ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Adliya vaziri o'rinbosari Farg'onada

🔵Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev Farg'ona shahridagi Davlat xizmatlari markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

🔵Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati bo‘yicha faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

🔵Markazda tadbirkorlik subyektlari va aholiga qulaylik yaratish maqsadida Farg'ona tajribasi sifatida tashkil etilgan "Navbatsiz xizmat" hududi faoliyati bilan tanishildi.

🔵Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🔥1
“Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

📍Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hududiga xos bo‘lgan “Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Taom hududning issiq va quruq iqlimi, yaylovda boqilgan hisori qo‘zilari go‘shti, shuningdek archa shohlari bilan tandirda pishirish texnologiyasi bilan ajralib turadi. “Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” odatda 1,5–2 soat davomida +400 °C atrofida qizdirilgan yer tandirda bug‘ va issiqlikda pishiriladi.

Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi “Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti” nomi va an’anaviy tayyorlash usulini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Surxondaryoning hududiy gastronomik brendini keng targ‘ib etish imkonini yaratadi.

Eslatma. Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini bildiruvchi va aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liq alohida sifat va obro‘ni kafolatlaydigan intellektual mulk obyekti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏84👍3
#adliya_xabari

📍Adliya vazirligi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida o'rganish ishlarini olib bormoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari Qarshi shahar adliya bo‘limida bo‘lishdi.

Xususan, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlaridan so‘rovlar kelishini ko‘paytirish, so‘rovlarni asossiz rad etayotgan advokatlarning faoliyatini tahlil qilib, ularni hududiy malaka komissiyalariga kiritish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Qarshi shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatida onlayn notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini o‘rganildi.

Xizmat safari davomida bu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish, onlayn notarial amaliyotlar sonini ko‘paytirish hamda nikoh shartnomasi tuzish tartibi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
Xalqaro hamkorlik

🔸Intellektual mulk sohasida mediatsiyani joriy etish yuzasidan xalqaro hamkorlik rivojlantirilmoqda.

🔹Adliya vazirligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda vazirlik xodimlari bilan bir qatorda O‘zbekiston nizolarni hal etish markazi masʼullari ham ishtirok etdi.

Asosiy maqsad – joriy yilning 10-iyul kuni Vazirlik hamda BIMT o‘rtasida imzolangan “Intellektual mulk sohasidagi nizolarni muqobil usullar orqali hal etish yuzasidan hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.


🔸Uchrashuv davomida mahalliy mediatorlarning BIMT akademiyasida malakasini oshirish, mahalliy mutaxassislarni BIMT Arbitraj va mediatsiya markazining mediatorlar ro‘yxatiga kiritish hamda o‘zaro hamkorlikda dastlabki pilot loyihani amalga oshirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
#Adliya_xabari

❗️Vazir o'rinbosari Farg'ona shahar 1-son FHDY bo'limi faoliyati bilan tanishdi

O‘rganishlar doirasida tizim xodimlari va fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etildi. Xizmatlar ko‘rsatishda aholiga qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Bo'limda nikohni tantanali vaziyatda qayd etish jarayonlarida aholiga yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilganligi, nikohlanuvchi shaxslarning buyurtmasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir martalik qoʻshimcha xizmatlar (fotosessiya, keytering, bezak ishlari va boshqalar) ko'rsatilish holati bilan tanishildi.

Mazkur xizmatlarni amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali tashkil etilishi lozimligi ta'kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏3🎉2
📢“Uzluksiz quvvatli GES” nomli foydali model FAP 2823-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

Hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan energetika sohasini rivojlantirish, elektr energiya ishlab chiqarish hajmini ortirish, sifatli, uzliksiz va ishonchli elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda insonlarning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qoplash asosiy masalalardan hisoblanmoqda.

🔹Bundan tashqari uzliksiz elektr energiya yetkazib berish tizimi sanoatni rivojlantirishga ham salmoqli hissa qo‘shadi.

🔸“Uzluksiz quvvatli GES” qurilmasining vazifasi avvalgi qurilmalardan farqli o‘laroq, suv omboridan suv to‘sib qo‘yilganda (ges ishlamaganda) suv omborida to‘plangan suv hosil qilgan havo oqimi orqali shamol generatori yordamida elektr energiya ishlab chiqarishdan iborat. Bunga qo‘llanilayotgan gidroelektr stansiyaga shamol generatori va invertor (o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokga aylantirib beruvchi o‘zgartirgich)ni qo‘llash orqali erishilgan.

🔹Foydali modelni ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U foydali modelni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa uni insofsiz raqobatdan himoya qilish va foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

✔️Foydali modelni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 9 nafar xodimning 160 million so'mdan ortiq mablag’lari undirib berildi.


Kosonsoy tumani adliya bo'limi tomonidan "Namangan suv ta'minoti" AJ Kosonsoy tuman filiali bir qator xodimlarining ish haqi pullari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib, mazkur masalani qonuniy hal etishda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaatlari o'rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Joriy yilning 23-oktabr kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarorining ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

🔸Tadbir davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.

🔹Bundan tashqari, Adliya vaziri Respublika sud ekspertiza markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, laboratoriya va boʻlimlarida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari hamda yangi joriy etilgan ekspertiza turlarini oʻtkazilishi holatini koʻzdan kechirdi.

🔸Kelgusida markaz va uning hududiy boʻlimlarida amalga oshiriladigan ishlar, xarid qilinishi lozim boʻlgan uskuna va jihozlar, joriy etilishi zarur boʻlgan tadqiqot turlari yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1