ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev Rishton tuman adliya bo'limi faoliyati bilan tanishdi

🔹Tuman adliya bo'limi joylashgan binoda rekonstruksiya-qurilish ishlari boshlanayotganligi munosabati bilan loyiha talablariga rioya qilinishi holatlari bilan tanishildi.

🔹Yangi bino foydalanishga topshirilgach, adliya bo‘limi faoliyati yanada samarali, fuqarolar uchun qulay bo'lishi yuzasidan fikrlar bildirildi.

🔹Bundan tashqari, tumandagi o'z xonadonlarida mahsulot ishlab chiqaruvchi, kulolchilik bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi.

🔹Tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1🎉1
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлиятв #Эслатма

"Сизнинг номингиз ҳам бренд бўлиши мумкин!” мавзусида жонли эфир бошланди.

🔴 Жонли эфирни ушбу ҳавола орқали кузатиш мумкин: https://www.youtube.com/live/eJV4OiTVMpU

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
👍3
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Murojaatlarning qabul qilish hamda muammolarning batafsil oʻrganishning samarali usuli boʻlgan shaxsiy qabullarni tashkil etishga ham vazirligimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

🟢Xususan, joriy yilning 24-oktyabr kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 10 nafardan (shu jumladan, 3 nafar fuqaro masofadan – onlayn tarzda) ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

🟢Qabul jarayonida vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni oʻrganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15-00 dan 17-00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
#adliya_xabari

📍Xabaringiz bor, Adliya vazirligi mas'ullari Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Qashqadaryoda xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

🔹Xizmat safari davomida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqasadida Advokatlar palatasining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasida bo’ldi.

🔸Mutasaddilar tomonidan, sud va tergov organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, advokatlar tomonidan berilgan takliflar yozib olindi.

🔹Shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan joylarga chiqqanda holda tanishildi hamda bu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish, onlayn notarial amaliyotlar sonini ko‘paytirish hamda nikoh shartnomasi tuzish tartibi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍3👏1
#Adliya_hudud #Adliya_aralashgach
#bir_murojaat_izidan

⚔️Bir insonning adliya dargohidan rozi bo‘lib chiqishi bu adliya organlari uchun eng oliy baxt demakdir

Joriy yilning 24-sentabrda "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga huquqiy ko'mak aksiya"si doirasida o'tqazilgan Sayyor qabulda Denov tumani "Katta qarshi" MFYda yashovchi A.Rahimov o'g'lining yurish imkoniyati cheklanganligini, nogironlik aravachasini olishga imkoniyati yetmasligini ma'lum qilib, elektrli nogironlar aravachasini olishda amaliy yordam so'ragan edi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, ushbu murojaat adliya ish yurituvida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganildi.

Natijada
fuqaro A.Rahimovning o‘g‘liga elektr bilan ishlaydigan nogironlik aravachasi taqdim etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥2