mazkur holatlar Qonunning joylarda to‘liq va sifatli ijro etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida Qonunning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullardan Qonunning samarali ijro etilishi yuzasidan takliflari tinglanib, hal etilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Resurslarni tejab ishlating!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bir_murojaat_izidan

Jizzax viloyati, Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Q.A va boshqalarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun ajratiladigan moddiy yordam pullari tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

❗️Aniqlanishicha, fuqaro Q.A va jami 9 nafar xodimlarga 2021, 2022, 2023, 2024-yillar mobaynida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun moddiy yordam mablag‘lari to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Forish tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining jamoa shartnomasining o‘n uchinchi bobi, 13.12-bandida har yili kuz mavsumida ish beruvchi tashkilotning xodimlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravariga teng keladigan moddiy yordam to‘lanishini ta'minlashi belgilangan.

⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan xodimlar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudiga da’vo ariza kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra xodimlarga jami 89 490 000 so‘m moddiy yordam pullari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani va jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥3👏1
#Adliya_aralashgach

🌶 Xatolik sabab ikki dona qalampirning narxi 2 mlrd so'mga aylandi...

🔹Do'konga (N*S*2020 MCHJ) kirgan xaridorga xarid qilingan qalampir mahsuloti uchun 20 000 so'mlik chek urishi o'rniga anglashilmovchilik sababli 2 000 000 000 so'mlik chek urib yuborilgan.

🔹Shundan so'ng tadbirkor katta miqdordagi ortiqcha soliq qarzdorligi yuzaga kelganligi sababli 2 000 000 000 so'mlik chekni bekor qilib berishni so'ragan bo'lsa-da, soliq boshqarma chek ma’lumotlarini tahrirlab bo'lmasligini ma’lum qilingan hamda muammo hal etilmagan.

🔹Xatirchi tuman adliya bo'limi tomonidan javobgar Navoiy viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 17-aprel kunidagi 7**9-sonli chekni tahrirlamaslik xatti-harakatini qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo ma'muriy sudga shikoyat kiritilgan.

🔹Natijada soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, to'liq tadbirkor foydasiga sudning hal qiluv qarori qabul qilingan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍175🔥5👏5
⚡️“ZAGS” qog‘ozi nikoh shartnomasi(mas)mi?

“Uzreport” TVda “Huquqiy nigoh”ning navbatdagi sonida nikoh shartnomasi, er-xotin munosabatlari uchun bu hujjat qanchalik muhim? Amaliyotda nikoh shartnomasi tuzdirayotganlar bormi? Nima uchun nikoh shartnomasiga ajrim paytida as qotadigan hujjat sifatida qarashadi? kabi savollarni muhokama qildik. O‘ylaymizki, ko‘pchilikni qiziqtirgan savollar ochiq qolmadi.

📹 Ko‘rish uchun 👉🏻 https://youtu.be/xZPUaHSe68Q
https://www.facebook.com/share/v/1DH5UgWwBH/
👍82🔥2
#Adliya_sarhisob

Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarini aniqlash

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxs 41 mln. so‘m jarimaga tortildi!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk huquqlariga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar va qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, Vazirlik tomonidan “Puma SE.” (Germaniya) kompaniyasining “PUMA” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “P.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “PUMA” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “P.B.” MChJ tomonidan sotuvga taklif etib kelinganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha Vazirlik tomonidan “P.B.” MChJga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi hamda “PUMA” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarning to‘xtatilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan Mehnat kodeksiga asosan kafolatlangan to‘lovlarning to‘lanishi ta’minlandi!

Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Ch.A va 15 nafar fuqarolarning Do‘stlik tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

❗️Aniqlanishicha, fuqarolar Ch.A va boshqalar Do‘stlik tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari vazifasiga ishga qabul qilinib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning iyun oyida shtatlar qisqarganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 2-bandiga ko‘ra bekor qilingan, biroq ishdan boʻshatish nafaqasi xodimlarga to‘lab berilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasida asosan ishdan boʻshatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bir yoʻla beriladigan pulli toʻlovdir.

⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, xodimlarning Mehnat kodeksida belgilangan huquqlari tiklanib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra xodimlarga jami 110 292 566 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqalari, to‘lovlar kechiktirilgan kunlar uchun hisoblangan kompensatsiya to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Аdliya vazirligi masʼul xodimlari «Uchtepa» kichik sanoat zonasida faoliyati yurituvchi tadbirkorlarga oʼz mahsulotlarida qoʼllaniladigan nom va logotiplarni tovar belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkazish hamda o‘zga shaxslarga tegishli brendlardan noqonuniy foydalanish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek sanoat zonasida “Gulchexra Safarovna Baraka” MChJga tegishli “Oymomo” belgisini va “Elite Woodmaster” MChJning “ST” ko‘rinishidagi logotipini tovar belgilari sifatida roʼyxatdan oʼtkazish hamda oʼzga shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanishini oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_aralashgach
#bir_murojaat_izidan

Fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan 11 112 705 so‘m noreal qarzdorlik bekor qilindi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan fuqaro S.Abdullayevaning unga nisbatan qo‘llanilgan 11 112 705 so‘m noreal qarzdorlikni bekor qilishini so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oltinsoy tuman bo‘limining pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyasining fuqaro S.Abdullayevaga nisbatan 11 112 705 so‘m ortiqcha to‘lovni qaytarib olish haqidagi qarori asossiz ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro manfaatida Termiz tumanlaro ma’muriy sudiga kiritilgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, sud tomonidan mazkur qaror haqiqiy emas deb topildi hamda fuqaroga S.Abdullayevaga qo‘llanilgan 11 112 705 so‘m noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1🔥1👏1
“BLANC BLEU” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

So‘ngi yillarda “Ocard” MChJga tegishli bo‘lgan “BLANC BLEU” brendi barchamizga tanish tovar belgisiga aylanib ulgurdi. Mazkur brend kundan-kunga milliy hamda xalqaro doirada mijozlari sonini orttirib bormoqda. Albatta, buning barchasi brend egalarining tinimsiz harakatlari natijasi hisoblanib, ushbu jarayonlar ko‘plab moddiy va boshqa resurslar sarfini talab qiladi.

Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Ocard” MChJning barchamizga tanish bo‘lgan “BLANC BLEU” tovar belgisi hamda sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlari “Sh.N.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Qonunchilikka muvofiq buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunasi hisoblanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlari va belgilangan tartibda himoya qilishlari mumkin. “Ocard” MChJ ham o‘zi ishlab chiqaradigan ichimlik suvlari qadoqlanadigan idishlarning tashqi dizaynini intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Sh.N.” YTT tomonidan murojaatchiga tegishli bo‘lgan “BLANC BLEU” tovar belgisi hamda sanoat namunasidan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “Sh.N.” YTTga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish kiritildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi xodimi S.F. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi sababli Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Murojaat adliya boshqarmasi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli huquqiy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mavjud hujjatlar asosida fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud ko‘rib chiqish jarayonida fuqaroning ishdan bo‘shatilishi g‘ayriqonuniy deb topildi hamda da’vo to‘liq qanoatlantirildi.

Sud qaroriga muvofiq:
fuqaro avvalgi lavozimiga tiklandi;
9 795 578 so‘m miqdorida majburiy progul kunlari uchun ish haqi;
5 000 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirildi.

🖤Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov boshchiligida Xorazm viloyatida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔸Mazkur yig‘ilishda vakolatli tashkilotlarning viloyat darajasidagi birinchi rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tashkilotlarning qonun ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

🔹Tadbirda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, uning ijrosining samarali ta’minlanishi jarayonida ayrim tizimli muammolar, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilinib, mazkur holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🔸Bundan tashqari, M.Istamov Urganch tumanida fuqarolar bilan uchrashib, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etilganligi yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM