ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

📍Adliya vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatida o'rganish ishlarini olib bormoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari Baliqchi va Bo'ston tumanlari adliya bo‘limida bo‘lishdi.

Xususan, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlaridan so‘rovlar kelishini ko‘paytirish, so‘rovlarni asossiz rad etayotgan advokatlarning faoliyatini tahlil qilib, ularni hududiy malaka komissiyalariga kiritish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Baliqchi va Bo'ston tumanlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatida onlayn notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini o‘rganildi.

Xizmat safari davomida bu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish, onlayn notarial amaliyotlar sonini ko‘paytirish hamda nikoh shartnomasi tuzish tartibi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥1👏1
#Adliya_sarhisob

Qaysi hududda eng ko'p hokim qarori bekor qilindi?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
SAMARALI YETAKCHILIK — DAVLAT XIZMATLARI TIZIMIDA YANGI BOSQICH

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasidagi “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi doirasida davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

🇩🇪🤝🇺🇿 Ushbu dasturga muvofiq, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari pilot hudud sifatida tanlanib, bu hududlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishidagi mas’ul xodimlarning boshqaruv va servis ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha kompleks hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

📅 Joriy yil 27–29-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “Crowne Plaza Tashkent” mehmonxonasida “Samarali yetakchilik PRO.” treningi o‘tkazildi.
Treningda Samarqand viloyatidan 14 nafar, Farg‘ona viloyatidan 12 nafar Davlat xizmatlari markazlari direktorlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.


👩‍🏫 Mashg‘ulotlar mahalliy mutaxassislar tomonidan olib borilib, rahbar va xodimlarning servis madaniyati, jamoa boshqaruvi hamda samarali liderlik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥4👏3🎉3
#Adliya_sarhisob

Mualliflik huquqi davlat himoyasida

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

Sayyor qabul | Sayyor xizmat
Bepul tibbiy ko‘rik | Mehnat yarmarkasi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumani "Yangi shahar" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kengaytirilgan tartibda sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida, 70 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijasiga ko‘ra, 31 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 20 dan ortiq fuqarolarning bepul tibbiy ko‘rik, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi.

Shuningdek, 11 nafar
fuqarolarning murojaati o‘rganib chiqish muddat talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Tadbir davomida, aholining bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq e'lonlar qabulda ishtirok etgan keng aholi qatlamiga tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍64🔥3