ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markaziga Belarus Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot milliy markazi delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi


Delegatsiya aʻzolari, dastlab, Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmalari faoliyati, “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy, ilmiy jurnali birlashgan tahririyati taqdimotlari, shuningdek, lex.uz saytida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tomonlar oʻrtasida huquqiy axborotni tarqatish hamda qonunchilik hujjatlarini tizimga kiritish sohasida, yuridik va boshqa turdagi adabiyotlarni nashr qilish sohasida fikr, tajriba almashilib, kelgusida amalga oshirilishi moʻljallangan istiqbolli loyihalar koʻrib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Adliya vazirligi vakillari bilan protokol uchrashuvini oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi faoliyati bilan tanishish maqsadida vazirlikka tashrif buyurishdi.


Shundan soʻng, Multimedia markazida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi. Mazkur taqdimotlar delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

Shundan keyin, ikki markaz o'rtasida o'zaro hujjat almashildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85
Yoshlar iqlim o‘zgarishiga qarshi global harakatda birlashmoqda

⚡️Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan forum o‘z ishini iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanishning ustuvor masalalari bo‘yicha yoshlarning mavqeini aks ettiruvchi yakuniy tavsiyalar hamda sa’y-harakatlarga chaqiriqni tasdiqlash bilan davom ettirdi. Ushbu hujjat YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga yoshlar tomonidan taqdim etiladigan rasmiy hissaga aylanadi.

Alohida e’tibor “Project Café” sessiyasiga qaratilib, unda yosh yetakchilar iqlim va ijtimoiy muammolarga yechim topishga qaratilgan tashabbus va loyihalarini taqdim etdilar. Muloqotlar davomida ularni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Dastur yakunida xalqaro hamkorlik va barqaror kelajak sari umumiy intilishlarni ifodalovchi yopilish marosimi hamda madaniy kecha tashkil etildi.

#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahridagi YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing

Facebook|Instagram|X
👍1
#Adliya_xabari

TDYUda “O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining hozirgi bosqichida fuqarolik qonunchiligini yangilash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida tashkil etildi.


Xalqaro anjumanda adliya vazirni o'rinbosari Sh.Rabiyev ham ishtirok etib, konferensiya fuqarolik qonunchiligini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari va konseptual yondashuvlarini muhokama etish, xorijiy tajribani tahlil qilish, milliy huquqiy tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishda muhim o'rin tutishini ta'kidladi.

Shuningdek, konferensiyada qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari, olimlar va amaliyotchi huquqshunoslar, shuningdek, 10 dan ortiq davlatlardan kelgan yetakchi xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, jumladan, GIZ vakillari, fuqarolik va xususiy huquq sohasidagi yetakchi tadqiqotchilar va amaliyotchilar ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya fuqarolik va xususiy huquq sohasidagi taniqli xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashish uchun maydon yaratib, davlatimizning fuqarolik qonunchiligini yangilash va huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha strategik yo‘nalishini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#adliya_xabari

📍Adliya vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatida o'rganish ishlarini olib bormoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari Baliqchi va Bo'ston tumanlari adliya bo‘limida bo‘lishdi.

Xususan, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlaridan so‘rovlar kelishini ko‘paytirish, so‘rovlarni asossiz rad etayotgan advokatlarning faoliyatini tahlil qilib, ularni hududiy malaka komissiyalariga kiritish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Baliqchi va Bo'ston tumanlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatida onlayn notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini o‘rganildi.

Xizmat safari davomida bu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish, onlayn notarial amaliyotlar sonini ko‘paytirish hamda nikoh shartnomasi tuzish tartibi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥1👏1
#Adliya_sarhisob

Qaysi hududda eng ko'p hokim qarori bekor qilindi?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot