ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tozalik_va_ozodalik_oyligi
#Green_Justice
#Xorazm_viloyati

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamoasi “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida, Xorazm milliy tabiat bogʻida bo'lishdi.

🔰 Xorazm milliy tabiat bogʻida milliy bog` hududi va “Amudaryo” tutash qirg'oq bo'ylar maishiy chiqindilarni, plastik va shisha idishlar, qog'oz chiqindilardan tozalashda qatnashdi.

Bu faqat bir kunlik yoki mavsumiy tashabbus emas, balki ekologik madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom va yashil muhitni barpo etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli ma’naviy harakatdir.

❇️ Mazkur tashabbusdan maqsad – atrof-muhitni asrashga bo'lgan jamoaviy mas’uliyatni oshirish, fuqarolarning Konstitutsiyaviy majburiyatlarini anglashiga va ekologik huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ozodalik talablariga rioya etishga xizmat qiladi.

❇️ Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamoasi bu kabi ezgu tashabbuslarni hududlardagi sayilgohlari, bog'lar, aholi gavjum joylar, mahalla va ko'chalarda davom ettiradi va barcha yurtdoshlarimizni tabiatni asrash va tozalikni hayot tarziga aylantirish yo‘lida faol bo‘lishga chaqiradi.

🟢 Atrof muhitni asrashda birlashaylik, Zero, Tabiatni asrash – insoniyatni asrash demakdir.


🕸 Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🔥21
🧷 6 oylik kurslarga qabul boshlandi!

➡️ An'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 6-oktabrdan 6-noyabrga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 713 604 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ (98) 125-73-92
☎️ (99) 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Vazirlik, idora va tashkilotlarning Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarining hisobot muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥2👏2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
🔥3👍2👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥2👏2🎉1
Qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish o'quv kurslari yo‘lga qo‘yildi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur o'quv kursi Adliya vazirligi hamda uning huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti tomonidan tashkil etildi.

Kursda nimalar o‘rgatiladi?
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyati;
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyati;
➡️Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining iqtisodiyot, raqobat muhiti hamda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirini baholash;
➡️“Ex-ante” va “Ex-post” usullari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash.


💡 Kurs yakunida ishtirokchilar muammoni tahlil qilish va davlat aralashuvi zaruratini va sabablarini aniqlash, tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash, muqobil usullar va ularning taʼsir doirasini aniqlash, monitoring oʻtkazish va normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish bo‘yicha mustahkam amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

#RIA #NormaIjodkorligi #MalakaOshirish #AdliyaVazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boling

⁉️ Erta nikoh nega xatarli

Erta nikoh — bu yoshlar hali jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan toʻliq shakllanmagan paytda turmush qurishidir. Bunday holat nafaqat ikki yoshning, balki butun jamiyatning rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

• Yosh qiz yoki yigit hali turmush masʼuliyatini anglay olmaydi.
• Sogʻliq bilan bogʻliq muammolar, ayniqsa ona va bola salomatligiga xavf tugʻiladi.
• Taʼlim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari cheklanadi.
• Oilaviy nizolar, ajralishlar va ijtimoiy qiyinchiliklar koʻpayadi.

Turmush qurish — jiddiy qaror. U hayotda muvaffaqiyatga erishgan, mustaqil fikrlay oladigan va javobgarlikni his etadigan yoshlar uchungina toʻgʻri qadam boʻladi. Erta nikohdan saqlanish — bu oʻzingni, kelajagingni va oilaviy baxtingni asrashdir.

Batafsil videolavhada 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1🎉1
Surxondaryada intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va ularni himoya qilish bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Termiz shahar hamda Angor tuman davlat xizmatlari markazida "Turn key" tamoyili asosida intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazishni kuchaytirish va jonlantirish bo'yicha amaliy yordam berildi.

Shuningdek, Angor tumanidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, ularga o‘z brendiga ega bo‘lish tartibi va afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berdi.

Xususan, "Imkon PM" MChJga "Imkon pm" belgisini tovar belgisi sifatida ekspertizadan o'tkazish uchun talabnoma topshirishga amaliy yordam berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar joriy yilning 10-noyabridan intellektual mulk huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantirildilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1